Ma‘mun-universiteti
Ma’ruza 4. Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Psixologiyaning asosiy metodlari.
Ma’ruza 4. Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari.
Reja: Fan metodlar xaqida tushuncha Psixologiyaning asosiy metodlari Ayrim metodlarning ahamiyati 3. Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Jadval 2. Psixologiyaning asosiy metodlari
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo’llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug’iladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo’lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Xar bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakkamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablariga amal qilish lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog’langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisaning uning nerv fiziologik asosdan ajratib o’rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o’rganish yaramaydi va hokazo. Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o’zgarish jarayonida ko’zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o’smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasining yetarlicha yaxshi bilib bo’lmaydi. Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o’rganganda miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o’tishini ko’zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o’rgana turib, bilim olish va to’plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o’zgarishni ko’rsatib bersa bo’ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g’oyani shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Odamning tevarak atrofdagi voqye’likni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o’z mavzuini o’rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So’ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim. Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo’llaniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa mahsus medotlari: suhbat metodi, biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo’llaniladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling