Mamzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi


Download 26.71 Kb.
bet3/6
Sana11.01.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1088692
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-MA\'RUZA

O’qitishning tashkiliy shakllari. Informatika o’qitishda ta’lim berishning tashkiliy shakllari alohida o’rinni egallaydi. O’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari tushuniladi.
O’qitishning tashkiliy shakllari o’quvchilar soni, o’qitish joyi va boshqalar bo’yicha tasniflanadi.
O’qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat bo’ladi:
 Frontal (yalpi) - barcha ta’lim oluvchilar bilan bir vaqtda ishlash.
 Kollektiv (jamoaviy) – u frontal va guruhlar bilan ishlashga o’xshash desa ham bo’ladi: (1) kutilayotgan ish rejasining birgalikdagi muhokamasi, (2) vazifalarning taqsimlanishi, hisobot shaklini tanlash, (3) (yakun) xulosalarni muhokama qilish (tartib bilan ayrim ta’lim oluvchilarning fikrlari tinglanadi va muhokama qilinadi), (4) rastional echimini shakllantirish (asta-sekinlik bilan, ko’pchilikning roziligi bilan).
 Guruhli - bitta vazifani birgalikda mini-guruhlarda bajarish.
 Individual - o’quv vazifani individual (yakka tartibda) bajarish.

Har bir aytib o’tilgan tashkiliy shakllarning o’ziga yarasha afzallik va kamchilik taraflari, o’ziga xos xususiyatlari va optimal qo’llanilish sohalari bor, ular ta’lim oluvchilar mustaqilliligining turli darajasini, ta’lim beruvchi tomonidan o’qitish jarayonini boshqarishning turli yo’llarini ta’riflaydi. Ularning tanlovi nimaga asoslangan bo’lishi lozim? Shubhasiz, bu eng avvalo ular bilan ta’lim maqsadi va ta’lim usullarining o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadi.


Informatikani o’qitish shakllari zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv jaryoniga qo’llashga qaratilgan bo’lib, asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo’ladi:
 o’qitishni intensivlashtirish (jadallashtirish);

o’qitishni ko’rgazmali tashkil qilish;


 o’qitishni shaxslantirish;
 o’quvchilarning bilim darajalariga qarab o’qitishni tashkil etish.
Frontal shakl. Ma’ruza tariqasida darslarni olib borish o’qitishning frontal shakllariga misol bo’ladi. O’qitishning tashkiliy shakllarining ko’pligi frontaldir.
Guruhli shakl. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar o’qitishning guruhli shakli o’quvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini ko’rsatmoqda. O’qitishning guruhli shaklida kichik guruhchalarga bo’lib o’qitish alohida ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda o’qitishni tashkil qilishda o’quvchilarni bir-biriga yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni yo’lga qo’yish kerak. O’quvchilar o’rnini noa’anaviy holda bunday joylashtirish guruhchalarda muhokamali masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kichik guruhlardagi o’quvchilar sonini quyidagicha hisobga olish lozim: 3, 4, 7 va boshqa sondagi guruhchalar tashkil qilish kerak. Kichik guruhlardagi o’quvchilarni aylana, to’g’ri to’rtburchak, G va P shakllarda joylashtirish maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda guruh a’zolari tomonidan o’quv masalaning echimini taqdim etishning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:
 Birgalikda – individual: har bir kichik guruh o’z faoliyati natijasini taqdim etadi, echimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi.
 Birgalikda – ketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, muammoning umumiy echimi uchun zarur bo’lgan mustaqil bo’lak bo’lib hisoblanadi.
 Birgalikda – o’zaro aloqadorlikda: tavsiya etilganlardan guruhli echimlarning ma’lum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa uchun umumiy bo’lgan yakuniy fikr ishlab chiqiladi.

Kompyuterlarda amaliy mashg’ulotlar o’tkazish guruh bo’lib ishlashni talab etadi.


Individual shakl. Informatikadan mustaqil ishlar bajarish o’quvchilarning individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllardan biri hisoblanadi.
Informatikadan o’qitish jarayoni jamoaviy, kichik guruhlar va individual shaklida olib borilishi tavsiya etiladi. Jamoaviy ta’lim shaklida o’quvchilar guruhi orasida raqobat muhitini shakllantirish, bir-birining bilimini to’ldirish imkoniyatlari kengayada. Mashg’ulot topshiriqlari asosan yangi mavzu mazmunini ochib beruvchi aloqador fanlarda o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar, mavzulararo uzviylikka yo’naltirilgan bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlash maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda, shuningdek, o’quvchilarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Bir nechta o’quvchilar birgalikda ishlagan paytda, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterlari orasida o’zaro hamkorlik vujudga keladi.
Yakka tartibda esa asosan mustaqil ish mashg’ulotlarini olib borish tavsiya etiladi.
Ta’lim jarayonida o’quv mashg’ulotlari asosan quyidagi turlar bo’yicha tashkil etiladi:
Ma’ruza rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma’lum bir maxsus soha bo’yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda ta’lim oluvchilarga etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash yo’llari bilan tanishtiradi. Nazariy dars asosan maxsus jihozlangan sinfxonalarida o’tkaziladi. Bu sinfxonalarda turli texnik vositalar ishlatilishi mumkin. Ma’ruza:
 umumlashtirilgan shakldagi ilmiy bilimlarga asos soladi;
 ma’ruzalar: axborotli, muammo ma’ruzalari va aralash xillarga bo’linadi;
 ma’ruza talabalarning mustaqil ishlari va amaliy mashg’ulotlariga yo’llanma beradi.


Amaliy, laboratoriya, seminar mashg’ulotlari aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladiki, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko’nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg’ulotlari kasb-hunar ta’limining tarkibiy qismi bo’lib, o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o’quv poligonlarida ish o’rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan holda o’tkaziladi.
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg’ulotlari bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytiradi, aniqlashtiradi, mustahkamlaydi, nazariy bilimlarini miyaga jo qilib, kasb faoliyatining amaliy ko’nikma va malakalariga aylantiradi.
Mustaqil ishlar ma’ruza bilimlarini chuqurlashtirib, kengaytiradi va bilimlarni faollashtirish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun nazariy baza hozirlaydi.
O’quv amaliyoti. Talabalarning olgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini real vaziyatlarda qo’llash orqali ularda malakalarni shakllantirishga qaratilgan mashg’ulotdir.
Kurs ishlari (loyihalari).Fanga oid topshiriq yoqi loyihalarni talabalarga bajartirish orqali ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashg’ulotlar.
Maslahatlar.Talabalarga qo’shimcha mashg’ulotlar yoki maslahatlar tashkil qilish orqali ularda bilim va ko’nikmalarni chuqur o’zlashtirishga qaratilgan mashg’ulotlar.

Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling