Maʼnaviyat


Download 21.59 Kb.
Sana08.08.2020
Hajmi21.59 Kb.
#125778
Bog'liq
ma‘naviyat ma‘rifat


Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. 

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami M.dir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, M. unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. M. maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. M. odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. M. qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. M.li odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, M.da inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan biridir. M. kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning , millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. M.li jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz M.ni tasavvur qilish qi-yin. "M. — insonning , xalqning , jamiyatning , davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi", degan edi OʻzR Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda M.ni yuksaltirish, xalqni M.li qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. M.imiz "Avesto" va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda M. va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida "Maʼnaviyat asoslari" fani oʻqitiladi. M. sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.

Ma`naviyat - nur, ma`naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o`zligini anglagan, o`zining borliqdagi o`rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o`z maqomiga loyiq bo`lish va burchini ijro etish ma`suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma`naviyati, o`z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.

O’zbekistonda mohiyatan tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida ma'naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo’nalishlardan hisoblanmoqda. Islom Karimov:  "Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - Uzbekistonda davlat va  jamiyatning eng muhim vazifasidir", deya bejiz ta'kidlamagan edilar. Prezidentimiz fikrini davom ettirib: "Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning  davlatning kuch-qudratidir", deb alohida uqtirganlar.             

"Ma'naviyat" atamasi, rasmiy xujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta'rif etish foydadan xoli emas.

"Ma'navnyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda.

Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’p larda ularga nisbatan aqliy, g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy  hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik kasb etadi.

O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo’lgan.

Prezident Islom  Karimov ta'kidlaganidek, "Xalqimizning   ma'naviy   poydevori - bo’lajak    davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va  mustaqkam. Buni  hech   kim   inkor   qila   olmaydi.     Tariximiz     necha-necha ming yillarga borib taqaladi".

Ma'naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini to’g’ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillar to’grisida gapirish kerak. Ma'naviyatning o’zak tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan  uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta'sirida shakllanadi. 

MA'NAVIY EHTIYOJLARNI YUKSALTIRISH MUSTAQILLIKNI MUSTAHKAMLASHNING MUHIM SHARTLARIDAN BIRI

Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining faoliyati shu

maqsadga bo’ysundiriladi.

Mustaqil O’zbekiston ham jahonning eng ma'rifatli mamlakatlari  orasida  o’z  o’rnini  topib,  barqaror rivojlanish uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan,    ammo millatchilik va

milliy mahdudlikdan holi,    hur    va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab    qiladigan darajada  o’zlashtirgan shaxsni tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib boriladi.   Birinchidan,  shaxs  kamoloti  uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqida Islom Karimov shunday degan edi: “Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy

maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchui, o’z qobiliyatini,    o’z    talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma'nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan  iboratdir"'. Demak, eng avvalo, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlar, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish kengaytiriladi hamda ijtimoiy  munosabatlar takomillashtiriladi: tegishli qonunlar qabul qilinadi, eski ijtimoiy muassasalar qayta  ko’rib chpqiladi,zaruratga qarab yangilari tashkil  etiladi. Ikkinchidan, muayyan tarbiyaviy   ishlar  amalga   oshiriladi.   Jamiyat    o’ziga mos shaxsni shakllantirish uchun unga targ’ibot, tashviqot, ta'lim-tarbiya tizimi va boshqa mafkuraviy institutlar orqali, madaniy meros va zamonaviy qadriyatlar hamda turli xil axborotlar bilan   tanishtirish ularga  baho berish   (salbiy yoki ijobiy)    vositasida ta'sir o’tkazadi.

Ma'naviyat tushunchasi hali ilmning turli sohasi vakillari  tomonidan atroflicha taqlil va tadqiq etiladi, deb ishonamiz. Zero, Vatanimiz mustaqil taraqqiyotining ma'naviy  asoslarini mustahkamlash zarurati ham shuni taqozo etadi.

Ma'naviyat insonning (jamiyatning) keng ma'noda olamga, hayotga, taraqqiyotga muayyan qadriyatlar, yuksak ideallar tizimi asosida munosabatda bo’lishi va shu negizda o’z faoliyatini yuritishidir. Ushbu qadriyatlar tizimi ham sub'ektiv

(ong va iroda), ham ob'ektiv (adabiyot, san'at, urf-odatlar), ham aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhit sifatida mavjuddir.

Ma'naviyat "inson tabiati"ni tashkil etuvchi xislatlar va xususiyatlarni yuksaltiradi va boyitadi. Milliy ma'naviyat esa

millatning asosiy xususiyatlarini, belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta'minlaydi, tilini, iymon-e'tiqodinn, milliy psixologiyasini, urf-odatlari va madaniyatini muqofaza etadi, rivojtantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini milliy qadriyatlar bilan chambarchas bog’laydi. Har bir millatning ma'naviyati uning milliy qiyofasini, uni boshqa xalqlardan ajratib turadigan o’znga xos madaniyatini, xarakterini ko’rsatadi. Ma'naviyat tufayli bilim va aql - axloq bilan, mehnat va xulq-atvor - go’zallik va odob bilan uyg’u nlashadi.

Ma'naviyat, insonniig o’ziga va olamga faol munosabati o’laroq, uning hayotiy pozitsiyasini belgilaydi.

Millatning  kamolotga  erishishi,  taraqqiy    etishi ham bevosita  milliy ma'naviyatga asoslanadi. Demak, ma'naviyat   milliy   taraqqiyotning   harakatlantiruvchi kuchi,   aqliy-intellektual,     hissiy-emotsional irodaviy salohiyatidir.

Ma'naviyatni yuksaltirish, boyitish- milliy mustaqilliknni mustahkamlashning muhim shartidir. Bu masalaga muayyan guruhning, sinfning manfaatlaridan, dunyoqarashidan va mafkurasidan kelib chiqib yondashish mumkin emas. Shu bois

davlatimizning ta'lim-tarbiya va madaniy-ma'rifiy siyosati asosida har bir fuqaroda yuksak ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirish va o’stirish muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Ma'naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o’rganish o’zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishga yordam beradi.


Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. M. ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. M. tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. M. maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. M. — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. M.ni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.

Tasavvufda M. sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.[1]

Haq yo’liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so’ng qo’lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo’qolish) deb atadilar. Zerokim, solik o’zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to’siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o’tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va to’laligicha Mutlaqiyatga qo’shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So’fiylar buni qatraning dengizga qo’shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g’ariblikda, musofirlik (safar)da bo’lgan inson ruhi hijron dog’ida qiynalib azob chekadi.Haq yo’liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so’ng qo’lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo’qolish) deb atadilar. Zerokim, solik o’zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to’siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o’tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va to’laligicha Mutlaqiyatga qo’shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So’fiylar buni qatraning dengizga qo’shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g’ariblikda, musofirlik (safar)da bo’lgan inson ruhi hijron dog’ida qiynalib azob chekadi. Ammo ruhmoddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo’lib, Dengizga – o’z asliga borib qo’shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy ma’rifat orqali, ya’ni o’z-o’zini anglash, tanish va shu asosda o’z Rabbini tanish oraqli qo’lga kiritiladi.

Shunday qilib, ilohshunolsik ilmi teosofiya bo’lgan irfon yoki ma’rifat («ma’rifat» so’zi



arabcha «arafa» – bilmoq so’zidan yasalgan) tariqatning hosilasi va bevosita davomidir. Xo’sh, ma’rifatning nishonasi nima, qanday kishi ma’rifatga noil bo’la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday bo’ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki tasavvufda ma’rifat tushunchasi maxsus o’rin egallaydi va uning o’z ta’rifi, haqiqatlari bor. So’fiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo’shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo’lsa-da, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Ollohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo – kasrat ko’plik olami, Ollohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko’zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn Arabiy qarashlariga suyanib, ma’rifatga bunday ta’rif bergan: «Ma’rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma’rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish demak». Buning ma’nosi shuki, Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) Ollohning o’zi bo’lib, Uning  ilmi kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to’plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Ollohga tegishli, Olloh – hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.

Ma’naviyat tushunchasi ma’rifat tushunchasini ham o`z ichiga olishini ta’kidlamoq lozim. «Ma’ri­fat» (ko‘pligi «maorif») so‘zi ham arabcha bo‘lib, «arafa» so‘zidan olingan. U bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi.

Kishining qalbi boqqa o'xshaydi; uning nodir ma'rifati, tarovati va latif ahvollari top-toza va ko'kalamzorga o'xshaydi. Bas, qalb bog'iga qaragin, ma'rifat g'unchalari ma'rifat gullari, adolat sarvlari va pok yosumanlari bilan to'lgandir.

Jaloliddin Rumiy

Odamzot nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi?

Undan ko'ra sholg'om eksa, qozoniga tushadi-ku.

Odamzot nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi?

Undan ko'ra bulbulni sho'rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.

Odamzot nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko'rib, ko'ngli zavqqa to'ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku.

Odamzot nima uchun kitob o'qiyotib, suyukli qahramoni o'lib qolsa yig'laydi?

Uni yozuvchi «ichidan to'qib chiqargani»ni biladi-ku.

Odamzot nima uchun o'zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig'lab chiqadi?

Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.

Odamzot nima uchun bolasining boshida alla aytadi?

Go'dak alla eshitmasa uxlamaydimi?

Odamzot nima uchun nevarasini etaklab necha zamon avval o'tib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi?

Marhum ularni ko'rmaydi-ku!

Gap shundaki, Odamzotni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma'naviyat deb ataladi!

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobidan

Go'zalim, ma'naviyat dengizida suvdan o'zga narsa bilan hayot kechirolmaydigan balig'dek bo'l!

Baliq suvdan bezor bo'lmaydi, dengiz bo'lmaguncha rohatlanmaydi, zavqlana olmaydi.

Dunyo yashirin dengizdir, u dengizda Odam bolalaridan boshqasi rohatlanib yasholmaydi.

Hayvoniylikdan insoniylikga parvoz qilmaguncha, obihayotga erisholmaydi, obihayotning ichida suzolmaydi.

Ma‘rifat - bu toshga boqqan ko‘zning, chechakni ko‘rishidur! Rumiy



qalbning tirik­ligi ilm, ma'rifat bilan. Zero, inson qalbi ilmu ma'rifat bilan uzluksiz ravishda oziqlantirib turilmasa, u qattiqlashadi. Qalbi qattiq inson zulmga, yomonliklarga, muomalada shafqatsizlikka moyil bo'ladi.
Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling