Ma’naviyat, uning mohiyati va mazmuni. Ma’naviyat va ma’naviy meros. Ma’naviyat va siyosat, iqtisod, huquq, mafkura


Download 49.53 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1582960
1   2   3
Bog'liq
ADU kurs ishi

Ma’naviyat va ma’naviy meros

Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga, zamonaviy tamoyillarga, shu bilan birga xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi.
Mustaqillik ma’naviyati o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Jamiyat rivojlanishining o‘z qonunlari mavjud bo‘lib, mustaqillik ma’naviyatining shakllanish jarayoni ham ana shularga asoslanadi.
Ma’lumki, a’naviyatning subyekti, ya’ni yaratuvchisi, ijodkori ham, uni iste’mol qiluvchisi ham insondir. Ma’naviyatning vujudga kelishi va rivojlanishida biz uning ikki muhim jihatiga e ’tibor berishimiz lozim; birinchidan, har qanday ma’naviyatning shakllanishi avvalambor kishilarda, jamiyatda unga bo‘lgan ehtiyoj va talablarni qondirish asosida vujiidga keladi. Jamiyatda shu ehtiyoj, talablar shakllanmaguncha ma’naviyat ham, madaniyat ham vujudga kelmaydi. Demak, ma’naviyat ijtimoiy ehtiyoj, talab, xohishni ifodalab, kishilar, guruhlar, umuman jamiyatning ongli ijodiy faoliyati asnosida voqelikka aylanadi.
Ikkinchidan, jamiyatda vujudga kelgan ehtiyoj va talablarni qondirish maqsadida kishilar madaniy faoliyatga kirishadi, bu esa, tabiiyki, quruq, bo ‘sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday m a’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalarga ham da o'tm ish avlodlardan bizgacha yetib kelgan m a’naviy merosga tayanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida m a’naviyat sohasida erishilgan bilimlar va tajribalar undan keyingi avlod uchun tarixiy tajriba, xotira bo'lib xizmat qiladi. Bu tarixiy vorislik deb atalib, taraqqiyotning turli bosqichlari o‘rtasidagi uzluksizlik va uzviylikni ta’minlaydi, ma’naviyatning ichki rivojlanish qonuni bo'lib yuzaga chiqadi. Har bir muayyan tarixiy davrda yaratilgan ma’naviyat boyliklari yig‘indisi esa ana shu tarixiy vorislikning muayyan ko'rinishlari bo'lib, har bir xalq va millatning m a’naviy merosini tashkil etadi.
Ma’naviy vorislik yangi avlod tom onidan o'tmish m a’naviyati va uning nam unalaridan ijodiy foydalanishnigina emas, balki shu bilan birga ularning kelgusi qadriyatlar shakllanishiga ko'rsatishi mumkin bo'lgan samarali ta’sirini ta ’minlashni ham bildiradi. Bu ta’sir ma’naviy taraqqiyotning ichki mantiqqa va nisbiy mustaqillikka ega ekanligini ko'rsatadi, busiz kishilik tarixida yuz beradigan ma’naviy va madaniy yuksalishning mohiyatini tushunish mumkin emas. Tarixiy vorislikka xos qonuniyatlarning buzilishi mazkur jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tmishda yuz bergan m a’naviy merosga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni kamsitish, nigilistik nuqtayi nazardan yondashish, mohiyatan, ma’naviyatning ichki rivojlanish qonunlariga zid ekanligi ma’lum. Sobiq Ittifoq davrida kommunistik mafkura m a’naviy merosga munosabat masalasida o ‘zining qat’iy mezonlarini o'rnatib, sof sinfiylik, partiyaviylik, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirdi, unga to‘g‘ri kelmagan har qanday g‘oya, qarash, fikr man etildi. Shuning oqibatida o'tm ishda xalqimiz tom onidan yaratilgan son-sanoqsiz m a’naviy boyliklarimiz qoralanib, yo‘q qilib yuborildi.
Shu munosabat bilan qadimgi yunon afsonasini eslash o‘rinlidir. Aytilishicha, tog‘lar orasidan o ‘tadigan yagona g‘or yo‘lida turib olib hech kimni o‘tkazmayotgan yovuz Prokrustning andozali temir karavoti bo‘lgan ekan. Prokrust yo‘lovchilarning barini o‘sha karavotga yotqizib ko‘rib, keyin o'tkazar ekan. Bo‘yi yetmasa, cho‘zib o‘ldirar, agar karavotdan bo‘yi oshib ketsa, sig‘magan qismini qirqib tashlar ekan.
Kommunistik mafkura ham o‘tmish ma’naviy merosga nisbatan xuddi shunday tartibni qo‘llaganligi sir emas. Xalqimiz tarixida yaratilgan juda ko‘p noyob ma’naviy boyliklarimiz, diniy qadriyatlarimiz zararli deb topildi. M a’naviyatimiz tarixida o'chm asiz qoldirgan buyuk Amir Temur, Husayn Boyqaro, Umarxon, Feruz shoh bo‘lganliklari uchun inkor etildilar. Xalqimizning milliy m ustaqilligi, milliy madaniyatimiz ravnaqi uchun kurashgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavar Qori, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar qoralanib, xalq dushmanlari deb e’lon qilindi.
O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi shakllanayotgan yangi ma’naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Ma’naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va hayotiy tajribalari mujassamlashgan bo'lib, u o‘zligimizni anglash, milliy tiklanish va rivojlanishimiz uchun qudratli tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Milliy istiqlol mafkurasi ham ma’naviy merosimizga tayangan holda shakllanadi, ayni vaqtda uning yanada rivojlanishida muhim m a’naviy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ma’naviy merosga ilmiy munosabatni shakllantirishda, eng avvalo, unga aksiologik mezonlarga tayangan holda yondashish taqozo qilinadi. Ma’naviy merosni qadriyatlar nuqtayi nazaridan tahlil qilish har bir muayyan qadriyatning taraqqiyotdagi o‘mini to'g'ri baholab, uning milliy istiqlol ma’naviyatini shakllantirishda qay darajada xizmat qila olishini belgilashga imkon beradi.
Ma’naviy meros va milliy qadriyatlarga aksiologik yondashuvning, bizningcha, to‘rtta asosiy mezoni mavjud bo'lib, ular: insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va taraqqiyparvarlikdir. Insonparvarlik m a’naviyat va madaniyat uchun universal mezon bo'lib, uma’naviy merosning har bir muayyan hodisasi, qadriyatning inson uchun, uning aqliy va hissiy kamoloti, erkin yashashi, ozodligi uchun qay darajada xizmat qilishi va qay darajada ahamiyatliligini aniqlashga imkon beradi. Ma’naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchimgina emas, balki butun jamiyat, xalq uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma’naviy merosni baholaganda umummilliy manfaatlardan kelib chiqish lozim.
Ma’naviyatning rivojlanishining ichki rivojlanish qonuni bilan bir qatorda uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi tashqi оmilar ham mavjuddir. Jamiyat taraqqiyotining har bir muayyan bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar m a’naviyat va madaniyat taraqqiyotiga har taraflama salmoqli ta’sir ko'rsatadi. Albatta, inson ma’naviyat va madaniyatni yaratishda o‘z ichki istaklari ta’sirida harakat qilsa ham, lekin uning ijodiy faoliyati o‘zi yashab turgan jamiyat bag‘rida ma’lum ijtimoiy sharoitlarda amalga oshadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat va madaniyat taraqqiyotini ijtimoiy, tarixiy jarayondan uzib olib, undan ajratilgan holda, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, texnikaviy muammolar bilan bog‘lamasdan turib tushuntirib bo lmaydi. Binobarin, bulardan tashqarida m a’naviyatning yashashi ham, rivojlanishi ham mumkin emas.




  1. Download 49.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling