Ma’naviyat, uning jamiyat taraqiyotida va barkamol avlod inson tarbiyasida tutgan o‘rni


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 340.52 Kb.
bet16/43
Sana09.02.2023
Hajmi340.52 Kb.
#1182966
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Axloqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?


2. Milliy qadriyatlar majmuasi nimalardan iborat?
3. Ona tilimiz milliy qadriyat darajasidami?.
4. Milliy urf – odatlarimizdan qaysilarini bilasiz va uning sizning ma‘naviy qarashlaringizdagi o’rni?
5. Tarixiy xotira, xotiranavislikning o’tmishni va o’zlikni anglashdagi ahamiyati qanday?

3-MAVZU: Ma’naviyatshunoslikning kategoriyalari rivojlanish qonuniyatlari
REJA:

1.Ma’naviyatning asosiy qonun va kategoriyalari.


2. Ma’naviy me’ros ma’naviyat rivojlanishining asosi. Qadriyat tushunchasi. “Millat”, “elat” etnos tushunchalari.
3. Hozirgi dunyoda inson ma’naviyatini yuksaltirishning obyektiv va subyektiv omillari. “Egosentrizm”, “klonlashtirish”, “Terrorizm”, odam savdosi, noqonuniy migratsiya ma’naviy qashshoqlik hodisalari.


Tayanch so’z va tushunchalar:
Ma'naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratuvchi ijtimoiy hodisa; ma'naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmui; ma'naviyat insonning zot belgisi; ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy nur; ma'naviyat insonning ichki, botiniy dunyosi. Aqliy zakovot va ruhiy-ma'naviy salohiyat – ma'rifatli insonning ikki qanoti. Olim bo’lma - odam bo’l. Kuch bilim va tafakkurda.
Ma'naviy yuksalishga jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta'sir ko‘rsatadi, ma'naviyatda ular o‘ziga xos tarzda voqye bo‘ladi. Jamiyat rivojlanishidan avvalo universal, dialektik qonunlar asosida kechadi. Bular qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va inkorni inkor qonunlaridir. Ular jamiyat hayotida, jumladan ma'naviy hayotda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatda savodli, o‘qimishli kishilarning ko‘payishi, aholi tarkibida sezilarli miqdorni tashkil etish ijtimoiy ishlab chiqarishni, yangi texnologiyalar bilan boyitib, xalq turmush tarzi, dunyoqarashi va ma'naviy madaniyati, ilm-fani, adabiyoti va san'ati rivojlanishini yangi sifat bosqichiga ko‘taradi. Aholining yoppa savodxon bo‘lishi yana yangi sifatga olib keladi. XIX asr boshlariga nisbatan XX asr boshlarida o‘zbeklar orasida savodli va o‘qimishli kishilar soni sezilarli ko‘paydi. Natijada jadid ma'rifatparvarligi shakllandi, milliy matbuot, teatr adabiyotda dramaturgiya, roman, qissa janrlari va h.k. shakllandi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab mustamlakachilikdan qutilishga urinish bo‘lsa, uning ma'naviy-intellektual negizi va harakatlantiruvchi kuchi xalqning o‘zligini anglashi, savodxonligining yuqoriligi edi. Milliy ma'naviyatimiz XX asr boshlarida yangi sifat kasb etdi. XXI boshlarida mustaqillik va xalqimizning yalpi savodxonligi sharoitida milliy o‘zlikni anglash darajasi milliy va ma'naviyatimiz yana yangi sifatlarga ko‘tarildi.
Dialektikaning boshqa qonunlari bo‘yicha ham tarli-tuman misollar keltirish mumkin. Masalan, sovet davrida milliy ma'naviyatlardan diniy qarashlar va diniy madaniyatni siqib chiqarishga ko‘p urinildi. Diniy qadriyalar inkor qilindi. Sovet davrigacha milliy ma'naviyatda diniy qadriyatlar katta o‘rin tutgan edi. Mustaqillik tufayli endi sovet davri ma'naviyati inkor inkorni inkor qilindi. Lekin sovet davrigacha va sovet davridagi milliy ma'naviyatimizning yaxshi jihatlari sintez qilindi. Bu diniy bag‘rikenglida ham o‘z ifodasini topdi. Taraqqitning dialektik qonunlaridan tashqari boshqa universal qonunlari ham bor. Narsa, predmet, hodisa va jarayonlarning oddiylikdan (soddalikdan) murakkablikka qarab rivoojlanishi, vorisiylik qonuni va h.k. ular ham o‘ziga xos tarzda jamiyat va ma'naviyat rivojlanishida yuzaga chiqadi. Masalan, ibtidoiy jamiyat va uning ma'naviyati quldorlik jamiyati va uning ma'naviyatiga nisbatan tuzilmasi va mazmuniga ko‘ra ancha qashshoq, oddiy, sodda va jo‘n. O‘z navbatida quldorlik jamiyati va ma'naviyati feodal jamiyat va uning ma'naviyatiga nisbatan xuddi shunday. Jamiyat rivojlangani sayin uning tuzilmalari, institutlari, madaniyati, ma'naviyati rang-baranglashib, murakkablashib boyib borgan.
Vorisiylik qonuni umumtaraqqiyot qonunidir. Aslida uni yuqorida qayd etilgan dialektika qonunlarining o‘ziga xos tarzdagi ko‘rinishlaridir, deya talqin qilish mumkin. Jonli organizmlarda irsiyat belgilarining saqlanishi, materiya va energiyaning yo‘q bo‘lib ketmasdan, bir turdan (shakldan) ikkinchi turga aylanishi tabiatdagi vorisiylik bo‘lsa, avlodlarning bir biridan o‘rganishi, har bir avlodning insoniyat shu paytgacha erishgan barcha yutuqlarni tayyor holda qabul qilib olishi, qaytadan g‘ildirakni kashf etmasligi, mavjud yutuqlarni boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi vorisiylik qonunniing jamiyat hayotida va ma'naviyatida yuzaga chiqishidir.
Yuqoridagilardan tashqari, jamiyatning faqat o‘ziga xos iqtisoiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa qonunlari bor. Ular ham ma'naviyatda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masan, iqtisodiy raqobat odamlarning ongiga tafakkuriga, kayfiyatiga, jamiyatga munosabatida , o‘zaro aloqalarga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, turli g‘oyalarni, ular o‘rtasida bahs va kurashlarni, o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlarni shakllantiradi. Jamiyat a'zolari iqtisodiy, siyosiy, boshqa ijtimoiy manfaatlaridan kelib chiqib turli partiyalar, uyushmalar, tashkilotlar tuzadi Albatta, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlaridan tashqari, ma'naviyatning faqat o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar ham bor. Biz ma'naviy yuksalishning xususiyatlarini hisobga olib uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ma'naviy ehtiyojlarning muttasil o‘sib borish qonuni;
2.Ma'naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni;
3.Ma'naviyat rivojlanishining ilmiy-falsafiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, estetik, axloqiy ong va munosabatlar rivojlanish darajasiga bog‘liqlik qonuni.
Insonning birlamchi moddiy ehtiyojlarining qondirilishi unda ruhoniy, ma'naviy ehtiyojlarni o‘yg‘otadi. Qorni to‘q, xavf-xatardan xoli inson qo‘shiq aytgisi, raqsga tushgisi, xursandchilik qilgisi, biror narsa o‘ylab topgisi, yaratgisi keladi. O‘z navbatida mazkur ehtiyojlarning qondirilishi, ularning yanada sifatliroq, yanada mukammalroq, yanada mazmunliroq bo‘lishiga nisbatan yangi ehtiyoj tug‘diradi. Inson ehtiyojlari, jumladan ma'naviy ehtiyojlari uzluksiz yuksaladigan mavjudotdir. Bu ijtimoiy taraqqiyot, jumladan ma'naviyat rivojlanishi qonunidir. Hayvonot olamida biologik ehtiyojlardan tashqari ehtiyojlar deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning «ishqiy» o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik ehtiyoj doirasidan chiqadi, deyishga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi, natijada biologik organizm tabiatga moslashadi, xolos. Birinchi mavzuda ta'kidlanganidek, insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham, ma'naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan yangi ehtiyojlarni tug‘diradi,
Yanada mukammalroq, yaxshiroq, go‘zalroq buyumni yoki san'at asarini yaratishga intilish, yanada chuqurroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnik asbob-uskunalarni, kompyuterlarni, mashinalar, mexanizmlar va texnologiyalarni ixtiro etishga harakat, turmush darajasini yanada ko‘tarish va farovon qilishga urinish insonning asl insoniy xususiyatidir, ob'ektiv ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir. Inson hyech bir vaqt o‘zining holati bilan qoniqmaydi (gap alohida shaxsning maishiy ahvoli, mansabi va sh.k. haqida emas, insoniyatning tarixiy jarayondagi ahvoli haqida ketmoqda), u doimo o‘z mavjudlik holatini takomillashtirishga harakat qiladi. Hayvonda takomillashish mo‘ljali yo‘q. U o‘z mavjudlik holatini anglay olmaydi, uni takomillashtirishga harakat qilmaydi.Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holat bilan qoniqmaslik yotadi. Vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish, yangi kuch, g‘ayrat to‘plash uchun, rivojlanish zaminini tayyorlash uchun insonga iroda - ongli tanlash, chidam, sabr-toqat kerak. Sabru toqatni o‘z ijtimoiy holatidan qoniqish bilan chalkashtirmaslik kerak. Sabru toqat rivojlanish jarayonining diskret va vaqtinchalik shakli, mukammallikka intilish, ehtiyojlar yuksalishi esa doimiy holatidir.O‘z ijtimoiy holati, erishgan darajasi bilan qoniqmaslik tufayli yangi ehtiyojlarning tug‘ilishi ijtimoiy taraqqiyotning, shu jumladan ma'naviy rivojlanishning asosida yotadi. O‘z holati va erishgan darajasi bilan qoniqish yangi, yanada yuksakroq ehtiyojlarni vujudga keltirmaydi, natijada ma'naviyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi. Sog‘lom moddiy ehtiyojlar yuksalmas ekan, oqibatda ma'naviy ehtiyojlar ham yuksalmaydi. Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, o‘z qobiliyatlarini voqye qilishga, ijod qilishga urinishlari uning ma'naviy ehtiyojlaridir.Lekin ehtiyojlarni mavhum baholash yaramaydi. Ehtiyojlar sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Insonning erkin kamolotiga xizmat qiladigan, undagi ijobiy qobiliyatlarni, fazilatlarni boyitadigan, rivojlantiradigan ehtiyojlar sog‘lom ehtiyojlardir. Aksincha, nafsning kuchayishiga, molparastlikka, shahvatparastlikka, mansabparastlikka, insondagi salbiy qobiliyatlarning kuchayishiga xizmat qiladigan ehtiyojlar nosog‘lom ehtiyojlardir. Ular inson ma'naviyatining qashshoqlanishiga, uning o‘z nafsi va hirsining quliga aylanib, shaxsning yemirilishiga olib keladi. Insonda sog‘lom ehtiyojlarning shakllanishiga, o‘z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, uning asl insoniy mavjudligini ta'minlashga xizmat qiladigan aqliy va hissiy muhit, falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlar, me'yorlar, ideallar hamda ijodiy faoliyatning o‘zaro mushtarakligi – shaxs ma'naviyatidir.Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar; An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar;
Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar;Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar.
Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.
Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida: 1) umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi.Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, Keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig’shshisini aks ettiradi.Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi uning tuyg’usida ham aks etadi. Milliy tuyg’u – tabiiy tuyg’udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o’z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish kiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib etayapmiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlari bilan birga milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.Bundan tashqari, har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlarni qandaydir o’zgarmas hodisa deb qaramaslik kerak. Milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo’nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani mamlakatlar va xalqlarda rivojlantirishda ko’rinadi.Umuminsoniy qadriyatlar jahon tsivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligini ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir.Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatdan, Umumiy jahon tsivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog’lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, xamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma’naviy xalqlar, millatlar, elatlar, urug’lar va kabilalar tarixi, taqdirlarining o’zaro bog’lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.Umuminsoniy qadriyatdar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihatsalomatligini ta’minlash, oziq-ovqat, energiya va yonilg’i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, tsivilizatsiyani esonomon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo’l ko’ymaslik, tinchlikni saqlab qolish — bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo’lmay, bashariyatning mulkidir.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi.Umuminsoniy qadriyatlar kishilarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvurlari, taffakkurlari, kelajak orzu-istaklari, e’tiqodlari, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, hayotda sayqal topgan ma’naviy boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositalaridan hisoblanadi. Qolaversa, bunday qadriyatlar tarixiy taraqqiyotda hayotda sinalgan, jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir.Umuminsoniy qadriyat hayot uchun qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga ilm-fan, falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot, me’morchilik, san’at asarlari, kashfiyot, ixtirolar, ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy me’yorlar kiradi.Umuminsoniy qadriyat o’z ijobiy ahamiyatini yo’qotmaydi. Inson ozodligi, Vatan, inson salomatligi, intellektual va aqliy mulklar, vaqt, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalash imkoniyatlari, adolat, mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik, tinchtotuvlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, ota-onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxo’rlik, vijdon, burch baynalminachlik kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.Xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shadigan hissasidadir. Ayni chog’da boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo’yish, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo’rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqning ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o’rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning shartlaridan biridir.Demak, umuminsoniy qadriyatlarni mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:Inson va insoniyat — eng oliy qadriyatlardir. Insoniyatning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan tabiiy imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat mahsulotlarining birligi moddiy hayot qadriyatlari .Jamiyat hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalar (oila, millat, sinf, davlat) majburiy ijtimoiy hayot qadriyatlari tushunchasida ifodalanadi.Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, axloqiy, estetik g’oya va ideayalar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.Xalqimizning yaxshi an’na, udumlari, mehnatsevarlik, halollik, mehmondo’stlik, yaxshi qo’ni-qo’shnichilik, katta va kichiklar, farzandlar va ota-ona o’rtasidagi hurmat singari ajoyib insoniy xislatlar qayta tiklanmoqda. Ming yillar mobaynida shakllangan ma’naviy va milliy qadriyatlar hozirgi davrda yaratilgan ma’naviy boyliklar bilan qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko’maklashadi.Shunga ko’ra xalqimizning buyuk farzandlari xotirasini abadiylashtirish, ularning qadr-qimmatini tiklash, tavalludlarini tantanali ravishda o’tkazishda respublikamizda keyingi vaqtlarda ko’p xayrli ishlar qilanayotganligini e’tirof etmoq lozim.Mamlakatimizda inson qadrini e’zozlash, uning obro’-e’tiborini tiklashda mintaqamizdagi shaharlar, tumanlar, xo’jaliklar, maktablar, ko’chalarga xalqimizning ulug’ farzandlari nomlarining berilishi tarbiyaviy ahamiyat kasb etayotganligini ham unutmaslik zarur. Lekin bunday ishlar shoshma-shosharlik bilan emas, balki oqilona hal qilinishi lozim. Bizningcha, al-Xorazmiy, Amir Temur, Navoiy, Bobur kabi buyuk insonlarning muborak nomlari yirik ilmiy markazlar, mashhur universitetlar, harbiy o’quv bilimgohlariga berilsa, tarixiy haqiqatga mos tushgan bo’lardi.Millat endigina oyoqqa turadigan va milliy davlatchilik qaror topayotgan bosqichda ijobiy ma’nodagi millatchilik birlashtiruvchi, uyushtiruvchi vazifani o’taydi. «Millatchilik» siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo’nalish kasb etadi. Davlat va millat xavfsizligiga, mintaqaviy va keng ko’lamdagi xavfsizlikka, kuchli tahdidga aylanib ketishi ham mumkin. Millatchilik O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo munosabatlarga xavf solishi ehtimoldan holi emas. U Markaziy Osiyodagi respublikalarning xududiy-ma’muriy chegaralarini vujudga keltirish sohasida Roesiya imperiyasi olib borgan va Sovet hokimiyati davom ettirgan siyosat oqibatlariga borib takalishini unutmaslik lozim. Chor Rossiyasi, so’ngra esa Sovet davlatining aniq maqsadga qaratilgan migratsiya siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi. O’zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida ham etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yuz bermoqda. Hozirgi kunda anchagina o’zbeklar O’zbekistondan tashqarida yashamoqda. Masalan, Tojikistonda jami aholining 24,4 foizini, Qirg’izistonda — 13,8 foizini. Turkmanistonda — 9,0, Qozog’istonda — 2,5 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o’rtasida chuqur va har tomonlama aloqalar o’rnatish, «Turkiston — umumiy uyimiz» g’oyasiga asoslangan o’zaro munosabatlarga e’tibor bermoq zarur. Milliy munosabatlar hamisha dolzarb masala hisoblanadi. Agar milliy masala to’g’ri hal qilinmasa, jamiyat 2 tomonlama zarar ko’radi:
1) mamlakat ichida millatlar o’rtasida kelishmovchilik, nizolar chiqib turadi, bu esa iqtisodiy rivojlanishga ham, ma’naviy yuksalishga ham salbiy ta’sir qiladi;
2) mamlakatning chet el davlatlari bilan bo’ladigan munosabatlariga rahna tushadi.
Madaniy ma’rifiy sohada G’arb va Sharqning o’ziga xos qiyofalari borligini ko’p mutafakkirlar e’tirof etgan. Xususan, Abu Ali ibn Sino o’zining «Sharq falsafasi» asarida olimlarni «g’arbchilar» va «sharqchilar»ga ajratar ekan, ba’zi kishilarning falsafiy yo’nalishda yunon falsafasiga yopishib olish holatlarini johilliklari, aqllarining zaifligi oqibati deb baholagan edi. Ulug’ hind mutafakkiri Sevami Vivekanada: «Evropa ovozi — siyosat ovozidir va bu borada uning ustozi qadimgi Yunonistondir» deydi. Sharq ovozi — ruhiyat va ma’naviy ovozdir — barcha payg’ambarlarning butun hayot faoliyatlari Ruhni targ’ib qilishga qaratilgan.Kommunistik mafkura qurboni bo’lgan rus sharqshunos va ruhiyatshunos olimasi E.P.Blavatskaya shunday degan: «Sharq tarbiyasi an’anasining asosida birdamlik va uyg’unlik falsafasi yotadi. Sharqda ustoz o’z shogirlariga «bir ko’lning barmoqlari singari» birdam va uyg’un bo’lish ruhini singdiradi. Yana mafkuraviy tazyiqqa uchragan rus sharqshunos olimlaridan biri S.F.Oldenburg fikricha: «G’arb moddiy madaniyat borasida tuban va ayanchlidir». Insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati G’arb tsivilizatsiyasi va Sharq ma’naviyatining qo’shilishi asosisda yaratilgandir.G’arbchilik ruhida sho’ro fani ilmiylikka emas, balki mafkuraviylikka asoslangan edi. Qadimgi Sharq deganda Evropa ko’prok muloqotda bo’lgan Misr, Ossuriya, Bobil va G’arbiy Osiyo tushunilar va faqat ularning tarixi bilan cheklanilar edi.Umuminsoniy qadriyatlar negizida 2 ta kontseptsiya turadi. Bular — Evropamarkazchilik kontseptsiyasi va Osiyomarkazchilik kontsepiiyasi oqimlarilir.Tsivilizatsiya va umuman madaniyat rivojlanishidagi murakkab, uzoq va qarama-qarshi kurash shunga olib keldiki, turli irqchilik nazariyalari, mustamlachilik mafkurasi va siyosati yuzaga kelishi bilan go’yoki G’arb ilg’or, uyg’un rivojlanuvchi, taraqqiy etuvchi sifatida, Sharq esa sustkash, dangasa, an’analarga yopishib olgan tarzda qaralib, G’arb bilan Sharq bir-biriga qarama-qarshi qilib ko’yilgan edi. Bu narsa, jumladan, fanda ham ko’zga tashlanadi. Shunday tadqiqotlarning «asosi» sifatida turli sabablarni bichib-to’qib chiqarishdan ham tap tortilmagan: Chunonchi, G’arb kishisining miyasi va tafakkur tarzi Sharq kishisining miyasi va tafakkur tarzidan mutlaqo boshqacha, ya’ni ustun ekanligi ta’kidlanadi. Sharqda ham darhol buning aksini isbotlashga kirishib ketildi, ya’ni sharqliklar o’z ustunliklarini da’vo qila boshlashadi. Har ikkala markazchilik-tsentrizm vakillari, haqiqiy madaniyat tsivilizatsiyasini chetda qoldirib, hatto qadimgi faylasuflarning fikrlarini tan olmay qo’yishdi. Shu o’rinda loakal qadimgi yunon faylasufi Geraklit «sog’lom fikr-hamma uchun umumiy» deganini eslash zarur.
U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy - botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. qozirda matbuotda ushbu mavzuga baqishlab ko’plab maqola va mulohazalar e'lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda. Ochiqini aytish kerak, bu so’z, bu tushuncha «sovetlar tuzumi davrida» ko’p ham tilga olinmas, muhokama qilinmas edi. Albatta, bu holatning o’z sabablari mavjud bo’lgan. Bular haqda keyingi ma'ruzalarimizda alohida to’xtaymiz.
O’qituvchi, avvalo, ma'naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudot-lardan ajratib turishini alohida uqdirib o’tishi lozim. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni yuksak ma'naviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat baqishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish - ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos. Ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Yuqorida aytganimizdek, ma'naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma'naviyat ko’proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma'noda ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo’q. Ma'naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal echishga bashar qudrati etmaydi. Shunday ekan, o’qituvchi dars davomida «ma'naviyat» tushunchasiga bir yo’la mukammal ta'rif berishga urinmasligini, mavzuga muqaddima tarzida yondashib, uning ba'zi jihatlarini aks ettiruvchi ta'riflarni berib o’tishini maslahat beramiz.
Bu borada ham Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarash-lariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida, ma'naviyat ham borliq, tabiat, jamiyat kabi uzluksiz harakatdagi jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, his-tuyqusi tinim bilmaganidek, ularning mahsuli bo’lmish ma'naviyat ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini uqdirib: «Ma'naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulqayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyqotadigan kuch...» deb ta'riflagan edilar. Bu ta'rifda inson faoliyatining barcha ma'naviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon ma'naviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Keyingi paytlarda ma'naviyatga oid e'lon qilinayotgan maqo-lalarda, o’tkazilayotgan anjumanlarda «Ma'naviyat» tushunchasiga ta'rif berish, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi o’rniga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, taniqli faylasuf A.Jalolov «Mustaqillik ma'suliyati» asarida «Ma'naviyat - insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-zakovatining mahsuli», - deb ta'riflagan. «qayot falsafasi va falsafa hayoti» maqolasida bu ta'rifni yanada kengaytirib, mukammalroq tarzda quyidagicha ta'riflaydi: «Ma'naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo’lib, kishilar uning vositasida o’zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti xususiyatlarini o’rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga tayanib, o’z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar». Muallif o’z fikrini davom ettirib, ma'naviyatsiz hayotni qoronqi bir xonaga o’xshatadi.
Ko’rinadiki, bir muallifning o’zi ma'naviyatni ta'riflashga turlicha yondashadiki, bu ham ma'naviyatning ko’p qamrovli tushuncha ekanligini ko’rsatadi.
«Vatan tuyqusi» kitobining mualliflari «Ma'naviyat - jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha», - deb ta'riflaganlar.
Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma'ruzalarida «ma'naviyat - insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir qiluvchi tizim yoki ma'naviyat - insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yiqindisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir», deb ta'rif berib kelmoqdalar. A. Erkaevning fikricha, «Ma'naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya'ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’qrilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir».
Ma'naviyat muammosi bilan anchadan buyon shuqullanib kelayotgan olimlarimizdan biri M. Imomnazarov mazkur masalaga baqishlab ikkita kitob chiqardi. Muallif birinchi kitobida «Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...», - deb yozgan bo’lsa, ikkinchi kitobida «Ma'naviyat - inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta'rif darhaqiqat, so’fiyona ramziy ta'rifdir, zotan boshqacha ta'rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo’yadi», - deb yozadi.
E. Yusupov insonda mavjud bo’ladigan hamma xislatlar emas, balki ijobiylarigina ma'naviyat bo’la olishini ko’rsatib: «Ma'naviyat - inson axloqi va odobi, bilimlari, iste'dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e'tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy boqlangan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etadigan mushtarak tizimdir», - deb ta'riflaydi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma'naviyatning ko’pgina qirralari o’z ifodasini topgan va ularda mualliflar o’zlarining nuqtai nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini o’stirish masalasi e'tibordan chetda qolganligi ko’rinadi. qali yana ko’plab olimlarimiz ma'naviyat tushunchasiga o’z munosabatlarini bildiradilar va ana shu bildirilgan turli fikrlar asosida umumiy mukammal ta'rif shakllanadi, degan umiddamiz.
qaliga qadar ma'naviyat tushunchasiga mukammal ta'rif shakllanmaganligi sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tushuncha ekanligida. Ma'naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishdir. Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to’la tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham tubsiz, rang-barang tarzda namoyon bo’ladi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qanchalik chuqur kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib, o’zining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham ma'naviyat tushunchasiga mukammal, har taraflama to’liq ta'rif berish mushkulroq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ma'naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va qoyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir, - deb ta'rif berish o’rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta'rif eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb, aytishimiz mumkin emas.
I.A. Karimov aytganidek, ma'naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak.
Ma'naviyat inson tuqilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar qadriyatlari ta'siri ostida shakllanadi. Uning shakllanishida oiladagi muhit, jamiyatdagi hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o’rinni egallaydi.
Ma'naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonnning xatti-harakatlarida, o’z oilasi, millati va Vataniga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof-muhit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim ahamiyatga ega.
Odam ota-onadan tuqiladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari, ya'ni ma'naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta'sirida shakllanadi. Insonning ma'naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo’lsa ham, u o’z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta'sir ko’rsatadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik e'tiqodi, vatanparvarlik, milliy va insoniy qurur tuyqusi, burch va mas'uliyatni his qilishi qanchalik kuchli, yuqori bo’lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo’lishiga olib keladi.
Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, Birinchi sessiyasida so’zlagan nutqida: «Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat - ma'rifatli insonning ikki qanotidir», - deb ko’rsatgan edi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma'naviy kamolatida ham yangi davrning yuzaga kelishidir. Ma'naviyatsiz adolatli, yuksalish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyat bo’lmaganidek, jamiyatsiz ma'naviyat ham rivojlanishi mumkin emas.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarida mavjud bo’lgan muammolarini ma'naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin.
Ma'naviyat millatni taraqqiyotga etaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qaerda, qaysi mamlakatda ma'naviyat yuksak darajada bo’lsa, o’sha joyda, o’sha mamlakatda johillik, hasadgo’ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo’rlik, qiybat qilishlik, ko’rolmaslik, yovuzlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma'naviyatsizlik ko’rinishlariga o’rin qolmaydi.
Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan uyqun holatda rivojlanib boradi. Ma'rifat - bilish, bilim, tanish va ma'lumot, - degan ma'noni anglatadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir yangi tarixiy davrga o’tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, millatning eng etuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi ma'naviyatli kishilari ma'rifatparvarlik bilan shuqullanganlar. Chunki, ma'rifat - ma'naviy qaramlik, qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Mamlakat, millatning ozodligi - uning ma'rifiy uyqoqligidadir. Odamzod naslining uluqligi esa bilimdan.
Bilingki, bilim va ma'naviyat o’ylab ko’rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, ya'niki ma'naviyatsizliklardan tiyib turadi. Shu tufayli ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz doimo ma'rifat va ma'naviyatga intilib yashaganlar. Ular ma'naviyat va ma'rifat chiroqlarini mash'ala singari yoqqanlar. Yuksak ma'naviyat va ma'rifat tufayli Turon zamin er yuzida shuhrat qozongan.
Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizda ma'naviyat va ma'rifatga katta e'tibor berayotganliklarining asosiy sababi ham ana shu ma'naviy zaminlarni qayta tiklash orqali taraqqiyotga erishish mumkinligini ko’rsatishidir. Oliy Majlisning XIV sessiyasida qilgan ma'ruzalarida ta'kidlaganlaridek, 2005 yilga qadar respublikamizda 1611 ta kasb-hunar kolleji va 181 akademik litseydan iborat bo’lgan o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurtlarining zamonaviy tarmoqlarini bunyod etish rejalashtirilgan.
O’qituvchi ma'rifat va ma'naviyatlilik, uning inson, jamiyat hayotidagi ahamiyati ustida fikr yuritish jarayonida, yana bir narsaga, chunonchi ma'rifat va ma'naviyat, ma'naviyatlilikning nisbati masalasiga ham e'tibor berishi lozim.
Ma'naviyatli odamlarning hammasi ham doimo ma'rifatli, shu bilan birga ma'rifatli, ilmli kishilarning ham hammasi yuksak ma'naviyatli bo’lavermaganlar. Shunday kishilarga qarata haqli ravishda olim bo’libti-yu, ammo odam bo’lmapti iborasi ishlatiladi. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Bo’lmasa bo’lmas, ammo ma'naviyati yuksak. Olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi oqir. Ulardan elga, yurtga foyda yo’q. Shuning uchun xalqimiz: «Olim bo’lma - odam bo’l», - iborasini ishlatib kelgan. Bu ma'naviyat va ma'rifat bir-birini inkor etadi degani emas. Aksincha, ma'naviyat va ma'rifat bir-biriga chambarchas boqliqdir. Ular bir-birini quvvatlab, o’zaro ta'sirlanib rivojlanib boradi.
Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar o’zlarida ma'naviyat va ma'rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar bo’lganlar. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, hozirgi davrda milliy kamolot yo’li, komil insonni, soqlom avlodni voyaga etkazish yo’li mana shu yo’l, bundan boshqa yo’l yo’q.
Ma'naviyat va ma'rifat xalqimizning, millatimizning kelajagi uchun suvday va havoday zarur.
Ma'naviy va ma'rifiy tarbiyani birga olib borish taraqqiyot taqozosi. Ularni boshqa-boshqa olib borib bo’lmaydi...
Ma'naviyat ham o’zining bir qator kategoriyalariga – tushunchalariga va rivojlanish qonuniyatlariga egadir. Uning tushunchalariga shaxsning o’z-o’zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, halollik, e'tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to’qrilik va boshqalar; millatning vakili sifatida: milliy o’z-o’zini anglash, milliy qurur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas'uliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san'at, urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o’z kasbining mohir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan habardor bo’lish va uni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida faollik va boshqalar kiradi.
Ma'naviyatning yuqorida keltirilgan tushunchalaridan ko’rinib turibdiki, ma'naviyat har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo’ladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bo’ladigan munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ma'naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham bor. Bu erda gap ularning hammasi ustida to’xtash haqida emas, balki ma'naviyatning ko’p qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, ichki dunyosining salohiyati, xatti-harakatlari kabi bir qator masalalarni o’z ichiga olishini tushunib etish haqida bormoqda. Ma'naviyatni chuqur tahlil qilishda ana shu ko’rsatilgan tushunchalarni uyqun holda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ma'naviyat rivojlanishi ham ma'lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yo’nalish va jarayonlarni o’z ichiga olsa ham, ularni yirik guruhlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan boqliq bo’lgan qonuniyatlar kiradi. Ya'ni shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati mustahkam, zaminlari chuqur bo’lishi ma'naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki salohiyat nochor bo’lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o’z bir butunligini saqlashga va ayni paytda jamiyatning yuksak taraqqiyot poqonasiga erishishiga salbiy ta'sir kiladi. Yana ham aniqroq qilib aytiladigan bo’lsa, ichki salohiyat asosiy tayanch va ob'ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning darajalari esa ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan boqliq bo’ladi. Uning rivojlanishi ularning uyqun holatda bo’lishini taqazo etadi.
Ichki salohiyatning mustahkam bo’lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish jarayoni qanday murakkab bo’lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan paytda shaxs ma'naviy kamolotini va millatning yuksalishini ta'minlashga xizmat qilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o’zaro munosabatlari jarayonida sodir bo’ladigan «o’zaro ta'sir» va «o’zaro boyitish» orqali namoyon bo’ladigan jarayonlar kiradi. Ya'ni shaxs ma'naviy kamoloti onadan tuqilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma'lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga keladi. qech qachon shaxs, inson o’zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat ham xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma'naviyat ana shu o’zaro munosabatlar va «ta'sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. Shunday qilib, ma'naviyat rivojlanishidagi «ta'sir» va «aks ta'sir» qonuniyati mavjud bo’lib, u ma'naviyatning rivojlanib borishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Ma'naviyat tushunchalari va uning rivojlanish qonuniyatlari ushbu kursning boshqa mavzularida ham o’rganilishini e'tiborga olib, bu o’rinda qisqa to’xtab o’tishni lozim topdik.
Yuqorida ma'naviyatning jamiyat, shaxs va millat hayotidagi muhim o’rni haqida fikr yuritildi. Ammo uni real hayotga qanchalik tadbiq qilish yo qilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan boqliq. To’qri, shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ma'naviyatning roli va ahamiyatiga e'tibor berib kelingan.
Bugunga kelib ma'naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan munosabat tobora kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning ko’pchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinroq ma'naviyat omilining roli va ahamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida e'tibor berilmoqda.
Bu borada O’zbekistonning tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning bevosita tashabbusi asosida ma'lum tajribalarni to’plashga erishganligini ta'kidlash lozim bo’ladi. Ma'naviyatni ko’tarish davlat siyosatida ustivor sohaga ko’tarildi va u o’zining ijobiy natijalarini ko’rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida qilingan ma'ruzasida ham ma'naviyat masalasi XXI asr bo’saqasida ikkinchi ustivor yo’nalish deb qaraldi. qozirda erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyqun holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol, soqlom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqdiriladi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma'naviyatning ustivor sohaga ko’tarilishining bir qator sabablari bor. Biz bu o’rinda ana shu sabablarning ba'zilarinigina ko’rsatib o’tishni lozim topdik.
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o’sishi bilan boqliqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo’lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo’nalishidan kelib chiqqan holda o’zgartirmasdan turib ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Ana shu ma'noda ham ma'naviyat jamiyat hayotini o’zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o’z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kechish bayroqi ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o’z navbatida odamlarning ma'naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o’zining salbiy ta'sirini o’tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba'zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma'naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi o’rinni egallay boshladi. Bu o’z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o’zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko’pchilik hollarda yoshlarning ta'lim olish, kasb o’rganish, san'at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko’ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To’qri, pul topish, o’z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo’lmasligi, ularning ma'naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To’rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta'lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko’pgina yutuqlar qo’lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta oqa» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potentsial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma'naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma'naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo’ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o’zligini anglashga bo’lgan intilishiga katta zarba berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo’q» bo’lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo’lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma'naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma'naviyatning davlat siyosatida ustivor bo’lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat'iy nazar, uning real sub'ekt, ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste'molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o’zining mustaqil o’rniga ega bo’lishi kabi omillarni, ya'ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o’zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho’rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o’zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o’rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma'naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Ettinchidan, ma'naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma'lum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini uluqlovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko’tarishda foydalanishga bo’lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o’z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan keyin ma'naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor siyosat darajasiga ko’tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to’qrisida»; 1996 yil 9 sentyabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’qrisida»; 1999 yil 3 sentyabrda «Respubltka ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo’llab-qo’vatlash to’qrisidap» farmonlarini chikardi. 1996 yil 9 sentyabrdagi farmonda, «...ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yunalishi, deb hisoblansin», deb belgilandi.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’qrisida» qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustivor yunalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e'tibori qaratildi.
Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. Ma'naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati Prezidentimizning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» va «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan bo’lgan muloqotida «Kuch – bilim va tafakkurda», degan kontseptual ahamiyatga ega bo’lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda.



Download 340.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling