Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi


Download 15.28 Kb.
Sana06.06.2020
Hajmi15.28 Kb.
#115741
Bog'liq
O’risheva Qunduz bot17.1


„Kelajak bugundan boshlanadi, — degan edi O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida, — hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi“.

Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi.Ha, bu ulkan ishda bolalar adabiyotining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.Kattalar adabiyoti kabi bolalar adabiyoti ham o‘z oldiga bolalarning yoshi, saviyasiga qarab muhim ta’lim va tarbiyaviymasalalarni qo‘yadi. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga to‘g‘ri kelishidan tashqari kichkintoylarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi zarur.

Bolalar adabiyoti pedagogika bilan mustahkam bog‘langandir. Bu ikki fanning ham maqsad va vazifasi bir: yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berib, ularnida vrimizning munosib farzandlari qilib yetishtirishdir. Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan yosh avlodning ongi, xarakteri va irodasini o‘stirib, chiniqtirishda, ularni

vatanparvar va mehnatsevar kishilar qilib tarbiyalashda xalqqa, mustaqil davlatimizga katta yordam berishlari kerak.

Mustaqil O‘zbekistonimiz oldida juda ko‘p masalalar bilan bir qatorda ham jismoniy, ham aqliy jihatdan chiniqqan, ma’naviy yetuk, hayotning turli sohalarida faollik bilan ish olib borishga qodir o‘qimishli kishilarnivoyaga yetkazishdek buyuk ishlar turadi. O‘z navbatida,bunday ulkan vazifalar bolalar adabiyoti oldiga ham yuksak

talablar qo‘yadi. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarning ongi va shuuriga kuchli ta’sir ko‘rsata oladi. Shu sababli bunday kitoblar tarbiyaviy nuqtayi nazardan alohida

ahamiyatga egadir.Folklor asarlarini tinglab voyaga yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so‘zlari...Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar.

Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat,do‘stlik va o‘rtoqlikning ilk tuyg‘ulari, yaxshilikka nisbatan uyg‘ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash — bularning bari bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim.

Har bir kishi, folklorda zikr etilganidek, eng baxtiyor va betashvish bolalik yillarida taxminan quyidagi qobiliyatlarni egallab olgan bo‘lishi lozim. Ya’ni o‘ynab va sho‘xlik qila turib, u: nima yaxshi-yu nima yomonligini, narsalar dunyosini, hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini anglab boradi. Buning ustiga dunyoni bilish shunchaki yuzaki bir kuzatuv emas: kecha u yomg‘irning nimaligini bilmas edi, bugun esa ertalab uni ko‘rdi-yu, ayni paytda dunyoda tarnovlar bo‘lishini, chumchuqlar sovuqda xurpayib, yum-yumaloq bo‘lib olishini ham bilib oldi. Bu ertalabki kashfiyotlar edi, tushga borib esa u mushukchani qo‘rqitib yuborsa, yunglari xurpayib, ko‘zlari yashil rangda chaqnab ketishini ham birinchi bor ko‘rdi.

Darhaqiqat, bolalarning o‘yinlariga, chizgan rasmlariga astoydil razm soling, gaplarini tinglang. Shunda siz ularning olamni naqadar yorqin, aqlga sig‘mas darajada mo‘jizakor bir tarzda ko‘ra bilishlarini payqaysiz. Ular o‘zlarining sezgirliklari tufayli, hatto qo‘rqinchli ertaklarning ham qandaydir qiziq joylarini ilib oladilar, kundalik voqealarning esa kattalar sezmay qoladigan muhim jihatlarini ko‘ra biladilar.

Mana shu musaffo tuyg‘ulari uchun ham kishilar bolalikni sevadilar va uni butun umr mamnuniyat bilan xotirlab yuradilar. Betashvish bo‘lgani uchun emas, musaffo tuyg‘ulari uchun sevadilar uni.

Shu boisdan kattalar bolalarni quvonchdan mahrum etmasliklari, ularning yangilikka boy bo‘lgan va doimo o‘zgarib turuvchi hayotdan olgan taassurotlarini, his-hayajonga to‘la hayratli tuyg‘ularini toptamasliklari kerak. Har birimiz ham bolalikda kunlarning uzoqligi, har bir kunning voqealarga boy o‘tgani, tushda osmonda uchib yurish naqadar yoqimliligi, oddiygina uyning shifti ham naqadar baland, hovli oldidagi bog‘ juda katta, huv naridagi o‘tloqzor esa, qanchalar sirli tuyulganini eslashni istaymiz.

Lekin quyoshdan taraladigan chinakam nur — yog‘duni hammamiz ham yaxshi xotirlay olamizmi? Yangi o‘yinchoq, yangi kitobchalarning yoqimli hidini qay birimiz aniq eslaymiz? Oddiy hodisalar ham qanchalar tantanavor va muhim bo‘lib tuyulgani va qachonlardir yuz bergan olis voqealar xuddi kechagidek xotiraga mahkam o‘rnashib qolganini-chi? Hamma yoqdan moychechak gulining o‘tkir isi keladigan oppoq, tebranib turuvchi dalalar-chi? Shunda to‘satdan uzoqda ko‘ringan ona... Uning ovozi... Har tomonga go‘yo uzun-uzun oltinrang chiziqchalarsimon quvnoq nur taratayotgan saxiy quyosh-chi?

Ularni kattalar sira ko‘rmaydilar, bolalar esa ko‘radilar. Negaki ular o‘zlari tinglagan ertaklarida bunday ajoyib-g‘aroyib voqea-hodisalarni ko‘p bor eshitishgan. Hatto rasmini ham chizganlar.

Bolalar chizgan rasmning bo‘yog‘i juda tiniq bo‘lishi ham bejiz emas. Bolalik paytida yaxshilik bilan yomonlik ham manashunday aniq ko‘rinadi. Bolalikda yo sevishadi, yoki nafratlanishadi, bolalar xatti-harakatlarining o‘rtamiyonasi ham bo‘lmay, faqat yo yaxshi, yoki yomon bo‘lishi mumkin.Ularda hayot tajribasi, bilimi hali yetarli emas-u, ammo chiroyli va xunukni, samimiyat va soxtalikni his etish tuy-

g‘ulari nihoyatda o‘tkir bo‘ladi.



Тevarak-olamni mana shunday tiyraklik bilan his etgan odamlar tufayligina biz musiqa eshitib, yaxshi kitoblarni o‘qib,chinakam san’at asarlarini ko‘rib, cheksiz huzur-halovat olamiz. Ular ohanglar, so‘zlar, ranglar vositasida dunyoning nafosati-yu, uning donishmandligini bizga yaqqol ko‘rsatib beradilar, chunki iste’dodning o‘zi aslida bolalik ta’sirchanligidan, oddiy narsadan go‘zallik topa bilish hislatidan boshlanadi, bu xislat esa hayotiy tajriba va ma’naviy yetuklik tufayli boyib boradi.
Download 15.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling