T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddatlari
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yo‘nalishi
|
1.
|
Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish.
|
“Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi
|
2021-yil
|
-
|
Oliy Majlis palatalari,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Adliya vazirligi
|
2.
|
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
2021-2022-yillar
|
-
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
3.
|
O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va “Yoshlar murojaati” elektron platformasini shakllantirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
2021-yil iyul
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
|
Doimiy ravishda
|
4.
|
Yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va o‘tkazish.
|
1. Ishchi guruhini shakllantirish.
2. Anjuman konsepsiyasi hamda dasturini ishlab chiqish.
3. Konsepsiya va dastur loyihasini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish.
4. Konsepsiya va dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2021-yil sentyabr
|
-
|
Yoshlar ishlar agentligi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
|
5.
|
Davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.
|
1. Yoshlar siyosatiga oid statistik ko‘rsatkichlarni 0 — 30 yosh, 14 — 30 yosh, 18 — 30 yosh toifasida ishlab chiqish.
|
2021-yil mart
|
-
|
Davlat statistika qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Davlat idoralari, tashkilotlar, banklar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.
|
Doimiy ravishda
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |