Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi


Menejerlarni an‘anviy ravishda uchta darajaga: qo‘yi, o‘rta, yuqoriga bo‘ladilar


Download 25.75 Kb.
bet5/5
Sana05.02.2023
Hajmi25.75 Kb.
#1167486
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-9

Menejerlarni an‘anviy ravishda uchta darajaga: qo‘yi, o‘rta, yuqoriga bo‘ladilar Har qanday darajadagi menejerning oldiga qo‘yiladigan muhim talab odamlarni boshqarishni bilishdan iboratdir. Ularga quydagilar kiradi: - o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘l ostidagilarni, ularning qobiliyatlari va o‘zlariga topshirilgan aniq ishni bajarish imkoniyatlarini mukammal bilish; - korxona va xodimlarni bog‘lovchi sharoitlarni bilish, ular va boshkalarning manfaatlarini adolatli asosda himoyalash; - menejerning psixologik omilkorligi; - jamoaning birligini saqlab qolish va tashkilotni faoliyat yuritishi samaradorligini ta‘mirlash maqsadida qobiliyatsizlarni bartaraf qilishni bilish.3. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar. Hozirgi sharoitlarda tashkilot ( xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi bo‘ladi.
Tijorat, ya‘ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning tarixi tomirlari bilan an‘anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o‘tmishning barcha buyuk tsiviliziatsiyalarida qayd etilganlar. Ko‘proq savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik korxonalari keng tarqalganlar. Ulardan ba‘zi birlari katta yutuqlarga erishganlar va nisbatan murakkab tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lganlar. Masalan, antik zamonning yirikroq ustaxonalari- ergasteriyalarda nazoratchilarning ko‘p bosqichli ierarxiyasi nazorati ostida 300 gacha qullar ishlaganlar, mahsulot esa har xil shaharlardagi ba‘zi bir xuddi shunday doimiy sotish tarmog‘i orqali sotilgan. Zamonaviy firmalarda kapitalistik davrgacha bo‘lgan tijorat korxonalari, qoidaga ko‘ra, quyidagalar bilan farqlanadilar: majburiy mehnatdan foydalanish; faoliyatning an‘anaviy xarakteri (o‘n yillar damomida o‘zgarmaydigan texnologiya, bir xildagi mahsulot, bir marta va butunlay qabul qilingan tuzilma); iqtisotdyotagi o‘sha vaqtda ustivor bo‘lgan xo‘jalik yuritishning novator, o‘zini o‘zi ta‘minlovchi ( yoki notural) turiga nisbatan ikkinchi darajali roli. Birinchi kapitalistik firmalar kichik, yakka shaxsli egalik yoki o‘rtoqlik kabi tashkil qilinganlar (firmalarning keyingi turi sheriklik yoki paylardagi jamiyat deb ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan. Egasi (yoki egalarning tor guruhi)ni firmaning muvaffiqiyatidan manfaatdorligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yo‘qligida (barcha narsani xo‘jayinning o‘zi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va o‘rtoqliklar kichik firmani tashkilotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi shu asosda harakat qiladilar. Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash qabul qilingan: xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sug‘urta, savdo, injiniring,sayyohlik va boshqalar); huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi); mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ); faoliyat sohasi; O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy ta‘minlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim- mintaqa, soha, mamlakat, qo‘shma tashkilot esa- jahon hamjamiyatning
tuzilmasi bo‘ladi. Tijorat tashkilotlari bo‘lgan yuridik shaxslar xo‘jalik o‘rtoqliklari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil qilinishlari mumkin.
Download 25.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling