Ma’naviyatshunoslik


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1624868
1   2
Bog'liq
Asliddin Ma\'naviyat

SULOYMONQULOV ASLIDDIN
MARDONOV IBROHIM
DO’SNAZAROV AMIRBEK
NORTOYOVA SHOHSANAM

Document Outline

  • Mavzu: “Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni Reja: 1. “Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti 2. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti 3. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni
  • “Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralganda, olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir.
  • Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji- deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. 
  • Hozirgacha mavjud adabiyotlarda ma’naviyat tushunchasining 6 xil etimologik talqini beriladi: 1. «Ma’ni» - turkcha, «ma’noli» so’zidan olingandir. Ma’no izlagan ma’naviyat sari intiladi. «Bama’ni odam va bema’ni odam». (Sultomurod Olim talqini). 2. «Ma’ni» forscha, fe’l–atvor, ruhiyat demakdir (lug’atlarda). 3. «Ma’naviyya» - arabcha, «lashkar ruhi» - demakdir. (S.Karomatov talqini). 4. «Ma’na» - arabcha, «mohiyat» demakdir. O’zbek tilining izohli lug’ati. T. 1988. 5. «Ma’naviyat» - axloqiy demakdir. (M. Imomnazarov talqini). 6. «Ma’nas»- sanskrit tilida «aql» demakdir. (A.Erkaev talqini).
  • Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
  • Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat- engilmas kuch” asarida insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rin tutishligini uqtirib: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” deb ta’riflagan edilar. 
  • Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgunga qadar ilmiy adabiyotlarda “Ma’naviyat” mustaqil ilmiy tushuncha sifatida qo‘llanilmagan edi. Shu bois bu tushunchani chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ayniqsa Prezidentimizning unga bo‘lgan e’tiboridan keyin oshib ketdi.
  • Bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma’ruzalarida «ma’naviyat – insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta’sir qiluvchi tizim yoki ma’naviyat- insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig‘indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarning aks etish darajasidir», deb ta’rif berib kelmoqdalar. 
  • A.Erkaevning fikricha, «Ma’naviyat – insoning ijtimoiy – madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir»
  • M.Imomnazarov dastlab “Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur», -deb yozgan bo‘lsa, keyinchaliklik «Ma’naviyat – inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so‘fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo‘yadi», -deb yozadi. 
  •  E. Yusupov insonda mavjud bo‘ladigan hamma xislatlar va fazilatlar emas, balki ijobiylarigina ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: «Ma’naviyat –inson axloqi va odobi, bilimlari, istedodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir – biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir», -deb ta’riflaydi. 
  • T. Mahmudov «Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy, ahloqiy va ruhiy balog‘ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir», -degan ta’rifni beradi.
  • Respublikamiz olimlari tomonidan «Ma’naviyat» tushunchasiga berilayotgan ta’riflarni va uning inson, millat, xalq, jamiyat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ilgari surilayotgan g‘oyalarini umumlashtirgan holatda ma’lum bir umumlashgan xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir, - deb ta’rif berish o‘rinli deb hisoblaymiz. 
  • Ma’naviyat inson tug‘ilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib shakllanadi. Uning qaror topishida oiladagi muhit, jamiyatdagi hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.
  • Har bir oila farzandining ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsalarni tushunib, anglay boshlaydi. Ota-onasiga, bobo va momolariga mehr va hurmati, o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi.
  • Agar ota-ona, katta o‘g‘il-qizlar o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida kichiklarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomila qiladigan bo‘lsa, bu holat bola ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqti- soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk odat sifatida namoyon bo‘ladi. Oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga etishi mumkin. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish maqsadga muvofiqdir.
  • Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga etkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Farzand tarbiyasiga e’tibor bermaslik nafaqat ota-onalar, butun bir oila, butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin.
  • Barcha fanlarda bo‘lganidek, ma’naviyatning ham mustaqil predmeti mavjuddir. Uning predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, maqsadi esa komil inson – iymon etiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir. 
  • Odam ota – onadan tug‘iladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari, ya’ni ma’naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi. Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa ham, u o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, burch va mas’uliyatni his qilishi qanchalik kuchli va yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘lishiga olib keladi. 
  • Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir», - deb ko‘rsatgan edi. 
  • “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha erda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviyat yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi.” Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai sanaladi. Ma’naviyatsiz hech qachon jamiyatda odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmaydi.
  • Ma’naviyatshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanib va takomillashib borishi uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi rolini oshirmoqda. Ma’naviyat- davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi. 
  •  Islom Karimovning 2 chaqiriq Oliy majlisning 1 sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqtirildi. 
  • Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
  • Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
  • Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
  • To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. 
  • Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi. Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
  • Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
  • Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
  • Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat a
    Download 1.05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling