Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish


O‘zbekistonning ahil qo‘shnichilik muhitini, ya'ni “farovonlik kamari”ni shakllantirish borasidagi tashabbusining amaliy ifodasidir.[3]


Download 35.45 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.45 Kb.
#1057341
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soyibova D Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish (4)

O‘zbekistonning ahil qo‘shnichilik muhitini, ya'ni “farovonlik kamari”ni shakllantirish borasidagi tashabbusining amaliy ifodasidir.[3]
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning aholisi eng ko‘p, boy tabiiy resurslarga ega va geografik jihatdan qulay joylashgan mamlakati bo‘lib, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Shuning uchun ham davlatimiz olib boradigan tashqi siyosat, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabati qariyb 70 millionlik aholisi bo‘lgan butun mintaqa taqdiriga daxldorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ekspertlar, jahon ommaviy axborot vositalari asosiy e'tiborini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mintaqa davlatlari bilan olib borayotgan tashqi siyosatiga qaratayotganining boisi ham aslida shunda.
Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbari o‘tgan yili 8 sentabr kuni parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta'minlashda Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanishini alohida ta'kidlagan edi. “Biz o‘zimizning yaqin qo‘shnilarimiz Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq qolamiz”, degandi Shavkat Mirziyoyev.
Qo‘shnini tanlab bo‘lmaydi. Bu — hayotiy haqiqat. Lekin har qanday holatda ham qo‘shnilar bilan til topishish, ular bilan do‘stona munosabatni yo‘lga qo‘yish juda muhim va zarurdir. Bunday ezgu maqsad 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan. Ushbu dasturilamal hujjatda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Unda davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini, ya'ni “farovonlik kamari”ni shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xalqaro press-klubning yaqinda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan ilk majlisida qayd etishicha, yurtimiz tashqi siyosati, avvalambor, xalqimizning xavfsizligi va osoyishtaligi yo‘lida barcha siyosiy va diplomatik imkoniyatlardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Ya'ni bunda O‘zbekiston atrofida “farovonlik kamari”ni shakllantirishning ahamiyati nihoyatda kattadir. So‘nggi paytlarda atrofdagi mamlakatlar bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari shakllangani ham ana shunday yondashuvning amaliy natijasi sanaladi. 
Eng muhimi, tashqi siyosatimiz shunchaki balandparvoz va quruq gap emas, balki odamlarimiz, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi lozim. Qolaversa, tashqi siyosatning asosiy vazifasi xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ayni paytda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir. Bularning barchasi qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Download 35.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling