Ma’naviyat kategoriyalari


Download 2.72 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi2.72 Kb.
#1798581
Bog'liq
Ma’naviyat kate-WPS Office


Ma’naviyat kategoriyalari
Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etadigan ma’naviy mezonlar va tamoyillarni, shu sohaga xos narsa va hodisalar, voqea va jarayonlarni aks ettiradigan eng muhim va umumiy tushunchalar tizimi. Bu tushunchalar ma’naviyatning mazmun-mohiyatini, uning boshqa sohalardan farqini, o‘ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lish shakllarini yaqqol ifodalaydi. Ular shu sohadagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida jihatlarini emas, balki umuman insonning ma’naviy va ruhiy olamiga, g‘oya, axloq, ma’rifat, madaniyat, din va boshqaga xos umumiy belgilar, aloqalar va munosabatlarni ham aks ettiradi. Ma’naviyat kategoriyalari ma’naviy hayotni chuqur va mukammal ifodalashi, uning barcha sohalarida amal qilishi bilan bu boradagi oddiy tushunchalardan farq qiladi. Shu tufayli ushbu sohaga aloqador har bir aniq tushunchaning xususiyati va belgilarini anglashda ma’naviyat kategoriyalariga asos va mezon sifatida murojaat etiladi
Kategoriyalarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunish va ularni tasniflash, har bir fan, qolaversa, insoniyat hayoti va ijtimoiy tafakkur rivoji uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, kategoriyalarni tarixda birinchi bo‘lib, Aristotel ta’riflab bergan va bu ijtimoiy fikr taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategoriya va tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Bu masalaga ko‘plab mutafakkirlar va atoqli faylasuflar ham katta ahamiyat berganlar. Masalan, Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida insonga xos xislat va va fazilatlarni “Yaxshi xulqlar” va “Yomon xulqlar”ga ajratgan, ularni milliy pedogogika nuqtai nazaridan tavsiflagan. Ammo ma’naviyatshunoslik hozirgacha alohida fanga aylanmagani uchun unga xos qonun va kategoriyalar, tushuncha va tamoyillar umumiy tizimga keltirilmagan edi.
Download 2.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling