Mamlakatshunoslik
Download 33.41 Kb.
|
Mamlakatshunoslik-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «aniqlovchi»
II BOB. NISBIY SIFATLAR
Nisbiy sifat predmetning belgisini boshqa predmetga yoki tushunchaga nisbatan bildiradi. U ko’pincha belgisi aniqlab kelayotgan aniqlanmishning ishlangan materialini,. Kelib chiqqan joyini, biror predmetga mansubligini va shunga o’hshash boshqa belgilarini bildiradi. Nisbiysifat ham asliy sifat kabi muzakkar va muannas shakllariga ega. Nisbiy sifatning muzakkari asosan otdan oxiridagi - un qo’shimchasini olib tashlab, o’rniga ِيٌّiyyun qo’shimchasini qo’yish bilan hosil bo’ladi. Muannas nisbiy sifat esa, ko’pchilik sifat qatori muzakkar oxiriga َةٌ- atun qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi. Masalan: خَشَبٌ-خَشَبِيٌّ-خَشَبِيَّةٌ البيتُ خشبيٌّ الملعقةُ خشبيَّةٌ اyokiي harfi bilan tugagan otlardan nisbiy sifat hosil bo’lganda يٌّqo’shimchasidan oldinا yokiي harflariو ga aylanadi. Masalan: دنيا - دنيويٌّ آسيا-آسيويٌّ Bu so’zlardanba’zannisbiysifatboshqacharoqshaklida ham hosilbo’ladi: دنيا - دنياويٌّ Ayrim so’zlardan esa, oldingiا (alif) tushib qolib, ِيٌّ(iyyun) -qo’shimchasi qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: فرنسا- فرنسِيٌّ- فرنسية أوروبا-أوروبِيٌّ-أوروبِيَّةٌ ة(ta’marbuta) bilan tugagan so’zlardan nisbiy sifat hosil bo’lganida mazkur harf tushib qoladi. Masalan: خرافة- خرافي- خرافية جمهورية - جمهوري Ayrim otlardan nisbiy sifat hosil bo’lganida so’zning vazni ham biroz o’zgaradi. Masalan: مدينةٌ- مدنِيٌّ- مدنِيَّةٌ فَرِضَةٌ- فَرِضِيٌّ- فَرِضِيَّةٌ Ikki o’zak undoshdan iborat ayrim otlardan nisbiy sifat hosil qilishganida, (vov) harfi orttiriladi. Masalan: يَدٌ- يَدَوِيٌّ- يَدَوِيَّةٌ سَنَةٌ- سَنَوِيٌّ - سَنَوِيَّةٌ Ba’ziso’zlardanikkihilnisbiysifathosilbo’ladi.Masalan: روح-روحيٌّ- روحية روح-روحاني-روحانية Nisbiy sifatlar gapda ko’pincha moslashgan aniqlovchi bo’lib keladi. Masalan: البستاني يعمل في البستان إبنُ عمِّي بستاني Geografik nomlardan hosil bo’lgan nisbiy sifat o’sha yerli yoki o’sha yerda tug’ilgan vazifasida kelishi mumkin. Masalan: مِصْرُ-مِصْرِيٌّ-مِصْرِيَّةٌ Nisbiy sifat gapda moslashgan aniqlovchi vazifasidan boshqa ega, kesim vazifalarida ham kelishi mumkin.Masalan: البستاني يعمل في البستان- Boqbonboqdaishlaydi. (ega). إبنُ عمِّي بستاني - Amakimningog’liboqbondir.(kesim). G apning kesimi ifodalagan ma‘noni yanada aniqlashtirib, tushuntirib kelish uchun aniqlashtiruvchi so'z ishlatiladi. Bunday paytda kesim ismiy ham, fe‘liy ham bo'lishi mumkin. Aniqlashtiruvchi so'z gapning so'nggida hech qanday so'z bilan moslashmasdan noaniq holatda, tushum kelishigida keladi: Ko'pincha aniqlashtiruvchi orttirma yoki qiyosiy darajadagi sifat bilan ifodalangan ismiy kesimning ma‘nosini aniqlashtirish uchun ishlatiladi: Ba‘zi aniqlashtiruvchilar biror narsaning sonini (11dan 99 gacha) va hajm, vazn, uzunlik o'lchamlarini aniqlashtirib kelib, o'sha so'zdan keyin keladi: Ism bilan ifodalangan biror gap bo‘lagining belgisi, xususiyatini bildirib kelgan bo‘lak «aniqlovchi» debataladi. O‘zbek tilida aniqlovchi o‘zi aniqlab kelayotgan ism – aniqlanmish dan oldin keladi, arab tilida esa keyi nkeladi. Solishtiring: barvasta kishi – رجل بدين keng ko‘cha – شارع واسع kuchli muhabbat – حب شديد birinchi sinf – الصف الأول bahor havosi – طقس الربيع Mahmudning onasi – أم محمود Xadicha amma – العمة خديجة Andijonshahri –مدينة أنديجان viloyat markazi – مركزالولاية Gapda so'zlar har doim yolg'iz o'zi kelavermaydi. Boshqa tillardagi kabi arab tilida ham ikki yoki undan ortiq so'z bir-biri bilan bog'lanib so'z birikmasi tuzib kelishi mumkin. So'zlar bir-biri bilan moslashib yoki birikib bog'lanadi. So'z bir-biriga moslashib bog'langan birikma moslashgan aniqlovchi, birikib bog'langan birikma esa izofa birikmasi (yoki qaratqichli aniqlovchi yoki moslashmagan aniqlovchi birikmasi) deb ataladi. Aniqlovchining uch xili bor: 1. Moslashgan aniqlovchi – aniqlanmish so'zning belgisini bildiruvchi so'z: 2. Moslashmagan aniqlovchi – aniqlanmish so'zning unga qarashliligini bildiruvchi so'z: 3. Izohlovchi aniqlovchi – aniqlanmish so'zni boshqa ism bilan aniqlab keluvchi so'z: Sifatlovchi (vazifasida tub sifat, , nisbiy sifat, tartib sonlari keladi. Ularning barchasi aniqlanmish so'zdan keyin kelib, u bilan to'rt kategoriyada: jins, son, kelishik va holatda moslashadi. Agar o'zbek tilida bunday birikmada avval aniqlovchi keladigan bo'lsa, arab tilida aksincha- avval ot keyin aniqlovchi keladi: Agar sifatlovchi aniqlovchi aniqlanmish bilan holatda moslashmasa, bu aniqlovchi bilan aniqlanmishning moslashishi bo'lmay, balki ega bilan kesimning moslashishi, ya‘ni gap bo'lib qoladi: Insonlarning kasb-kori, unvoni va qarindoshlik darajalarini ifodalab kelgan so'z birikmalari izohlovchi aniqlovchi birikmasiga misol bo'ladi. Bu birikmada avval izohlanmish aniq holatda va undan keyin atoqli ot bilan ifodalangan izohlovchi keladi: Ko'rsatish olmoshi izohlovchi vazifasida kelganida grammatik jihatdan aniq holatda bo'lgani uchun izohlanmishning faqat aniq holatda kelishini talab qiladi va u bilan jins va sonda, agar ikkilik sonda bo'lsa kelishikda ham moslashadi. tarjimasi muannas jins tarjimasi muzakkar jins Agar izohlanmish noaniq holatda bo'lsa bu birikma gapga aylanadi: Aniqlanmish bilan birikish usuliga ko‘ra aniqlovchilar moslashgan va moslashmagan bo‘ladi. Moslashgan aniqlovchilar – صِفَةٌ،وَصْفٌ sifat, sifatdosh, ko‘rsatish olmoshi, tartib son bilan ifodalanadi va aniqlanmish – مَوْصُوفٌ bilan jinsda, sonda, kelishikda va holatda moslashadi. Misollar: رُجُلٌ قَوِيٌّ– kuchlikishi; الرِّجَال ُالأقْوياءُ– kuchlikishilar; اِمْرَأَة دَاخِلَةٌ– kirayotganayol; فيِ الْغُرْفَةِ الثَّالِثَةِ– uchinchixonada. Odamzoddan boshqa jonzot va predmetlarni bildiruvchi ismlarning ko‘pligi grammatik jihatdan birlik muannasga teng hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bunday ismlar bilan moslashadigan so‘zlar birlik muannasda bo‘ladi. Misollar: 1) فيلٌ كبيرٌ– katta fi l→فيلاَنِ كبيرَانِ– ikkikatta fil →أَفيالٌكبيرةٌ– kattafillar; 2) ديكٌ جميلٌ– chiroylixo‘roz→ ديكان جميلان– ikkichiroylixo‘roz→ ديوكٌجميلةٌ– chiroylixo‘rozlar; 3) يومٌ سعيدٌ– baxtlikun→ يومان سعيدان– ikkibaxtlikun→أيامٌسعيدةٌ– baxtlikunlar; 4) امتحان ٌصعبٌ– qiyinimtihon→ امتحانان صعبان– ikkiqiyinimtihon→ امتحانات صعبة– qiyinimtihonlar. Kasb - kor, martaba - lavozim, qarindoshchilik kabi ma’nolarni anglatadigan otlar ham moslashgan aniqlovchi vazifasida ishlatilishi mumkin. Ular odatda biror kimsa yoki narsaning boshq anomini bildiradi. Misollar: duradgor Ahmad – أحمدالنجار mudirjanoblari – السيدالمدير Zaynabxonim – السيدةزينب Bunday aniqlovchilar «izohlovchi» deb hamataladi. XULOSA XIX asrga kelib arab tili tarihida yangi bosqich boshlandi. Klasik adabiy arab til asosida uning yangi shakli-zamonaviy arab tili vujudga keldi. Milliy yuksalish harakati - an-nahda arab tilini o’zgarayotgan yangi hayot sharoitiga moslashuvini talab qildi. Zamonaviy arab tili XIX asrning ikkinchi yarmida milliy-ozodlik harakati jarayonida yanada rivojlanib ketdi. Shu davrda yashab ijod qilgan yirik yozuvchilar, shoirlar, publitsistlar zamonaviy arab tilini yaratishda o’zlarining katta hissalarini qo’shdilar. Bular: Misrlik Ahmad Shavqiy Ibrohim, Abdulloh Nodim, Mustafo Komil, Jirji Zaydon, Livanlik Nasif al-YAzijiy, Butrus al-Bustaniy, Ahmad Foris ash-Shidyaq, Amin ar-Rayhoniy, Suriyalik adib Ishoq, Abdurahmon alKavakibiy va boshqalar. Zamonaviy arab tili hozirda 22 ta arab tili davlatlarida «Davlat tili» maqomidadir. U ilm, fan, matbuot, badiiy adabiyotda, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy habarlarda, ta’lim-tarbiya muassasalarida, radio, televidenie, barcha davlat hujjatlari olib borishda qo’llanadi. Zamonaviy adabiy arab tili har hil arab davlatlarida yashovchi arab halqlari uchun umumiy bo’lib, ularning o’zaro munosabatlarida va yaqinlashish jarayonida muhim vositadir. Mustaqil O’zbekiston hozirgi kunda arab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatmoqda. Arab tlini yahshi o’zlashtirib, bemalol gaplasha oladigan arab tilida puhta tarjima qilib, ilmiy tadqiqotlar olib boradigan mutahassislarga talab katta. Shu bois Respublikamizda arab tilini o’rganishga ahamiyat berilib kelmoqda ekan, butun dunyoda arab tili jahon tili sifatida mavqei oshganligini, ko’p davlatlarda uni o’rganilayotganligini hisobga olib, nazarda tutishimiz kerak. Jahondagi 15 yirik tilning bittasi arab tilidir. Adabiy arab tili bilan bir qatorda har bir arab davlati o’z shevasiga ega. O’ozirgi arab shevalari bir tomondan zamonaviy arab adabiy tilidan, ikkinchi tomondan bir-biridan talaffuz, luqat va nahv jihatida sezilarli darajada farq qiladi. Hatto bir shevada gapiruvchi ikkinchi shevada so’zlovchini tushunmasligi mumkin. Arab mamlakatlarida lahjalar faqatgina oqzaki nutqda foydalanilmasdan, balki radio eshittirishda, teatr, kino va adabiyotda o’z o’rnini topmoqda. Ayniqsa, Mirs adabiyotida salmoqli o’rin tutgan she’riy asarlar yaratilgan. Adabiy asarlardagi so’zlashuv-diolog ko’pincha lahjalarda yoziladi. Ba’zi bir yozuvchilar o’z asarlarini ham adabiy tilda, ham lahjada yozadilar. Masalan, mashhur yozuvchii Mahmud Taymur birinchi bo’lib ikki tilda yozish uslubini qo’llagan. Download 33.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling