Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda


IV. Yoshlarni ona Vatanga, oi�aga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘nalishi


Download 211.62 Kb.
bet4/8
Sana26.03.2023
Hajmi211.62 Kb.
#1297042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
23 18.01.2021 (1)

IV. Yoshlarni ona Vatanga, oi�aga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘nalishi

12.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda onalik va otalik mas’uliyatini oshirish, yosh oilalar o‘rtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador mexanizmlar joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

13.

Voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlarini oldini olish maqsadida mahalla tizimida kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bu borada Toshkent viloyati tajribasini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi,
vazirlik, idora va tashkilotlar,
Toshkent viloyati hokimligi

14.

Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, mas’uliyatlilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tizimli amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Mudofaa vazirligi,
Milliy gvardiya,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

15.

Qarovsiz va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘maklashishga qaratilgan “Ijtimoiy volontyorlik guruh”larini shakllantirish va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2021-yil aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Yoshlar ishlari agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
vazirlik va idoralar

16.

Yoshlarni ona Vatanga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hududlar kesimida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida yillik dasturlar ishlab chiqish.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari

2021-yil avgust

-

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari (kelishuv asosida),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Andijon viloyati hokimligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

18.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Farg‘ona yosh hunarmandlar festivalini”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi


Download 211.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling