II.3. Organik moddalarni suv bug’i bilan haydash.
Ba’zi organik moddalar qaynash temperaturasigacha qizdirilganda parchalanib smolaga aylanishi mumkin. Bunday moddalarni suv bug’i bilan haydash usulida tozalanadi. Gaz o’tkazuvchi nayli tiqin o’rnatilgan probirkaga 1 ml anilin, 3 ml suv va ozroq toza qum solinadi. Gaz o’tkaz gich nayning uchi yig’gich probirkaga tushiriladi.Yig’gich sovuq suv solingan stakanga botiriladi.Probirkadagi aralashma qaynaguncha qizdiriladi.
Suv bug’I bilan haydalib chiqqan anilin kondensatlanib, oqish rang emulsiya holida yig’gich probirkaga to’planadi. Qizdirish aralashmaning 2/3 qismi haydalguncha davom ettiriladi. Anilinning to’liq haydalganligini kondensatning rangsiz va tiniq holda toma boshlashidan bilish mumkin. Oqish rangli emulsiyadan bir oz vaqt o’tgach anilin moysimon tomchi holida ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |