Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda va ta’lim tizimini takomillashtirish masalasi. Oila, maktabgacha bo’lgan tarbiya, umumiy ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim, malaka oshirish tarmoqlari ta’lim tizimining asosi bo’lib, davlat taraqqiyotining har bir bosqichidagi taqdirini belgilab beradi. Bu borada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
a) ta’limning barcha sohalarini birlashtiruvchi, milliy xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi, jahon mamlakatlarining ilg’or tajribalarini umumlashtiruvchi davlat milliy kontseptsiyasini, ya’ni kadrlar tayyorlash milliy dasturini oxirigacha amalga oshirish;
b) shu maqsadga tegishli me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, unda belgilangan vazifalarni tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilishni yanada yaxshilash;
v) ta’lim tizimida ishlayotgan o’qituvchilarning malakalarini zamon talabi darajasiga ko’tarish, ularni o’z kasbining fidoyisiga aylantirish, o’qituvchilik kasbining nufuzini ko’tarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |