Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda


V. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishi


Download 211.62 Kb.
bet5/8
Sana26.03.2023
Hajmi211.62 Kb.
#1297042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
23 18.01.2021 (1)

V. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishi

19.

Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish.

1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov o‘tkazish.

2021-yil may

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi

2. Tanlov natijasiga ko‘ra:
2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln so‘mdan 200 mln so‘mgacha grant mablag‘lari ajratish.

2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr

20.

Hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.

1. Yoshlarga quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.

Doimiy ravishda

21.

“Yoshlar daftari” yuritilishi tizimini elektronlashtirishga qa?atilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat Personallashtirish markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari,
sektor rahbarlari

22.

“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish. Shuningdek, “Hunarli kishi xor bo‘lmas” g‘oyasi asosida usta hunarmandlar qo‘lida ishsiz yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida hududlarda “ustoz-shogird” an’anasini yangi tizimda joriy etish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yildan boshlab doimiy

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi,
“Hunarmand” uyushmasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

23.

“Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yildan boshlab doimiy

-

Savdo-sanoat palatasi,
Yoshlar ishlari agentligi

24.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta ko‘rgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.

2021-2022-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Yosh tadbirkorlarning tadbirkorlikka oid xalqaro ko‘rgazma va anjumanlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik,
idora va tashkilotlar

26.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

2021-2022-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Turli sohalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish.

Hamkorlar qo‘shma chora-tadbirlari

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi savdo va investitsiya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

28.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish nuqtai-nazaridan yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik,
idora va tashkilotlar

29.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish va biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan qo‘llanmalar yaratish.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida kamida 200 ta bepul o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini o‘tkazish.

1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini o‘tkazish.

2021-yil?an boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Tashqi ishlar vazirligi

2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba

31.

Bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.

Barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.

Reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

32.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari

VI. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish yo‘nalishi

33.

2021-yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish.

Manzilli chora-tadbirlar rejasi

2021-yil iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

34.

Musiqa maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, tuman (shahar)lar kesimida ehtiyojni aniqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan o‘tkazish;

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi mahalliy budjeti

Madaniyat vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning 5 yillik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil apreldan dastur asosida

35.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yilda va keyingi yillarda doimiy

Tashkilotchilar va homiylik mablag‘lari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Xalq ta’lim vazirligi,
Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK

36.

Yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yilda va keyingi yillarda doimiy

Tashkilotchilar va homiylik mablag‘lari �isobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi,
MTRK

37.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Yozuvchilar uyushmasi

38.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

39.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida haftaning har shanba kunida hududlarda “Velosiped bilan bir kun” ijtimoiy harakatini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori

2021-2022-yillar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agent�igi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

40.

“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ijrochilarning mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Rektorlar Oliy Kengashi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Milliy teleradiokompaniya

41.

“Abdulla Oripov izdoshlari”, “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov san’ati davomchilari” ko‘rik-tanlovlarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

Ijrochilarning mablag‘lari hisobidan

Madaniyat vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “KinoMark” milliy internet striming platformasini tashkil etish (investitsion loyiha)

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil mart

Investorlarning mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Yosh kinoijodkorlar kengashi

43.

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Talabalar bahori” (StudFest) respublika yoshlar festivalini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi

44.

Yoshlarning iste’dodi va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni munosib taqdirlash maqsadida “Yoshlar haftaligi”ni o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili noyabr oyida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi,

45.

Yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “PROlogue” xalqaro kinofestivali va uning doirasida “Location EXPOuz” mahalliy kinolokatsiyalarining xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yildan har yili noyabr oyida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi

46.

Milliy xalq o‘yinlari, �aqslari va qadriyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan Xalqaro “International Drum & Dance” festivalini o‘tkazish

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil mart

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi

47.

Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun bosqichma-bosqich shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish.

Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqish va amalga oshirish

2021-yil avgust

O‘zbekiston Respublikasi mahalliy budjeti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

48.

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarga to‘lov shartnoma mablag‘larini 50 foiz miqdorda to‘lab berish maqsadida “Yoshlar ta’lim granti” loyihasini tashkil etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2020-2021 o‘quv yil

Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Barcha mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar ko‘rish holatlarini oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil mart

-

Bosh prokuratura,
Xalq ta’limi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

yil davomida


Download 211.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling