Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda


Bozorlar mazmuni va ishlatilashiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi


Download 106.38 Kb.
bet6/8
Sana28.12.2022
Hajmi106.38 Kb.
#1018240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QO\'L YOZMA

Bozorlar mazmuni va ishlatilashiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi;
-Iste’molchilar bozori – bunda iste’mol uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlar sotiladi;
-xizmat ko‘rsatish bozori- bunda asosan zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatiladi.Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog‘liqdir.
-uy-joy bozori-bu bozor iqtisodiyoti sharoitlar vujudga kelgan bo‘lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib-olish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlardan tashkil topadi;
-innovatsion bozor -ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini turli ixtirolarini o‘zida jalb etadi;
Shuningdek, mahalliy, milliy, asosiy, qo‘shimcha chakana, ilgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud.
Xaridor bozordan o‘ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib oladi. Xo‘sh, pulning o‘zi nima ?
Pul - bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositadir.
Pul- bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning yordamida barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
Ma’lumki , hamma kishilar puldan foydalanadilar.

sotib oladilar.

  • Pul- soliqlar , badal, qarz, stependiya, pensiya kabi majburiyatlari to‘lash uchun hal kerak.

Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
1- hisob-kitob va iqtisodiy o‘lchov funksiyasi
2-muomala vositasi
3-jamg‘arish vositasi
1994-yil 2 –iyundan boshlab “O‘zbekistonda milliy pul so‘m joriy etildi.
Milliy pul- bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to‘lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Bunda nechta mamlakat bo‘lsa , shuncha milliy pullar bor. Ularning nomida o‘xshashlik bo‘lsada, ular farqlanadi. AQSh , Kanada , Avstraliya , Gonkong pullari dollar bilan yuritiladi, lekin bular hamma jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo‘ladi. Ulardan biri tovar shaklidagi puldir, ya’ni bu oltindir.
Qog‘oz pullar- davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning o‘ziga yozib qo‘yiladi.Qog‘oz pullar xupyura shakliga ega. Ular har xil qiymatli bo‘lib chiqariladi. Masalan , O‘zbekiston milliy pul so‘mni olsak , 10 , 25 , 50 , 100 , 200 , 500 , 1000, 5000 va 10000 so‘mlik pullar shaklida chiqariladi.
Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog‘oz shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy pulquyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
-U mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi hisoblanadi.
-u himoya belgilariga ega ( bu belgi 12 tagacha bo‘ladi), uni qalbakilashtirish qiyin bo‘ladi.
-milliy pulning o‘z ko‘rinishi bor, uni boshqa puldan farqlantirib topib olish mumkin. Milliy pulimiz chidamli bo‘lib, uzoq davrga qadar xizmat qila oladi. Pul o‘z shakli jihatidan qog‘oz, tanga va chaqa pullardantashkil topsa, muomala jihatidan naqd va naqd bo‘lmagan pullarga ajraladi.

Download 106.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling