Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati Reja


Download 288.38 Kb.
bet11/43
Sana18.06.2023
Hajmi288.38 Kb.
#1589868
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati

Bu tamoyillar quyidagilar:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo’lishi kerak va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli bo’lishi;
ikkinchidan, davlat asosiy islohotchi bo’lishi;
uchinchidan, qonun va qonunlarga rioya qilishning hamma narsadan ustunligi;
to’rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat;
beshinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Yuqoridagi besh tamoyilni qisqa izohlaydigan bo’lsak, ular qo’yidagilarni anglatadi:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga buysundirilganda, u barbod bo’ladi. Buni Sho’rolar misolida ko’rishimiz mumkin. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilishi, unga tazyiq o’tkazish darajasiga ko’tarilmasligi kerak. qam ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar har qanday mafkuradan xoli bo’lishi lozim. Bozorning qoidasi shunday: kimning mahsuloti yaxshiroq va arzonroq bo’lsa, o’sha maxsulotga talab hammadan ko’ra ko’proq bo’ladi. Bu erda hech qanday siyosat yoki mafkura o’z ta'sirini o’tkaza olmaydi.
Ikkinchidan, Islom Karimovning «Davlat asosiy islohotchi bo’lishi zarur. U islohotlarning ustivor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchil amalga oshirishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlarning qarshiligini bartaraf etishi shart»- degan fikri o’ta ahamiyatlidir. Mustaqil O’zbekiston boshqariladigan ma'rifatli bozor iqtisodiyotiga o’tayotir. Unga faqat davlatning boshqaruvchilik kuchiga tayanib o’tish mumkin.
Uchinchidan, Islom Karimov o’zining «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» risolasida hammaning qonunga itoatkor bo’lishi, qonunning hamma narsadan ustun turishini ta'kidlab o’tgan. Biz demokratik jamiyat sari borar ekanmiz, u erda qonun ustivorligini unutmasligimiz, qonun oldida hamma teng, uni buzishga hech kim haqli emasligini bilishimiz lozim.
Qonunning ustivorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan ham kelib chiqadi.
Ma'rifiy dunyodagi bozor - bu eng avvalo qonunga hurmat demakdir.

Download 288.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling