Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish


Ochiq va pragmatik faol tashqi siyosat


Download 35.45 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.45 Kb.
#1057341
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soyibova D Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish (4)

Ochiq va pragmatik faol tashqi siyosat
Prezidentimizning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» kitobida XXI asrdagi global o‘zgarishlarning mamlakatimiz tashqi siyosatiga ta'siri muhim masala bo‘lib, u O‘zbekiston diplomatiyasi uchun o‘ta dolzarbdir.
O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qat'i nazar, o‘zining mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarning farovonligi ishonchli tarzda ta'minlanishiga qaratilgan siyosat olib bormoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda kechayotgan tub yangilanishlar, izchil va faol tashqi siyosat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasidagi yaqin qo‘shnichilik muhiti tobora mustahkamlanayotgani yurtimizning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda.
O‘zbekistonning chuqur o‘ylangan, pragmatik va aniq yechimlarga asoslangan ichki hamda tashqi siyosati o‘zining hayotiyligi, oddiy odamlarning ehtiyoj va manfaatlariga javob berishi bilan xalqaro hamjamiyat e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda.[2]
Bu ezgu maqsadlar amalda o‘z ifodasini topayotgani nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqa xalqlari hayotida muhim o‘zgarishlar boshlanayotganidan dalolatdir. Umuman, Yangi O‘zbekistonning yangi tashqi siyosati yurtimizni taraqqiy toptirish, fuqarolarimiz uchun munosib turmush darajasini yaratish, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgani bilan e'tiborga sazovor.
Mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik liberallashtirish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, raqamlashtirish, ta'lim, ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish, fuqarolar faolligining o‘sishi va inson huquqlari himoyasiga e'tibor - bularning barchasi, hech shubhasiz, O‘zbekistoning tashqi siyosatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Ma'lumki, bundan besh yil oldin qabul qilingan Harakatlar strategiyasida davlatimizning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan edi:
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub'ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlari muhitini yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yukcaltirish, dunyo hamjamiyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolis axborotni yetkazish;
- O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

- O‘zbekiston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini tartibga solish.


Mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, uning tashqi dunyoga ochiqligini ilgari surishga hamda mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgandir.
O‘tgan davrda Rossiya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi dunyoning olis va yaqin mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarga va “yo‘l xaritalari” tasdiqlandi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi ustuvor yo‘nalishlari va yondashuvlari tashqi siyosiy boshqaruv tuzilishini tubdan isloh qilishni talab etdi. Tashqi ishlar vazirligining faoliyati qayta ko‘rib chiqildi, uning tarkibida yangi bo‘linmalar tashkil etildi, turli mamlakatlarning yirik shaharlarida vakolatxonalar va bosh konsulliklar o‘z faoliyatini boshladi. Diplomatik faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning faol, pragmatik tashqi siyosati haqida ham alohida to‘xtaldi.
Tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida so‘nggi besh yildagi sa’y-harakatlarimiz natijasida, mamlakatimizning xalqaro maydonda ochiq, ishonchli va tashabbuskor davlat sifatidagi maqomi va obro‘si keskin oshdi.
Biz Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi yangi siyosiy muhitni yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Oddiy fuqarolarimizni uzoq yillar qiynab kelgan ko‘plab muammolar yechildi, do‘st va qardosh xalqlarimizning o‘zaro bordi-keldilari tobora kuchaymoqda.
Bu – bizning eng katta yutug‘imizdir.
Qo‘shnilarimiz bilan savdo hajmi besh yilda 5 barobar ko‘paydi, birgalikda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Mintaqa davlatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, dunyoning qudratli davlatlari va boshqa strategik hamkorlarimiz bilan yangi formatdagi amaliy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashida a’zo sifatida faol qatnashmoqdamiz. Bu ijobiy jarayonlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan sammit hamda Islom taraqqiyot banki anjumani ham, buning isboti bo‘ldi.
Biz, tizimli va puxta o‘ylangan, pragmatik tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyamizni bundan keyin ham faol davom ettiramiz.
Avvalambor, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika va transport, madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqamiz.
Kelgusi besh yilda o‘zaro savdo aylanmasi hajmi kamida 2 barobar oshiriladi. Sanoatda qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha yaxlit zanjirlarni va kooperatsiyani mustahkamlaymiz. Transport sohasida tashqi savdo uchun, “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlari kengaytiriladi.
Xalq diplomatiyasi tamoyilini, jumladan, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Shu maqsadda, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqamiz.
Rossiya, Xitoy va AQSH, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi an’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalarimiz geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bu yo‘nalishda, eng avvalo, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga alohida urg‘u beramiz. Yangi bozorlarni o‘zlashtirish, investitsiya va innovatsiyalarni keng jalb qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va eng muhimi – O‘zbekiston imijini faol targ‘ib etish barcha diplomatik vakolatxonalarimizning asosiy vazifasiga aylanadi.
Ushbu masalalar hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatining yangilangan konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Download 35.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling