Ma’naviyat, uning jamiyat taraqiyotida va barkamol avlod inson tarbiyasida tutgan o‘rni


Ma’naviyatshunoslikni boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 340.52 Kb.
bet9/43
Sana09.02.2023
Hajmi340.52 Kb.
#1182966
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.

Ma’naviyatshunoslikni boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Ma’naviyatshunoslik-axloqshunoslik, xuquqshunoslik, dinshunoslik, nafosatshunoslik, tarbiyashunoslik (pedagogika), siyosatshunoslik (politologiya), jamiyatshunoslik (sotsiologiya), tarix (tarixshunoslik), elshunoslik (etnografiya) kabi fanlar bilan aloqadorlikka ega.

Tarbiyashunoslik (Pedagogika)

Ta’lim-tarbiya masalalari

Ma’rifat yo‘llari (jumladan, ibrat va ilm, riyozat va mehr) orqali ifodalanuvchi o‘zlikni anglash (ko‘ngil ko‘zgusini sayqallash) jarayoni

Siyosatshunoslik (Politologiya)

Siyosat

Davlat tizimi va siyosiy partiyalar, demokratiya va ijtimoiy adolat masalalari

Jamiyatshunoslik (Sotsiologiya)

Insonlar jamiyatining sinxronik holati

Turli ijtimoiy toifalar va tuzilmalar holatidagi o‘zgarishlar va ularning sabab oqibatlari

Tarix (Tarixshunoslik)

Jahon va turli o‘lkalar tarixi

Bashariyat va turli elatlarning siyosiy, ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti qonuniyatlari

Elshunoslik (Etnografiya)

Turli xalqlarning urf-odatlari va marosimlari

Xalq ongidagi asotir tafakkur unsurlari, an’anaviylik va etiket, xalq ijodi turlari va shakllari, urf-odatlar va marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati

«Ma’naviyatshunoslik» fanini o‘rganish va o‘qitish uslublari


Ma’naviyat ko‘ngil ko‘zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, «Ma’naviyatshunoslik» fanining asosiy vazifasi ham ruh tarbiyasi, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga ko‘maklashuvdir. «Ma’naviyatshunoslik» fani insonning Oliy haqiqatga nisbatini o‘rganadi. Buning uchun ma’naviyat muallimi, faylasufdan farqli o‘laroq, o‘z mulohazalarini sof mantiqiy mulohazalar tarzida emas, balki ma’naviy merosga, bu sohada ajdodlarimiz erishgan beqiyos yutuqlarga asoslangan holda olib boradi, ya’ni bu fan, ma’lum ma’noda, tarixiy-nazariy fandir. Uning teranligi va ko‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda. zuhur etishi ham undagi nazariy xulosalarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy ma’naviyat o‘tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu merosdan anglaganimizni bir paytning o‘zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma’naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg‘un jihatlariga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. SHu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o‘tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtai nazaridan baholash ko‘zda tutiladi. Xullas, milliy ma’naviyat nazariyasi voqelikni faqat ong bilan, aql bilan tushunib etish tajribasiga emas, Haqiqatni anglab etishning barcha vositalari, e’tiqod, ibrat, taqvo, riyozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e’tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajribasini o‘rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o‘zlashtirishda har bir insonga ko‘maklashadi, maqsad bitta, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga iloji boricha yordam berish.
Inson ruhida tabiatga nisbatan, o‘zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg‘ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nafsi ammorasi, ya’ni g‘aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o‘z faoliyatiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ulami muvozanatlovchi kuch kerak. Ayni shu kuch ma’naviyatdir.
1999-yil 14-aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida «O‘zbekiston 21 asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida Prezident I.Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish»ni ustuvor yo‘nalishlardan ekanligini alohida ta’kidlab, ma’naviyatga mukammal ta’rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko‘rsatib o‘tdi: «Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»37. SHu ma’noda har bir inson ruhida Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik hosil etishga har taraflama ko‘maklashish «Milliy ma’naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadi bo‘lib qoladi.

Download 340.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling