Ma‘mun-universiteti


Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi


Download 0.61 Mb.
bet22/91
Sana14.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1460612
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Obyekt bilan subyekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertasiyasi, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, ko’rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to’grisida ma’lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metod-ningo’zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o’rganish maqsa-dida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma’qul.
Test metodi. Test - inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqpiy o’sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy taxlil qila bilashga bogliqdir.
1905 yildan, ya’ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSh, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o’zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko’nikma hamda malakalarni aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emosional holati va salomatligiga bog’liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq Ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Kruteskiy va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko’rsatkichi (indikatori) bo’lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:
Bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo’ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga’lim va kasb ta’limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi).
Insonning akl idroki, akl zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga mo’ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va baholashga mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga yo’naltiriladi.
Mezonga mo’ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlar tekshiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo’ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim.
Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga munosabati, emosional holatlari, motivasiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o’rganish shkalalari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash, baholash, o’zini o’zi baholashga yo’naltirilgan bo’ladi. Shuningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qamrab oladi.
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish test-lari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini ba-holashga qaratilgan), intellekt testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o’lchashga mo’ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emosiyasi, qiziqishi, motivasiyasi va hulqini baholashga yo’nalti-rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (pro-yektiv) testlari (savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling