T/r
|
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Sarflanadigan mablag‘
(mln so‘mda)
va xarajatlar manbasi
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish
|
1.
|
O‘zbek tili va adabiyoti b�yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yurita olish darajasini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlarini joriy etish.
|
1. Ishchi guruhi tashkil qilish va Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.
2. Qaror loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.
3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2020-yil oktyabr
2020-yil noyabr
2020-yil dekabr
|
—
|
Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish.
|
1. Davlat organlari va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida yuritishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.
2. Davlat tilida ish yuritish tartibiga rioya qilinishini doimiy nazorat qilish.
3. Bu borada mas’uliyatni ularning rahbarlari zimmasiga yuklash.
|
2020-2021-yillar
|
—
|
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari
|
3.
|
Davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish.
|
1. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini (ijro.gov.uz) yanada takomillashtirish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish.
2. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini yanada takomillashtirishni maqsadli moliyalashtirish.
3. Onlayn dasturlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
|
2020-yil oktyabr
2021-yil yanvar
2022-yil yanvar
|
600 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)
|
Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish va�irligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
4.
|
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash.
|
1. Ishchi guruhini shakllantirish.
2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish va yangi yozuvga o‘tishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib.
3. “Yo‘l xaritasi”ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritish.
|
2020-yil oktyabr
2020-yil dekabr
2021-yil yanvar
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik
va idoralar
|
|