Mamlakatimiz tijorat banklari foydasining hisoboti
-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi
Download 116 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati, tahlili va rivojlaninsh istibollari.
2-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tijorat banklarida moliyaviy natijalar, ayniqsa ular sof foydasining buxgalteriya hisobining maqsadi – hisob tizimi va foydalanuvchilar uchun bank faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni tan olish, hisoblash, ularni jamlash va ularni aniq yetkazib berishdir. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya – bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir. Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati, tahlili va rivojlaninsh istibollari. Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz beragan moliyaviy inqirozlarning yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilm aganligini hamda ushbu holatning dunyo hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ham e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin. O’z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati ham takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda. Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z samarasini bermoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada kengaymoqda. Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi. O’sha davrda dunyoning bir qator davlatlarida yuzaga kelgan moliyaviy inqirozlar ushbu loyihalarning Markaziy bank nazorat xizmatini takomillashtirish uchun nechog’li muhim ekanligini namoyon qildi. Respublikada bank nazorati tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents grupp” va “IBTCI” xalqaro maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi. Xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlik natijasida banklarni masofadan turib nazorat qilish va joyida tekshirish uslublari to’liq qaytadan ko’rib chiqildi va bank nazorati xizmatining tarkibi optimallashtirildi. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi va yangi hujjatlar ishlab chiqildi. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman. Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi: ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish; sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish; sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda o`sishini ta’minlash; mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish; standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish; mijozlar bazasini kengaytirish; operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish; boshqaruv tizimini takomillashtirish; mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish; bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar. Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat- lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish. Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi. Banklar faoliyatida foyda ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat banklari foydasini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay- digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Bank tomonidan aktiv operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib taqsimlagan holda foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib, daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak. Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur. Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim. Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak: yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-sharoitlarni yaratish; davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish; investitsion loyihalarni amlaga oshirish; lizing operatsiyalarning yana yangi turlarini amaliyotga joriy etish. Jahon svilizatsiyasi jadallik bilan rivojlanayot paytda, dunyoda birja bozorining ahamyati ham ortib bormoqda. Hozirda jahonning ko’plab banklari bu soha bilan shug’ullanmoqdalar Biz bu sohani O’zbekistonda ham juda tez rivojlanishi uchun banklar xizmatidan foydalanishimiz, to’g’rirog’i bu sohani bank xizmat turlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Bu bilan har bir jismoniy va yuridik shaxs qo’shimcha daromad manbai sifatida shug’ullanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida banklarning foydasini yanada oshirish uchun quyidagilar amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: xalqaro amaliyotdan foydalangan holda bank nazorati samaradorligini oshirish; respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq moslashtirish; mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish va yangicha baholash usullaridan foydalanish; banklarda yangi turdagi xizmat turlarini tashkil etish orqali ularning rentabellilik darajasini, hamda jozibadorligini oshirish; ichki audit xizmatini takomillashtirish orqali, bank filiallari ulardan maslahatchi sifatida foydalana olish imkoniyatini yaratish; banklar joriy likvidlilikning talablarini bajarishi uchun Markaziy bank tomonidan obligatsiya va sertifikatlarni chiqarish; banklarda marketing va menejment xizmatlarini rivojlantirish yordamida banklar moliyaviy ahvolini yaxshilash va boshqalar. banklarning elektron tijorat faoliyatini yanada rivojlantirsh va ular bo’yicha yangi qonunlar joriy etish. tijorat banklari o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun ular foyda solig’ining tushirilishi, shuningdek imtiyozlar belgilanishi. Umumiy daromadda foyda ulushining kamayishiga foizli va foizsiz xarajatlarning ham ta’siri bor, shuning uchun bu xarajatlarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Foizli xarajatlar: jalb qilingan resurslar hajmi, deposit bazasining strukturasi, jalb qilingan resurslarning foiz stavkalari kabilarga bog’liq. Quyidagi xarajatlarni qisqartirishga erishish kerak: foizsiz xarajatlar (valyuta operatsiyalarida, qimmatli qogo’z bilan bog’liq operatsiyalarda, vositachilik xarajatlari); ma’muriy boshqaruv bilan bog’liq xarajatlar. Bank xarajatlarini kamaytirish orqali resurs bazaning tarkibi yaxshilash ya’ni mijozlarning depozitlarini ko’paytirish va qimmat depozit vositalarining (masalan banklararo kreditlar) ulushini kamaytirish imkonini beradi. Raqobatchilik sharoitida bank tomonidan taklif etilayotgan har bir mahsulot yoki xizmat turlari mijozlarga tushunarli, qulay va mashhur bo’lishi kerak. Internetdagi ma’lumotlar hajmini yanada ko’paytirish, mijozlarga xizmat ko’rsatishning qulay usullarini qo’llash, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlari, ularning afzallik tomonlari to’g’risida, umuman bankning texnologik imkoniyatlari haqida mijozlarga ko’proq va batafsil ma’lumotlarni qiziqarli qilib reklama yordamida yetkazish mumkin. Zaruriyat tug’ilsa, mijozlar uchun maxsus seminar va konferensiyalar, maqsadli reklama aksiyalarini tashkil etish lozim. Bunday ishlar mijozlarning shu bankka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi aytib o’tilgan fikrlarimiz hamma banklarimiz amalayotida ham qo’llanilib kelinmaydi, ayniqsa bank o’z faoliyatida filiallar bilan bog’liq faoliyatga ham alohida va chuqur e’tibor qaratib ularning sifatini oshirishlari kerak. Zero, bunday qilingan samarali harakatlar albatta o’z samarasini ko’rsatib,bank foydasini oshirishga xizmat qiladi. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling