Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 211.62 Kb.
bet1/8
Sana26.03.2023
Hajmi211.62 Kb.
#1297042
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
23 18.01.2021 (1)




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi.
Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq:
yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;
yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;
ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;
yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
salohiyatli yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;
yosh xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning g‘oya, taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash, xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va xalqaro doirada tajriba almashish tizimini yanada takomillashtirish;
b) O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yo‘l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar tegishli “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
tegishli “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.
3. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar hamda mavzuga oid ko‘rsatuvlar tashkil etish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yoshlar strategiyasi”, Yoshlar manfaatlari bo‘yicha butunjahon harakatlar dasturi, 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari” forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi ko‘plab talablarni qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2017-yildagi 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.
Konvensiya loyihasi yoshlar siyosati bo‘yicha milliy va xorijiy ekspertlar, soha mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar vakillari, keng jamoatchilik hamda yoshlar hamkorligida puxta ishlab chiqilib, 2017 — 2020-yillarda o‘tkazilgan turli xalqaro forum va konferensiyalarda keng muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo dunyodagi eng yosh mintaqa bo‘lib, aholisining o‘rtacha yoshi 27,6 yoshni tashkil etadi. Mintaqa aholisining 50 foizga yaqini O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Kelgusi besh yillikda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar “demografik dividend”ga ega bo‘lishga, ya’ni mamlakatning qisqa muddatda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishiga zamin yaratadi.
Mamlakatda yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan yoshlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik vazifalarning amalga oshirilishi O‘zbekistonda barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2020-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston yoshlari forumi o‘tkazildi. O‘ttiz mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan forumda Davlat rahbari tomonidan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning g‘oyalari, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Konsepsiya yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, besh yilga mo‘ljallangan vazifalar hamda yoshlar siyosatini amalga oshirishning milliy modelini belgilaydi, sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun dasturulamal bo‘ladi.
Konsepsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar — 2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini ko‘zlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyiliga asoslanadi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Yoshlar parlamentlari, Yoshlar komissiyasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar siyosati bo‘yicha milliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol yoshlar va boshqa keng ilmiy doiralar va jamoatchilik vakillarining muhokamalari, taklif va tavsiyalari asosida ishlab chiqildi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda 50 dan ortiq mamlakatlarning yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlari, 20 dan ortiq yoshlar mintaqaviy birlashmalarining bitim va hujjatlari (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqalar), 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning umumiy normativ-hujjatlari (Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Parlamentlararo kengash va boshqalar) o‘rganilib, tahlil qilindi.
Konsepsiya barcha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlarning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi.
2-bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Konsepsiyaning maqsadi — yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.
Konsepsiyada 2021 — 2025-yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
a) yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
b) mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;
v) yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;
g) ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
d) yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
e) yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
j) yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;
z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
i) yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;
k) yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish;
l) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash;
m) yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalar 4 bosqichda amalga oshiriladi:
yoshlarning fikrini o‘rganish orqali yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;
ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;
aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;
muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.
3-bob. Yoshlar siyosatining joriy holati va mavjud muammolar
Mamlakat aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansub.
Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat “Yoshlar parlament”lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.
“Mahallabay” o‘rganishlar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular o‘rtasida madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha tizim asosida barcha tuman (shahar)larda “Yoshlar dasturlari”ni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar kiritiladigan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berildi.
Respublikada yoshlar manfaatlarini himoya qiladigan 830 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Beshta muhim tashabbus” ilgari surildi.
O‘tgan yillar davomida 42 ta tuman (shahar)larning 168 ta olis va og‘ir ahvoldagi mahallalarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Hududlarda 72 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilib, “Ma’rifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi hamda “Yosh kitobxon” tanlovi, “Bir million dasturchi” kabi o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o‘rin tutadigan ta’lim tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi to‘rt yilda mamlakatda oliy ta’lim muassasalari soni 50 foizga (43 ta yangi) oshirilib, ularning soni 121 taga, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrov 9 foizdan 25 foizga yetkazildi. 4 ta Prezident maktablari, 5 ta “Temurbeklar maktabi” va 9 ta ijod maktablari barpo etilib, “Zamonaviy maktab” dasturi joriy etilmoqda.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 22,9 foizi (106 ming 574 tasi) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini (71 ming 467 tani) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 3,4 mingga yaqin yosh fermerlar, 7,8 mingga yaqin yosh hunarmandlar faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019-yilda o‘tkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan bo‘lsa, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanmoqda.
So‘nggi uch yilda nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda mamlakat yoshlari tomonidan 5 299 marotaba sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan, xususan, madaniyat va san’at sohasida 446 ta, sport sohasida 4 838 ta, fan-ta’lim sohasida 15 ta.
Respublikada yoshlar va ularning oilalari uchun davlat tomonidan turli shakldagi moddiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan uch yilda respublikamizda 5 122 ta yosh oilalar uy-joy bilan ta’minlandi.
Yoshlar siyosati bo‘yicha xorij tajribasidan samarali foydalanish, o‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 13 ta xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston 2018-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar kengashiga, 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilindi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan yoshlarga oid davlat siyosatida erishilgan yutuqlar va ijobiy natijalar bilan bir qatorda quyidagi muammolar mavjud:
1. Ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifati talab darajasida emas.
O‘zbekistonning amaldagi ta’lim tizimi ma’lumotlarni yod olishga qaratilgan bo‘lib, yoshlarning ijodiy va mantiqiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, mustaqil fikr yuritishi va yangiliklar yaratishini rivojlantirishga yo‘naltirilmagan. Natijada yoshlar hayotda o‘zi mustaqil qaror chiqarishi, jamiyatdagi tezkor o‘zgarishlarga moslashishi, o‘z o‘rnini topishi jarayonlari murakkab kechishi holatlari kuzatilmoqda.
2. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim bosqichlarida yoshlarning ta’lim bilan qamrovi real ehtiyojni qondirmayapti.
Xususan, 3 — 6 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi qamrovi 60 foizni (2021-yil 1-yanvar holatiga), yoshlarning oliy ta’lim tizimidagi qamrovi 25 foizni tashkil qilmoqda.
3. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli tashkil etilmagan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash mehnat bozori talablari asosida amalga oshirilmayapti, ya’ni professional ta’lim ishlab chiqarish amaliyotidan uzilib qolmoqda.
Natijada oliy ta’limni tamomlagan yoshlarning ko‘pchilik qismi mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, xususan, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko‘ra, bitiruvchilarning faqatgina 26,2 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlab ketishiga to‘liq ishonishini bildirgan.
4. Yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 2020-yilning so‘nggi choragida 6,6 foizni (480 ming 261 nafar) tashkil etgan. Shu bilan birga, ta’lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida sun’iy to‘siqlarga uchrash holatlari mavjud.
5. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot g‘oyalarga ergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, erta tug‘ruq hamda to‘y-hashamlarning ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda.
39 088 nafar yoshlar notinch oilalarda istiqomat qilmoqda, 368 nafar yoshlar turli zararli noformal guruhlar, oqimlar ta’siriga tushib qolgan. Xususan, 2020-yilning yanvar-noyabr oylarida qayd etilgan 39 244 ta jinoyatlarning 11 469 tasi yoki 34,8 foizi yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Yoshlarni oilaga sadoqat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash ishlari tizimli tashkil etilmagan.
Xususan, yoshlar o‘rtasida erta nikoh holatlari, qonuniy rasmiylashtirilmagan nikoh va ajrim holatlari kuzatilmoqda, jumladan 2020-yilning 11 oyida qayd etilgan 25 mingta oilalar ajrimlarining aksariyati yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
6. Yoshlarning tibbiy madaniyati pastligicha qolmoqda.
Yoshlarda reproduktiv salomatlik, to‘g‘ri ovqatlanish va gigiyena qoidalari, sog‘lom turmush tarzi haqida tushunchalar to‘liq shakllanmaganligi oqibatida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt o‘lim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qo‘yish, psixotrop moddalar iste’mol qilish kabi salbiy holatlar (2020-yil sentyabr holatiga giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi 5 889 nafar yoshlar ro‘yxatda turadi), yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilishi natijasida esa millat genofondi buzilishi, tug‘ma nuqsonli bolalar dunyoga kelishi holatlari saqlanib qolmoqda.
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va bolalarning (yetimlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogironligi bor hamda davolanishga muhtoj) jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ish va uy-joy bilan ta’minlash, jamiyatga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan mexanizmlar amalda o‘z natijasini bermayapti.
Bugungi kunda respublikamizda alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan 150 ming nafar bolalar mavjud.
Oliy ta’lim muassasalarida maxsus kvota asosida o‘qitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ish bilan ta’minlanishi mexanizmi amalda qo‘llanilmayapti.
Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar to‘liq yaratilmagan.
8. Yoshlarning jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalardagi faolligi va ishtiroki sust darajada qolmoqda.
Yoshlarning saylov jarayonlari, siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyatidagi ishtiroki holati bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
9. Hududlarda yoshlarga oid infratuzilma qoniqarli darajada emas.
Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, kutubxonalar, istirohat bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalari soni yetarli emas.
Aksariyat mahallalar va maktablarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar mavjud emas. Xususan, mavjud sport inshootlari 1,3 mln o‘ringa ega bo‘lib, mamlakat aholisining faqatgina 4 foizini qamrab oladi, maktablarining 24 foizida sport zallari mavjud emasligi sababli, o‘quvchilarning bor-yo‘g‘i 25 foizi jismoniy tarbiya va sportga jalb etilgan.
Ayrim hududlarda yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yetarli emasligi ularning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilmayapti, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlar, ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishi mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan.
4-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yo‘nalishida:
yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilanib borishini ta’minlash;
davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi to‘laqonli amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlarga oid qonun va qonunosti hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini kuzatib borish, samarali tajribani milliy amaliyotda qo‘llash choralarini ko‘rish;
yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish;
yoshlarning dolzarb muammolaridan kelib chiqqan holda ekspertlar guruhlarini shakllantirish, ular yordamida mavjud normalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan yoshlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, mustahkamlash va ularni himoya qilishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish;
qonun ijodkorligida yoshlarning yaqindan ishtirokini ta’minlash.
2. Mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish yo‘nalishida:
yoshlarni jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar qo‘llab-quvvatlash hamda teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash;
yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish;
yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
yoshlarni odam savdosi, korrupsiya, turli zararli yot g‘oyalar va oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqish;
yoshlarda ekologik madaniyat darajasini yuksaltirish, ularni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
mamlakat ekologik barqarorligini ta’minlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirish.
3. Yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash yo‘nalishida:
yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyat, xususan shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
yoshlarning sifatli sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlaridan foydalanishini ta’minlashda soha tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish;
yoshlar salomatligi va farovonligini belgilaydigan omillarni hisobga olgan holda, ularni sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan qamrovini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
yoshlarning ruhiy salomatligi masalalarida maqsadli yordam ko‘rsatish xizmatlarini rivojlantirish;
yoshlarga reproduktiv salomatlik, tibbiy masalalardagi huquqlari haqida sifatli ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlash;
yoshlar orasida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt o‘lim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qo‘yish, psixotrop moddalar iste’mol qilish holatlarini oldini olish;
millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilishi holatlarini oldini olish.
4. Ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish yo‘nalishida:
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari sonini nodavlat sektorda oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish;
yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish, oliy va professional ta’limni tamomlagan yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashish;
umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, buning uchun zarur bo‘ladigan fundamental bilimlarni o‘rgatishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida 7-sinfdan boshlab kasblarga qiziqishini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
maktab o‘quvchilarini kasbga tayyorlash infratuzilmasini yaratish, 8-9-sinf o‘quvchilarini istiqbolli kasblar bilan tanishtirib, buning uchun zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar shakllantirish choralarini ko‘rish;
yoshlarni oliy ta’limga o‘qishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy ko‘nikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim olishi va malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim jarayonida elektron media mahsulotlar (elektron darsliklar)dan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
pedagog xodimlarga ehtiyoji katta bo‘lgan chekka tog‘li va cho‘l hududlarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish;
oliy ta’limdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va texnika fanlari bo‘yicha xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish.
5. Yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘nalishida:
yoshlarni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, mas’uliyatlilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
oilaga sadoqat, keksalarni e’zozlash, mehr-oqibatlilik kabi qadriyatlarning mavqeyini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni kuchaytirish;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador mexanizmlarni joriy etish;
yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;
jamiyatimizda birdamlik, hamjihatlik, millatlararo do‘stlik va totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda yoshlar ishtirokini oshirish;
O‘zbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
6. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida:
oliy va professional ta’limga qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash;
yoshlar o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish;
maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish;
turli sohalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish;
mahallalarda o‘smir yoshlarni “Ustoz — shogird” an’anasi doirasida hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka yaqindan jalb qilish;
yoshlar turizmini jadal rivojlantirish hamda ular orasida turizmga asoslangan ishbilarmonlikni ommalashtirish;
yosh mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi sifatida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ularga kasb ko‘nikmalarini xalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish uslublarini o‘rgatish;
yoshlarning innovatsion g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida (biznes-inkubator, akselerator) dasturlar va fondlarni ko‘paytirish;
“Yoshlar kichik sanoat zonalari” tashkil etish, ularda yoshlar loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘ladigan barcha infratuzilma obyektlarini joylashtirish;
yoshlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilishga qaratilgan hududiy ixtisoslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish;
joylarda yoshlarning tadbirkorlik klasterlarini va konsalting xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha aniq dastur va rejalar ishlab chiqish;
ta’lim muassasalarini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish;
norasmiy sektorda band bo‘lgan yoshlarning faoliyatini legallashtirish, yoshlarning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, vatanga qaytganlaridan so‘ng jamiyatga qo‘shilishini ta’minlash.
7. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish yo‘nalishida:
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish;
musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish;
iqtidorli yoshlarning madaniyat va san’at sohasida nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarga tizimli tayyorlash va ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish;
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlarning umumiy sonini oshirish;
bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish;
nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga shug‘ullanishlari uchun jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda maxsus sport jihozlari bilan ta’minlash;
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;
kompyuter dasturlash asoslari, robototexnika, axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini ishlab chiqish;
hududlarda IT-parklar va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratish;
ta’lim muassasalarining informatika xonalari moddiy-texnika bazasini boyitish;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlar, ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarning tizimli tashkil etilishini ta’minlash;
xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
kam ta’minlangan oilalardagi va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ular o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish.
8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim muassasalari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
kam ta’minlangan oilalar farzandlarini o‘qitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish choralarini ko‘rish;
oliy ta’lim muassasalarida maxsus kvota asosida o‘qitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ishga joylashishining amaliy mexanizmlarini takomillashtirish;
yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish;
mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jamiyatga ijtimoiy moslashuvida samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish;
xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish tizimini yaratish;
mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiyasini amalga oshirish.
9. Yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘nalishida:
davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida iqtidorli, tashabbuskor, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
yoshlarda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, muloqot qilish, moslashuvchanlik, stressni yengish kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quvlarni rivojlantirish;
yoshlarda korporativ etika, jamoaviy ish, keys-menejmentga doir bilimlarni shakllantirish orqali ish jarayoniga moslashib ketishiga ko‘maklashish tizimini yo‘lga qo‘yish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining hamkorligini muvofiqlashtirish;
yoshlarning erkin fikrlovchi, ishbilarmon, tadbirkor hamda intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan bugungi kun qahramoni timsolini yaratish va uni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish;
yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratish.
10. Yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish yo‘nalishida:
mazkur sohadagi yoshlarga oid davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yosh xotin-qizlar va erkaklarda teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishini ta’minlash;
ta’lim, ilm-fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik faoliyatida yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mehnat munosabatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, ijtimoiy himoya, uy mehnatini bajarishda yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash;
yosh oilani, bolalikni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda mas’uliyatli onalik va otalikni shakllantirish;
jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishga qaratilgan axborotdan yoshlarni himoya qilish;
yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishi maqsadida milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda yoshlar tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish.
11. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
yoshlarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, volontyorlik guruhlarini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirib borishning yagona tizimini shakllantirish;
yoshlar jamoat tashkiloti, siyosiy partiyalarining yoshlar qanotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
yoshlarning siyosiy ongini oshirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
volontyorlik faoliyati institutsional tuzilmalarini yaratish, volontyorlikning barcha yo‘nalishlarini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash;
yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
12. Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida:
yoshlar siyosati sohasida chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish bo‘yicha strategiya hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda O‘zbekiston yoshlarini keng jalb etish;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
xalqaro ijtimoiy-ahamiyatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda O‘zbekiston yoshlarining rolini kuchaytirish;
xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish.
5-bob. Yoshlar siyosatini baholash
Yoshlar siyosatini baholash O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar tizimi hisoblanib, mamlakat yoshlarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqeyi, farovonligi, barkamollik darajasi hamda istiqboldagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Bunda baholash mamlakatning yoshlar siyosati bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari sohadagi xalqaro indekslarga mos ravishda o‘sishini ta’minlashga yo‘naltiriladi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari kesimida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida baholanadi:
1. Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati.
2. Yoshlarning ijtimoiy faolligi.
3. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyati.
4. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlar.
6. Yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi.
7. 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda yaratilgan infratuzilma va yoshlarning qamrovi.
Baholashda mezonlarga taalluqli ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil etish, shuningdek ma’lum yoshlar qatlamlari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish orqali sifat ko‘rsatkichini aniqlash va boshqa usullardan foydalaniladi.
Yillik baholash natijalari asosida kelgusida sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinadi.
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlod shakllantiriladi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhni yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, xususan, ularning salomatligi, ta’lim-tarbiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, ko‘nikmalaridagi natijalar tashkil etadi:
yoshlarning tibbiy madaniyati oshiriladi, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishga rioya etish ko‘rsatkichlari oshadi;
umumta’lim maktablarida 7-sinf o‘quvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf o‘quvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan o‘quvchilarni davlat va nodavlat o‘quv markazlari yordamida kasbga o‘rgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
yoshlarni oliy ta’limga o‘qishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy ko‘nikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
oila, xususan, yoshlarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar oshirilib, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy qadriyatlarning mavqeyi mustahkamlanadi;
yoshlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlariga barham berishning samarali choralari amalga oshiriladi;
madaniyat va san’at bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;
yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishiga erishiladi;
kitob o‘qishni kundalik hayot tarziga aylantirgan yoshlar soni 70 foizga oshiriladi.
Ikkinchi guruh natijalari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga yoshlarning qo‘shayotgan hissasi va yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘lami bilan belgilanadi:
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati doimiy amalga oshiriladi;
jamiyatda yoshlar uchun jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yanada mustahkamlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishiladi;
ta’lim muassasalaridagi o‘qitish dasturlari xalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtiriladi;
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlarning umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga qamrovi nodavlat ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi, jumladan, Respublikada 3 — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi;
yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubxonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshiriladi;
yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining sig‘imi 30 foizga oshiriladi;
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi;
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanadi;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiya qilinadi;
yoshlar va hukumat o‘rtasidagi tizimli muloqotni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari huzurida iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan sohalar bo‘yicha “Yoshlar kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish bo‘yicha “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi;
xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan hamda norasmiy ish bilan band bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ta’minoti va mehnat muhofazasi ta’minlanadi;
mehribonlik uylari bitiruvchilari bandligi to‘laqonli ta’minlanadi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishda samarali mexanizmlar joriy etiladi;
ta’lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishda sun’iy to‘siqlar bartaraf etiladi;
volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari, jumladan, “Volontyorlar maktablari”, “Volontyorlik markaz”lari yaratiladi;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;
xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi, O‘zbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, bag‘rikenglik muhiti yanada mustahkamlanadi;
mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazib beriladi hamda yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyi oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuniga binoan, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti, homiylarning mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda to‘ldirilishi mumkin.
(7-bobning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.


Download 211.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling