Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish


«Xalq diplomatiyasi»ning hayotiy in'ikosi


Download 35.45 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.45 Kb.
#1057341
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soyibova D Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish (4)

«Xalq diplomatiyasi»ning hayotiy in'ikosi. Ma'lumki, Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida “xalq diplomatiyasi”ni faollashtirish ko‘rsatib o‘tilgan. “Farovonlik kamari”ni shakllantirishning muhim omillaridan yana biri, shubhasiz, qo‘shnilar bilan madaniy va gumanitar hamkorlikni, odamlarning o‘zaro bordi-keldisini kengaytirish hisoblanadi. Ana shu tamoyilni hayotga tatbiq etish maqsadida qo‘shni davlatlarga chegaradosh viloyatlarimiz jamoatchiligi ishtirokida ushbu mamlakatlarga “xalq diplomatiyasi” ko‘rinishidagi safarlar uyushtirildi. 
Masalan, o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yonma-yon yashagan, qavmu qarindosh bo‘lgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarga keng yo‘l ochilgani hamkorligimizni yanada mustahkamlamoqda. O‘zbekistondan Qozog‘istonga, Qozog‘istondan O‘zbekistonga turli darajadagi delegatsiyalar tashrif buyurdi. Joriy yil Toshkent viloyati delegatsiyasi Qozog‘istonda, Qizilo‘rda, Sharqiy Qozog‘iston va Janubiy Qozog‘iston viloyatlari delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Bunday tashriflar nafaqat chegara hududlarida yashayotgan aholini, balki butun mintaqa vakillarini quvontirdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyada Tomonlar bundan buyon ham ikki davlat hududida istiqomat qilayotgan o‘zbek va qozoq diasporalari uchun ona tili, milliy madaniyati, an'ana va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirish masalalarida qulay sharoitlar yaratib berishni o‘z zimmasiga oldilar. 
Bunday ahdlashuvga Turkmanistonga tashrif doirasida ham erishildi.[4] Binobarin, joriy yil 4-5 fevral kunlari Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalarining Turkmanistonning Lebap hamda Toshhovuz viloyatlariga tashriflari ham tegishli hududlar ma'muriyatlari rahbarlari, ishbilarmon va jamoatchilik doiralarining vakillari ishtirokidagi muzokaralarga boy bo‘ldi. Tashrif qatnashchilari qardosh mamlakat hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan bunday munosabatlarning yuqori darajasidan alohida qoniqish bildirdilar. Shuningdek, mintaqalararo darajadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda yaqin sheriklik aloqalarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish muhim ekanligi qayd etildi. Shuni ta'kidlash o‘rinliki, bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida qariyb 189 ming nafar turkman qardoshlarimiz istiqomat qiladi. Bu millat farzandlari turkman tili o‘qitiladigan 47 ta maktabda tahsil olishayapti. 
Bunday tashriflar boshqa qo‘shni mamlakatlar bilan ham amalga oshirilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytganda, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan munosabati do‘stona, yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatlarni tan olish hamda har qanday masalani hal qilish uchun muloqotga tayyorlik prinsipiga asoslanadi. Bunday yondashuv, ya'ni yurtimiz atrofida “farovonlik kamari”ni shakllantirish esa pirovardida mintaqada barqarorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mamlakatlarning barqaror sur'atlarda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. https://lex.uz/uz/docs/-5841063 (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son/2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida).

  2. https://xs.uz/uzkr/post/mustaqillik-yuksak-masuliyat-demakdir.

  3. Ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat. Qobil Xidirov. «Xalq so‘zi» muxbiri.
  4. Mirziyoyev Turkmanistonga ikki kunlik rasmiy tashrifi. https://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2022/10/17/bugun-tdt-tashqi-ishlar-vazirlari-kengashining-navbatdan-tashqari-yig-ilishi-bo-lib-o-tadi-1893482


Download 35.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling