Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni boshqarishda tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish metodlari
Download 0.54 Mb.
|
4 Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni boshqarishda tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish metodlari 4-MAVZU
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni boshqarishda tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish metodlariREJA:1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sssenariysining moxiyati, ssenariy turlari. 2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil kilishda senariydan foydalana olish metodlari. 3.Xujjatli materiallarni tuplash. Badiiy materiallarni tuplash. 4.Ta’sirchan vositalarni tanlash ssenariy janrini aniklash, ssenariy syujeti ustida ishlash. Turli xil sahnaviy usullardan foydalanish. Ma’naviyatni targ’ib etish–jamiyat kelajagini mustahkamlash. Har bir jamiyatda ma’naviyatning mohiyatini chuqur anglash muvafaqqiyat garovidir. Chunki ma’naviyat-insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlar majmui, insonning zohiriy va botiniy qiyofasi. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko’nikmalar, odatlar tizimidir. Ma’naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga etaklovchi, undovchi imkoniyat. Ma’naviyat va ma’rifat davlatning ichki hayotidagi muammolarni hal qilishning muhim omili bo’lishi bilan birga, u davlatning xalqaro hayotdagi obro’ –e’tiborini oshiradi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini va barqaror taraqqiy etayotganligini tasdiqlaydi. Bu o’z navbatida davlatning xalqaro hayotda harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek “agarki biz o’zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak ularga (yoshlarga M.L) otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak. Ma’naviyat – shaxsning ruhiy hayot tajribasi, ruhiy olamini, dunyoqarashini, aqliy salohiyatini o’zida mujassamlashtiradi. U shaxsning va millatning o’zligini anglashi, milliy g’urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an’analariga xayrixohlik, diyonat, mehr-shafqat, poklik, halollik, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o’z ichiga oladi. . Ma’naviyat yo’li – bosqichma-bosqich o’tiladigan yo’l. Inson aqlini tanigandan boshlab, tafakkur, axloq va ma’rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma’naviyati, uning rivoji ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotning natijasi hisoblanadi. Jamiyat asta-sekin rivojlanib borgan sari inson ma’naviyati ham tarkibiy jihatdan mukammallashib borgan. Ma’naviyatning eng qadimgi asoslarini axloqiy, diniy va badiiy qarashlar tashkil qiladi. Davlatning yuzaga kelishi bilan ma’naviyat ning siyosiy, falsafiy va ilmiy shakllari yuzaga kelgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling