Maktabgacha taTim muassasalari tiplari. Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasasi;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo'lgan bolalar uchun).
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to'la-to'kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta'limni mukammal o'zlashtirishga, mustaqil O'zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo'lib yetishishlariga zamin xozirlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
Bolalarni jismonan rivojlantirish.
Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
Bolalarni ma'nan rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |