Ma’muriy huquqbuzarlik reja ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi
Download 45.57 Kb.
|
мамурий ҳуқуқбузарлик тушунчаси реферат
Uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qilmishdir. Ma’muriy huquqbuzarlik - bir yoki bir necha insonlarning ongli va irodali harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi.
To‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik - jismoniy shaxs tomonidan sodir etiladigan qilmishdir. O‘zbekiston Respublikasining MJTKga binoan ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti sifatida faqatgina jismoniy shaxslar namoyon bo‘lishi mumkin. Beshinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikda aybning mavjudligi, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan ongli, irodali qilmish hisoblanadi. ltinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik jazoga sazovor qilmishdir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10-moddasining 1-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilik hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qilmish tushuniladi. Shunday qilib, ma’muriy huquqbuzarlik deganda — qonun hujjatlariga binoan, ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqaroning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Huquqbuzarlikning barcha xususiyatlari hisobga olinib, shaxsni amaldagi qonunlarga binoan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas, deb hisoblangan taqdirda, bu huquqbuzarlikka nisbatan ma’muriy javobgarlik amalga oshiriladi. Javobgarlikka tortish - huquqbuzarlikning asosiy xususiyatlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10-moddasining 2-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik uchun, agar bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Lekin jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan holatlar mazkur Kodeksda nazarda tutilmagan. Faqatgina, MJTK 271-moddasining 8-bandida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan jinoyaiy ish qo‘zgatilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ishning esa tugatilishi lozimligi belgilangan. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda «huquqbuzarlik» va «nojo‘ya xatti-harakat» terminlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu terminlar mazmuni va xususiyatlari jihatidan o‘xshab ketadi. Lekin huquqbuzarlik keng tushuncha bo‘lib, huquq nazariyasiga binoan, barcha huquqbuzarliklar jinoyat yoki nojo‘ya xatti-harakat sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ma’muriy, intizomiy huquqbuzarliklar ma’muriy, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’muriy huquqbuzarlik o‘z nomi ham g‘ayrihuquqiy xattiharakatdir. Bu qilinishi taqiqlangan narsani sodir etish yoki huquqiy norma bilan buyurilgan narsani qilmaslikdir. Kodeksning ba’zi moddalari muayyan turdagi huquqbuzarliklarga ta’rif berishda giðotezani (dispozitsiyani) va huquqiy norma sanksiyasini o‘z ichiga oladi, lekin ko‘pincha u «qoidalarni buzish...» degan havola qiluvchi ifodani qo‘llaydi (so‘ngra aynan qanday qoidalar haqida gap borayotgani ko‘rsatiladi va sanksiya qo‘llaniladi). O‘zbekiston Respublikasi MJTKda ma’muriy huquqbuzarliklar tajovuz qiladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi atroflicha tavsiflab berilgan. Ularga aholining sog‘lig‘iga, mulkiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi, sanoat, qurilish, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanishdagi, savdo va moliya kabi sohalardagi ma’muriy huquqbuzarliklar kiradi. Qonun chiqaruvchi ma’muriy huquqbuzarliklarga umumiy tavsif berishda ularni jinoyatlardan farqli o‘laroq ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar deb atamagan. Bu bilan huquqbuzarliklarning mazkur ikki turi o‘rtasidagi farktlar qayd etilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida esa javobgarlikning sodir etilgan aybga muvofiqligini ta’minlash va davlat majburlovining haddan tashqari kengayishiga barham berilishi nazarda tutilgan. Ma’lumki, sodir etilgan jinoyatlar uchun sanksiyalar jinoyatga oid qonunchilik hujjatlarida «jazolash» deb atalgan, xususan, «jazo» sifatida tavsiflangan. Ma’muriy huquqda esa «jazolash» va «jazo» atamalari yo‘q va jinoyatlar bilan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun beriladigan sanksiyalar shu bilan sifat jihatidan farq qilishi ta’kidlangan. Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning qonunlarga rioya qilish, umumiy yashash qoidalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, huquqbuzarlarning ham, boshqa shaxslarning ham yangi huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish maqsadida faqat «javobgarlik me’yori» tatbiq etiladi. Binobarin, qonun chiqaruvchi ma’muriy jazo qo‘llash maqsadini aniqlash vaqtida jinoiy jazo maqsadidan farqli o‘laroq, «tuzatish va qayta tarbiyalash» ko‘rsatib o‘tilmaydi, bu ham jinoyat sodir etgan shaxslarga qo‘llaniladigan choralar bilan ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan (bular, odatda, tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj emas) qo‘llaniladigan choralar o‘rtasidagi farqni bildiradi. Biroq, ma’muriy huquqbuzarliklar orasida jinoyatlarga tutashib ketadiganlari va ularga yaqinlari ham bo‘ladi. Ana shu «chegara mintaqasi»ga nisbatan huquqbuzarliklarni to‘g‘ri tasniflash muammosi juda muhim va ayni vaqtda murakkabdir. MJTK Maxsus qismining ko‘pgina moddalaridagi ma’muriy huquqbuzarliklar bilan ularga yaqin jinoyatlar o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Bunday chegara hamisha ham ko‘zga tashlanavermaydi va ular faqat Jinoyat kodeksi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari qiyoslangandagina ko‘zga tashlanadi. Qonun chiqaruvchi chegara chiziqlari sifatida quyidagi belgilardan foydalanadi: og‘ir oqibatlarning mavjudligi, ana shunday qibatlarning ro‘y berishi mumkinligi; huquqbuzarlik yetkazgan zararning miqdori; ma’muriy jazo qo‘llanilgan taqdirda huquqbuzarlikning takrorlanishi yoki bir necha marta sodir bo‘lishi, qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi, ya’ni qasddan ayb ekanini bila turib sodir etilishi jinoyat hisoblanadi (jinoyat belgilari orasida kamdan-kam hollarda foydalaniladi). MJTKning 10-moddasiga ko‘ra ma’muriy hukuqbuzarlik sodir qilganlik uchun qonunchilik hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bu javobgarlik boshqa jinoiy, intizomiy, moddiy va boshqa javobgarlikdan farqli bo‘lgan ma’muriy javobgarlikdir. Chunki hamma uchun majburiy bo‘lgan qoidalarning barchasi ham ma’muriy javobgarlik orqali muhofaza qilinavermasligini hisobga olish kerak. Download 45.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling