Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati Reja


Diniy qadriyatlarimiz inson faoliyatini oqilona boshqarish


Download 288.38 Kb.
bet8/43
Sana18.06.2023
Hajmi288.38 Kb.
#1589868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati

Diniy qadriyatlarimiz inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, insonparvarlik, halollik, diyonatlilik, insoflilik, mehr-shafqatlilik kabi ko‘plab insoniy fazilatlarni inson qalbi va ruhiyatida qaror toptirishga yo‘g‘rilgan. Ularning har biri inson qalbida chuqur tomir otgan, ruhiyatini harakatga keltiradigan ma’naviyatdir.
Inson tug‘ilganidan so‘nggi nafasigacha an’analar, urf-odatlar, bayramlar qurshovida hayot kechiradi. Ular esa kechagi avlodlardan bugungi, bugungi avlodlardan ertangi avlodlarga ma’naviy meros bo‘lib o‘tib ma’naviy kamolot sari eltadi. Urf-odat, an’analar bugungi avlodni ajdodlar tajribasi bilan tanishtiradi, ularda o‘z burchi vazifalariga mas’uliyat bilan qarash fazilatlarni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
Sharq xalqlarining, xususan o‘zbek xalqining qadimiy bayramlaridan biri “Navro‘z” asrlar silsilasidan o‘tib kelib, bugungi mustaqillik kunlarida yangicha mazmun kashf etgan holda xalqimiz ma’naviyatini boyitishda, yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. U xalqimiz tomonidan uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat, muruvvat va sahovat ramzi sifatida yuksak qadrlanadi. Navro‘z bayrami kunlari yoshu qari, har qaysi inson o‘zini mo‘‘jizakor tabiatining uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-avaylab, u bilan ham ohang bo‘lib, mustaqilligimizning har bir osuda kunining qadriga etib yashash kerakligini yana bir bor idrok etib qalbidan o‘tkazadi.
Navro‘z ayyomi arafasida mahallalar, ko‘chalar, aholi turar joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi, mevali, manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tkaziladi. Bayram kunlari esa etim-esir, beva-bechora, xasta va muxtoj kishilarga mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatiladi, qariyalarimizning duosi olinadi. Bunday insoniy qadriyatlar yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi.
Mustaqilligimiz yillari qadimiy an’ana va urf-odatlarimizni tiklash, ularni yangi mazmun bilan boyitish bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi-»Umid nihollari», «Barkamol avlod», Universiada kabi ommaviy sport o‘yinlarini, san’atda SHarq taronalarini muntazam suratda o‘tkazish an’anaga aylanib qoldiki, bular yoshlarimizni jismonan chiniqtirish, sog‘lom o‘sib ulg‘ayishiga yordam berishi bilan birga, ular ongi va dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ma’naviy komillikka erishishlarida muhim rol o‘ynamoqda. SHu bilan birga Mustaqillik kuni, xotira va qadrlash kuni, Ustoz va murabbiylar kunlarining xalqimiz tomonidan umumxalq bayrami sifatida qadr topgani va nishonlanib kelinayotgani ham yoshlarimizda vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislat va fazilatlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Download 288.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling