Mamlakatlarda inflatsiyaning darajalari


Download 15.34 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi15.34 Kb.
#1467829
1   2   3   4   5

Joriy yilda XXR iqtisodiyoti ilgari prognoz qilingan 5,0 foizga nisbatan 4,0 foizga o‘sadi. OTB, shuningdek, kutilgandan ko‘ra yuqori inflyatsiya sur'atlari va monetar siyosatning keskinlashuvini inobatga olgan holda Hindiston uchun o‘sish prognozini 7,5 foizdan 7,2 foizgacha pasaytirdi. Rivojlanayotgan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi inflyatsiya bu yil oldingi 3,7 foiz prognozga nisbatan 4,2 foizga tezlashishi kutilmoqda. Biroq, umuman olganda mintaqada inflyatsiya bosimi hali ham dunyoning boshqa joylariga qaraganda past.

OTB mintaqa uchun 2023-yil iqtisodiy o‘sish prognozini 5,3 foizdan 5,2 foizga tushirdi va inflyasiya prognozini o‘z navbatida 3,1 foizdan 3,5 foizga oshirdi. Ba'zi subregionlar uchun o‘sish prognozlari oshirildi. Janubi-Sharqiy Osiyo uchun prognoz COVID-19 cheklovlarining yengillashtirilishi natijasida ichki talabning oshishini sababli bu yil 4,9 foizdan 5,0 foizga oshirildi. Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha prognoz 3,6 foizdan 3,8 foizga oshirildi, chunki subregiondagi ba'zi davlatlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining iqtisodiy oqibatlarini kutilganidan ko‘ra yaxshiroq yengib chiqdi. Tinch okeanida Fidjiga turizmning tiklanishi sababli subregionning o‘sish prognozi 3,9 foizdan 4,7 foizga yaxshiladi.

Inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar — tarix va bugun

Iqtisodiyot tarixida giperinflyatsiya holatlari ko‘p bor yuz bergan. Ammo bu kabi holatlar hozirgi kunda ham turli mamlakatlarda ro‘y bermoqda. Pulning qadrsizlanishi, aynan hozirgi xalqaro vaziyat fonida yana dolzarb mavzuga aylanmoqda. Hozirda ro‘y berayotgan inqiroz ta’sirida bir qator mamlakatlarda inflyatsiya kuchayib bormoqda. Misol uchun, may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 11% ga yetdi. BMT iqtisodchilarining prognoziga ko‘ra, 2022 yilda hattoki AQSh dollarining inflyatsiya darajasi ham 6,7% ni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu AQShda so‘nggi 40 yil ichida kuzatilgan eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ammo iqtisodiyoti unchalik kuchli bo‘lmagan davlatlarda inflyatsiya ko‘rsatkichlari qanday? Giperinflyatsiyani boshidan o‘tkazayotgan valyutalarning ahvoli qanchalik yomon? «Gazeta.uz» ushbu maqolada sizni turli mamlakatlardagi eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi.


Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling