"MA'mun-universiteti" ntm "ijtimoiy-gumanitar fanlar" fakulteti "umumkasbiy fanlar va buxgalteriya hisobi kafedrasi
Inson huquqlari - umumbashariyat muammosi
Download 69.62 Kb.
|
Inson haq-huquqlarini ta\'minlash va himoya qilish.
1.Inson huquqlari - umumbashariyat muammosi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005-yillarni kurramizda Inson huquqlari o'n yilligi deb e'lon qildi. Inson huquqlarini himoya qilish Mustaqilligimiz qomusi boʻlmish Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishi va yakuniy maqsadidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis VI sessiyasida, Konstitutsiyaning to'rt yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishida va Vazirlar Mahkamasining O'zbekistonning 1996- yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997-yildagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisi- da qilgan ma'ruza va nutqlarida inson huquqlari sohasida amalga oshi- rilishi lozim bo'lgan quyidagi besh strategik yo'nalish belgilab be- rilgan: birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta'minlash; ikkinchidan, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari asosida milliy qonun- chilikni takomillashtirish; uchinchidan, qabul qilingan qonunlarga og'ishmay amal qilishmexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta'minlash; to'rtinchidan, sudlov islohotini amalga oshirish yo'li bilan butun sud tizimini demokratlashtirish; beshinchidan, aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar o'rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huqu- qiy ongi va madaniyatini oshirish. Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridandir. Inson huquqlari bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari bu butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o'ziga jamlagan keng qamrovli tushun- chadir. Inson huquqlari bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. Inson huquqlari - bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko'rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o'rin tutadi. Insoniyat o'z tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik bu inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari haqida qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi. Inson huquqlari to'g'risidagi qonunchilik o'z taraqqiyotida uch katta bosqichni bosib o'tgan. Birinchi bosqich 1789-yilgi inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to'g'risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan. Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e'tibor quyidagi muammolarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan: shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi; shaxs daxlsizligi; xususiy mulk huquqi; saylov huquqi turli seznlar bilan cheklangan bo'lsada; Ikkinchi bosqichi - XX asrning birinchi yarmini o'z ichiga olgan. Bu bosqichda sotsial yoʻnalish demokratiya ta'sirida insonlarning ijti- moiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik tez rivojlangan. Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi toʻgʻrisidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan. Fransiya va Shvetsiyadagi sotsial qonunchilik, 1920-yilgi Veymar Konstitutsiyasi, Fransiya va Italiyaning 1946-yilgi Konstitutsiyalari bunga yaqqol misol boʻladi. Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri kelib, bu bosqichda inson huquqlarining yangi avlodi» to'g'risidagi qonun- chilik rivojlanadi. Bu huquqlar qatoriga: tinch yashash huquqi; sof va toza atrof-muhitga ega boʻlish huquqi; axborot olish huquqi kabilar kiradi. Bu bosqichda inson huquqlari to'g'risida xalqaro qonunchilik tizimishakllandi. Dunyodagi har bir davlatda ham inson huquqlariga oid muayyan qonunchilik tizimi shakllangan. Bu qonunchilik negizini, avvalam- bor, Konstitutsiyalar tashkil etadi. Barcha davlatlar Konstitutsiyala- rida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga maxsus boʻlim, boblar ajratilgan. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda o'z aksini topgan. Download 69.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling