Ma'muriy huquq subyektlari
Download 46 Kb.
|
Mamuriy Aktlar
Ma`muriy huquq layoqati – huquq subyekti umumiy huquq layoqatining bir turi bo`lib, qonunchilik bilan o`rnatilgan va davlat tomonidan kafolatlangan hamda aniq bir subyektning (fuqaro, davlat organi, davlat xizmatchisi, mansabdor shaxs, nodavlat tuzilmalari va h.k.lar) turli huquqiy munosabatlarda ishtirok etish qobiliyatini anglatadi.
Ma`muriy huquq layoqati – bu ma`lum bir huquqlarga ega bo`lish va majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, ma`muriy ish qo`zg`atish va ma`muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish, huquqiy normalarni buzish va qonun bilan o`rnatilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo`lishdir. Ma`muriy-huquqiy munosabatlar faqatgina uning subyektlari huquq layoqatiga ega bo`lganidagina, ya`ni huquqiy munosabatlarga kirishish uchun asos bo`ladigan huquq va majburiyatlarga ega bo`lganida vujudga kelishi mumkin. Ma`muriy huquqning har bir subyekti o`ziga xos ma`muriy huquq layoqatiga egadir. Masalan, fuqarolarning ma`muriy huquq layoqati o`zining mazmuni va xususiyatlariga ko`ra ijro hokimiyati organlarining, jamoat birlashmalarining yoki boshqa tashkilotlarning ma`muriy huquq layoqatidan farqlanadi. Bundan tashqari, ma`muriy qonunchilikka kiritiladigan o`zgarishlar – ma`muriy huquq layoqatining mazmuniga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan ma`muriy huquq layoqatining amalga oshirilishini jismoniy shaxsning yoki boshqaruv organi (mansabdor shaxs)ning xohish-irodasini ifoda etishisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ma`muriy huquq subyektining huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bo`yicha ifodalangan irodasi - huquq layoqatini yuridik mazmun bilan boyitadi. Demak, ma`muriy huquq layoqati – bu subyekt tomonidan u uchun o`rnatilgan huquqlar, erkinliklardan foydalanish, shuningdek, majburiyatlarni bajarish, vakolatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Ma`muriy huquq subyektining ma`muriy huquq layoqati uning ma`muriy huquqiy holatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, huquq layoqati - tegishli sharoitlar mavjud bo`lganida huquq subyektini huquqlar va erkinliklardan foydalanuvchi, majburiyatlar yuklash hamda yuridik javobgarlikka tortish mumkin bo`lgan shaxs sifatida namoyon qiladi. Ma`muriy-huquqiy normalar bilan o`rnatilgan huquq layoqatiga ega bo`lgan subyektlar, ularga berilan huquq layoqatini amalda ro`yobga chiqarishlari orqali, ma`muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Shu sababli, m`muriy huquq subyektlari ma`muriy huquq layoqati bilan bir vaqtda ma`muriy muomala layoqatiga, ya`ni ularga tegishli bo`lgan boshqaruv sohasidagi huquqlarni amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo`lishi kerak. Jismoniy yoki yuridik shaxsning Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling