Ma'naviy jasorat tushunchasining axloqiy mohiyati


Download 6.34 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi6.34 Kb.
#1548794
  1   2
Bog'liq
MA’naviy jasorat


Ma'naviy jasorat tushunchasining axloqiy mohiyati


Siz qator kitoblar, badiiy va hujjatli kino asarlarida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yonayotgan uydan chaqaloqni olib chiqqan, suvga cho‘kayotgan odamni qutqargan, dushman o‘qiga tik borib, quroldoshlarini o‘limdan asrab qolgan, chegarani yovlardan himoya qilishda o‘zini fido etgan insonlar jasoratiga guvoh bolgansiz. Darhaqiqat, bunday mardlik, jasurlik hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Prezidentimiz o‘zining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobining «Eng buyuk jasorat» deya sarlavha qo‘yilgan so‘nggi qismida yuqorida sanalgan holatlarda ko‘rsatilgan qahramonlik namunalarini shunday e’tirof etadi:


«Ko‘pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko‘rsatish - albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g‘ayrat-shijoat, eng muhimi, o‘ziga, o‘zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bolishi kerak».

Yurtboshimiz so‘zlaridagi «faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda» degan eslatmaga alohida diqqat qilaylik. Demak, bu xildagi qah- ramonliklar ko'proq favqulodda holatlarda, kutilmaganda yuz beradi, hatto o‘sha qahramonlikni sodir etgan kishi nima qilayotganini oxiriga qadar idrok qilishga ham ulgurmasligi mumkin. Agar jazm etgan ishining natijasi, oqibatini oldindan bilganida, bu harakatga balki ayrimlarning yuragi dov bermasligi ham tabiiy edi.
Lekin masalaning boshqa jihati ham bor. Ma’lumki, fav- qulodda vaziyatlar, kutilmagan hodisalar kundalik hayotda kamdan kam ro‘y beradi. Demak, bunday qahramonliklar har kuni emas, balki onda-sonda sodir boladi. Biroq bu degani — o‘sha hayot o‘z-o‘zicha, insonlar faoliyatidan ayri holda davom eta- veradi, degani ham emas. Ya’ni hayotning bu davomiyligi, sobit- ligi, ayniqsa, tinch va farovonligi ko‘plab insonlarning kundalik faoliyati bilan, ko‘zga yarq etib tashlanavermaydigan fidoyi meh- nati, beminnat harakatlari bilan mana shunday mazmun-mohiyat kasb etadi. Yurtboshimiz masalaning mana shu muhim jihatiga e’tiborimizni jalb etib, mulohazalarini quyidagicha davom ettiradi:


«Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoyi bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo‘lar edim».


Guvohi bo‘layotganingizdek, Prezidentimiz faqat favqulodda hodisalar paytida, onda-sonda sodir etiladigan harakatlarni emas, balki butun faoliyatining maqsad-muddaosiga aylanib ketgan fidoyilikni kundalik hayotiy mezon deb biladigan insonlar sa’y-hara- katini chinakam qahramonlik, haqiqiy jasorat deb nomlaydi. Bu qahramonlik, yuqorida aytganimizdek, doim ham odamlar ko‘ziga tushavermaydi, atrofdagilarga sezilmasligi ham mumkin. Biroq mana shu fidoyilik bo’lmasa, uni birovga ko‘z-ko‘z qilmay o‘z hayotida muntazam amalga tatbiq etadigan kishilar bo‘lmasa, na jamiyat, na davlat, na insoniyat rivojlanadi, ravnaq topadi. Maz- kur yuksak mezonlardan kelib chiqib, Yurtboshimiz «Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkiianmasdan, eng buyuk jasorat — bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan boramiz
Download 6.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling