Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish


V. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish


Download 246.66 Kb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi246.66 Kb.
#1242470
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Davlat va jamiyat qurilishi Davlat gerbi. Davlat madhiyasi.

V. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

25.

O‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga mo‘ljallangan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma tashkil qilish, uning axborot bazasini shakllantirish va muntazam boyitib borish.

1. Ishchi guruhi tashkil qilish.
2. Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va shu asosda o‘zbek tilini chet ellarda keng targ‘ib qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
3. O‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma ishlab chiqish.
4. Onlayn platformaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
5. Onlayn platformani muntazam ravishda takomillashtirib borish.

2020-yil oktyabr
2020-yil noyabr
2020-yil dekabr

2021-yil oktyabr


2022-yildan boshlab

1 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish azirligi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi, Yoshlar ittifoqi

26.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularning o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiya topishlariga ko‘maklashish.

1. Xorijda yashayotgan vatandoshlar haqida sayt yaratish.
2. Saytga zarur materiallarni muntazam joylashtirib borish.
3. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun “O‘zbek tili”, “Lisoniy madaniyatshunoslik”, “O‘zbek milliy qadriyatlari”, “O‘zbek tilini o‘rganamiz” kabi ommabop risolalar yaratish.

2020-yil noyabr

2021-yil yanvar

2021-yil mart — 2022-yil dekabr




Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘zbek tili markazlarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxatini shakllantirish.
2. O‘zbek tili markazlarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2020-yil oktyabr

2022-yil yanvar





Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi

28.

Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

1. Xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari ro‘yxatini tuzish va ular bilan muntazam aloqa o‘rnatish.
2. Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va metodik yordam ko‘rsatish.

2020-yil dekabr

2021-2022-yillar





Tashqi ishlar vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

29.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish.

1. O‘zbek tili kurslari faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish, ularni zarur ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.
2. O‘zbek tili kurslari o‘qituvchilari uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2022-yillar



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Xorijiy o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
2. Ularning ilmiy tadqiqotlari xulosa va natijalarini O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilish.
3. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar bilan suhbatlar, teleko‘rsatuvlar, ilmiy seminarlar tashkil etish.

2020 — 2022-yillar



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarini ko‘paytirish.

1. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining nizomini ishlab chiqish.
2. Barcha diplomatik vakolatxonalarda “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining sonini ko‘paytirish.
3. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari uchun metodik qo‘llanmalar, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklar yaratish.

2020-yil oktyabr

2020 — 2022-yillar

2020-yil dekabr




Tashqi ishlar vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

32.

Fan va ta’limdagi hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish.

1. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ta’limning turli bosqichlarida Xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
2. Xorijlik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hissa qo‘shgan vatandoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil mart

2020 — 2022-yillar





Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Xorijda o‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqot va suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan suhbatlar tashkil etish.
2. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlarining O‘zbekistondagi OAVlarda muntazam ravishda chiqishlarini tashkil qilish.

2020 — 2022-yillar



Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy teleradiokompaniya

34.

Turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish maqsadida o‘zbek tilining qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlarini hamda ularning mobil ilovalarini yaratish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.
2. Lug‘atlarni va ularning mobil ilovalarini tayyorlash bo‘yicha grant loyihalarini shakllantirish.
3. Ishlanmalarni Internet tarmog‘ida targ‘ibot qilish.

2020-yil oktyabr

2021-yil yanvar


2021-2022-yillar

1 500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

VI. Mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

35.

Boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish.

1. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish bo‘yicha sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tuzish.
2. Xorijiy tajribalarni o‘rganish.
3. Davlat tilini o‘qitish metodikasi asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rgazmali materiallar yaratish.

2020-yil oktyabr

2021-yil mart

2021-2022-yillar


500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun davlat teleradiokanallarida onatilini va boshqa fanlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘rsatuv, eshittirishlar tashkil qilish.

1. “Tilga e’tibor”, “Ona tilida so‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilish.
2. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘limlari, metodik birlashmalar va kafedralar faoliyatini muntazam yoritib borish.

2021-yil yanvardan boshlab muntazam

2021-yil sentyabr





Milliy teleradiokompaniya, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

37.

Fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish.

1. Ishchi guruhi tuzish.

2. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv-qurollari va zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holatini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ushbu sohadagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash
va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2020-yil oktyabr

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr




Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini o‘rganishga bag‘ishlangan turkum dastur va ruknlar tashkil qilish.

1. Turkum ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar tashkil qilish.

2. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘limlari, metodik birlashmalar va kafedralar faoliyatini muntazam yoritib borish.



2021-yil yanvar

2021-yil sentyabr





Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Audiovizual asarlar, badiiy filmlar, adabiyotlarni davlat tilidan boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.

1. Har bir yo‘nalish bo‘yicha tarjima rejasini shakllantirish.
2. Tarjimonlar guruhini shakllantirish.
3. Tarjima ishlarini amalga oshirish.
4. Tarjimalarni ommalashtirish.

2022-yil yanvar
2022-yil mart
2022-yil aprel
2022-yildan boshlab

Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya,
manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek va qoraqalpoq tillariningdavlat tili sifatida muomalada bo‘lishiga teng shart-sharoitlar yaratish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat tili bilan bir qatorda, qoraqalpoq tilining rasmiy muomala sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ikki tilning teng muomalada bo‘lishini ta’minlash.

2021-yil yanvar

Doimiy




Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Adliya vazirligi

Izohlar:
1) normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin;
2) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga
3-ILOVA
2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari


Download 246.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling