Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish mexanizimlari
Keywords: small business, business entities, income, goods, property, population employment, GDP, market economy. Kirish
Download 40.83 Kb.
|
Xusanjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Keywords: small business, business entities, income, goods, property, population employment, GDP, market economy.
Kirish O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Kichik biznes mamlakat iqtisodiy holatining asosiy omili hisoblanadi. Mamlakatda kichik biznesni rivojlantirishda ushbu mavzuda olib borilgan samarali tadqiqotlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Biz ushbu tadqiqot ishimizda bir qancha xorij va o’zbek tadqiqotchilarining tadqiqot ishlaridan foydalandik. Jumladan, A.Degtiarov, L.G.Rudenko, Shuhrat Kuvandikov, Khabibullo Khasanov, B.A.Begalov, I.E.Jukovskaya, M.D.Murodjonova, Naim Oblomuradov, Fayzulla Tolipov, Aziza Kalanova, Lutfullo Ibragimov, Muzaffar Kutlukovich Ziyaev, Guli Yarkinovna Mukhibova, Nargiza Utkirovna Yusupdjanova, Odina Ulugbek qizi Sharifxo’jayeva tadqiqot ishlaridan foydalanamiz. A.Degtiarov “Kichik biznes rivojlanishining davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi strategiyasi” nomli olib borgan tadqiqot ishida markazlashtirilmagan davlat boshqaruvida kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi faoliyatining nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iboratligini ta’kidlaydi. “Kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmining faoliyati sinergetik yondashuv asosida ko'rib chiqiladi. Sinergetik yondashuv zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning eng samarali metodologik asoslaridan biridir”1. Tadqiqotda ushbu yondashuvni tushunishning asosiy nazariy qoidalari ko'rib chiqilgan, zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda ushbu mexanizmni amalga oshirishda uni qo'llash imkoniyati va maqsadga muvofiqligi asoslangan. Hududlar va hududiy hamjamiyatlarda kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmi mavjud emasligi davlat siyosatining ushbu yo‘nalishi samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘lishini tadqiqotchi alohida ta’kidlagan. Bu tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini shakllantirishda yangi uslubiy yondashuvlardan foydalanishning dolzarbligini asoslaydi. Kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berildi, tadbirkorlikning mohiyatiga asosiy yondashuvlar o‘rganildi. Kichik biznesni an’anaviy va tizimli yondashuvlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi faoliyatining nazariy jihatlari tizimlashtirildi, ularning ijobiy tomonlari va kamchiliklari aniqlandi. L.G.Rudenko “Kichik biznes rivojlanishini qo’llab-quvvatlash innovatsion mexanizmi” nomidagi olib borgan tadqiqot ishida Rossiya davlatining innovatsion turdagi yangi iqtisodiyotni qurishda kichik korxonalar innovatsion rivojlanishning asosiy omili ekanligini ta’kidlagan. Tadqiqotda Rossiyada innovatsion rivojlanish, xususan, kichik innovatsion tadbirkorlik masalalari o'rganilgan. “Mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar aniqlandi, ulardan asosiysi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion infratuzilmasining shakllanmagan mexanizmi hisoblanadi. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning innovatsion infratuzilmasi mexanizmining mualliflik talqini taklif qilindi”2. Tadqiqot yakunida tadqiqotchi yechim sifatida mamlakatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan innovatsion infratuzilma mexanizmi kichik innovatsion korxonalarni rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini shakllantirishda ilmiy va instrumental yondashuvning asosi bo’lishini keltirib o’tgan. Shuhrat Kuvandikov, Khabibullo Khasanovlar o’zlarining “Hukumat faoliyati ko'rsatkichlarining biznes muhitiga ta'siri: O'zbekiston misoli” mavzusida olib borgan tadqiqotlaridan ko’zlangan maqsad davlat samaradorligi ko'rsatkichlarining O'zbekiston biznes muhitiga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqotda ishbilarmonlik muhitiga taʼsir etuvchi omillar sifatida 2 ta koʻrsatkich tanlab olingan, yaʼni, Jahon banki tomonidan yuritiladigan Hukumat samaradorligi indeksi va Oʻzbekiston uchun korruptsiya nazorati koʻrsatkichlari. “Tadqiqotda ishbilarmonlik muhiti ming mehnat resurslariga to'g'ri keladigan faol korxonalar soni bilan ifodalangan”3. O‘zbekiston biznes muhitini tahlil qilish uchun oddiy eng kichik kvadratlar modelidan foydalanilgan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, hukumat faoliyati ko‘rsatkichlari ishbilarmonlik muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tadqiqotchilar ta’kidlashgan. B.A.Begalov, I.E.Jukovskaya o’zlarining “Raqamli texnologiyalar sharoitida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarining amalga oshirishda kichik biznesning o’rni” nomli olib borgan tadqiqotlarida raqamli texnologik yechimlardan foydalanishga asoslangan innovatsion metodologiyadan foydalangan holda mamlakatda kichik biznes oldida turgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish sohadagi muammolarni hal qilishi mumkinligini ta’kidlashgan. Ushbu tadqiqotni yozish jarayonida mualliflar tizimli tahlil, sintez, statistik tanlama va guruhlash, induksiya, deduksiya, kompyuter tarmoqlari va raqamli platformalar bilan ishlash usullari, portal ishini optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus usullar va vositalardan foydalanganlar. Mualliflar raqamli mexanizmlardan foydalanish asosida O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalari faoliyatini statistik baholashni o‘tkazishning asosiy texnologik yondashuvlarini taqdim etadilar. “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy davrda mamlakat iqtisodiy tizimini raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan kompleks rivojlantirishga qaratilgan bir qator hukumat qarorlari qabul qilingani ko‘rsatilgan” 4. Bundan tashqari, maqolada raqamli infratuzilmani rivojlantirish davlatning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishning hal qiluvchi shartlaridan biri ekanligi isbotlangan. Mualliflar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or axborot va raqamli texnologiyalar, axborot oqimlarini to‘plash va qayta ishlashning innovatsion mexanizmlaridan foydalanish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy kompleksni rivojlantirish bo‘yicha butun bir qator strategiyalar amalga oshirilishini statistik baholash amalga oshirilmoqda, bu esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samarali rivojlantirish bo‘yicha vakolatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. M.D.Murodjonova “O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi” nomli olib borgan tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb muammolari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi soliq tizimi, mustaqillik yillarida ushbu faoliyat sohasida qabul qilingan qonunlar, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar qonun hujjatlari va ajratilgan imtiyozlar, shuningdek ularning rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilgan. “O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salohiyati va o‘rni juda muhim. Ular yangi ish o‘rinlari yaratishda yirik korxonalardan ustunlikka ega. Buning sababi shundaki, kichik korxonalar tomonidan yaratilgan yalpi ish o'rinlari yirik korxonalarda yaratilganidan ko'ra arzonroq kapital quvvatiga hamroh bo'ladi”5. Naim Oblamurodov “O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning investitsion asoslari va tendensiyalari” nomli olib borgan tadqiqotida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning sarmoyaviy asoslari, tarixiy omillari va rivojlanish tendentsiyalari bayon etilgan. Unda investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish borasidagi davlat siyosati, xorijiy sarmoyalarni jalb etishning muhim omillari, shart-sharoitlari va ayrim muammolari bayon etilgan. Tadqiqotda sohaning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi O‘zbekistonda ichki ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash, tadbirkorlarni yanada rag‘batlantirish orqali sarmoyalarni faol jalb etish va undan oqilona foydalanish yo‘llarini amalga oshirish imkonini bergani qayd etilgan. Agar tarixga nazar tashlasak, mustaqillik yillarida mamlakatda xorijiy investorlar uchun sharoitlar yaratilgan va buning natijasida hududlarda ko'plab ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. “Bu davrda O‘zbekiston Germaniya, Turkiya bilan investitsiya shartnomalari, Misr, Indoneziya, Pokiston, Finlandiya va Fransiya bilan biznesni moliyalashtirishni ko’zda tutadigan shartnomalar imzoladi”6. Tadqiqotdan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar biznes va tadbirkorlik sohasida, korxonalarning texnik va texnologik modernizatsiya qilish, soni va sifatini oshirish mahsulot ishlab chiqarish va raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Fayzulla Tolipov “O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning investitsion asoslari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida olib borgan tadqiqot ishida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning sarmoyaviy asoslari, tarixiy omillari va rivojlanish tendensiyalari bayon etilgan. Unda investitsiya muhitining jozibadorligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim omillari, shartlari va ayrim muammolari bayon etilgan. Tadqiqotda sohaning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi O‘zbekistonga ichki ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash, tadbirkorlarni yanada rag‘batlantirish orqali investitsiyalarni faol jalb etish va undan oqilona foydalanish yo‘llarini yaxshilash imkonini bergani qayd etilgan. “Xulosa qilib aytganda, mamlakatda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi”7. Aziza Kalanova “O’zbekiston Respublikasida kichik biznes rivojlanishini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish” nomli olib borgan tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni baholashda qo‘llaniladigan mezon va ko‘rsatkichlar, xususan, kichik biznesni rivojlantirish davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar, kichik biznesni rivojlantirishning asosiy statistik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan. “Tadqiqotda 2000-2019-yillarda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, 2011-2019-yillarda kichik biznesning asosiy iqtisodiy faoliyatdagi ulushi, 2011-2019-yillarda roʻyxatga olingan korxonalar soni, shuningdek, 2015-yilda kichik biznes subʼyektlarining oʻsish surʼatlari tahlil qilingan”8. Lutfullo Ibragimov “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning bandlikni ta’minlashdagi o‘rni: O‘zbekiston Respublikasi misolida” mavzusida olib borgan tadqiqot ishida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining jamoalashgan aholisini ish bilan ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bu nafaqat aholining iqtisodiy ahvolini, balki aholining turmush tarzini, ayniqsa, ular yashaydigan joyni aniqlashda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlardan biridir. “O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturiga taalluqli bo‘lgan asosiy masalalardan biri kichik biznes va tadbirkorlikning global vazifalari sifatida e’tiborni qaratishdir”9. Biroq, bu fermer xo'jaligi, xizmat ko'rsatish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasining rolini oshirish va bandlikning boshqa foydali turlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot ishida kichik biznes rivojlanishining asosiy xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, aholini ish bilan ta'minlashning asosiy muammolaridan biri ham ko'rsatib o'tildi. Muzaffar Kutlukovich Ziyaev, Guli Yarkinovna Mukhibova, Nargiza Utkirovna Yusupdjanova, Odina Ulugbek qizi Sharifxo’jayeva “O’zbekiston Respublikasi Qurilish sohasida kichik biznesni rivojlantirishning ustunlik yo’nalishlari” mavzusida olib borgan tadqiqot ishlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlanadi. “Kichik biznes resurslarning yuqori sur'atlarda katta mablag’larni talab qilmaydigan iqtisodiy faoliyat sifatida iqtisodiyotni qayta qurish muammosini tez va iqtisodiy jihatdan hal qilishini ta'minlaydi. Kichik biznes bozor talabining o'zgarishiga darhol moslashadi va shu bilan ta'minlaydi iste'mol bozorida zarur muvozanatni ta’minlaydi”10. Download 40.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling