Ma’naviyatshunoslik


Download 0.75 Mb.
bet4/8
Sana04.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1325638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma\'naviyat

Bu orada Raslliullohning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari hazrati Ali (raziyaJlohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhll) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da'vogarlik boshlandi. Abbosiylar o'z maqsadlariga crishish uehun XlIroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. A'ili ajamlik Abu Muslimni imom Ibrohim qllllikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ'ibot olib borishga jo'natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo'shin to'plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750-yilda Ummaviylar sulolasi yo'q qilinib, Abbosiylar xalifalik taxtiga o'tirdilar. Abu Muslim qo'zg'oloni g'alabasi mintaqa tarixida hal qiluvetri o'zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g'alabaga erishdilar. G'olib qo'shin tarkibida arablardan ko'ra ajamliklar, ya'ni fors va turklar ko'proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo'riqchilari tllrkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko'proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo'ldi.

Shunday qilib, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlararo siyosiy qudratda o'ziga xos muvozanat holati vujudga kcldi. Islomning asl g'oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo'lishiga voqe imkon tug'ildi. Shu davrdan bosh lab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom rnintaqa madaniyatining shakllanish jarayonini shu sabablarga ko'ra VIII asr o'rtalari - Abu Muslimning ummaviylar ustidan g' ala basi va abbosiylar xalifaligi o'matilishidan boshlash maqbul ko'rinadi. Ushbu mintaqa madaniyati XIII asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi, mo'g'ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga monelik qilgan bo'lsa ham, baribir, XVI asr boshlarigacha mintaqada ma'naviy yuksalish davom etdi. Ammo XVI asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o'zgarishlar natijasida butkul o'zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda usmoniylar, Eronda safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar, Mg'oniston va Shimoliy Hindistonda boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mustahkam o'rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o'rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o'ziga xoslik shakllana boshladi. O'zaro ta'sir ma'ium darajada saqlanib qolgan bo'isa ham, asta-sekinIik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko'ra milliy o'ziga xosliklar quvvati oshib bordi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling