Ma’naviyatshunoslik
Download 0.75 Mb.
|
Ma\'naviyat
Ammo ahli bashar ongida o'zgarishlar, yangilanishlar davom etar edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom Zardusht singari ilk bora tavhid nuridan bahramand bo'lgan bo'lsa1ar, XIV asrga. kelib hazrati Muso Kalirnulloh yagona Tangri inonehini yahudiy qavmiga targ'ib qildi. Milodiy era boshlaridan hazrati Isoyi Masih (Ruhulloh) va u1 zotning havoriylari endi tavhid e'tiqodiga butun bashariyatni da'vat eta bosh1adilar. Iso (a.s.) norni bilan bog'langan e'tiqod III asr xalq orasida yoyilib borib, IV asr boshlarida Vizantiya imperatori ulug' Konstantin tomonidan xristian dini sifatida rasman tan olindi.Ammo ahli bashar ongida o'zgarishlar, yangilanishlar davom etar edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom Zardusht singari ilk bora tavhid nuridan bahramand bo'lgan bo'lsa1ar, XIV asrga. kelib hazrati Muso Kalirnulloh yagona Tangri inonehini yahudiy qavmiga targ'ib qildi. Milodiy era boshlaridan hazrati Isoyi Masih (Ruhulloh) va u1 zotning havoriylari endi tavhid e'tiqodiga butun bashariyatni da'vat eta bosh1adilar. Iso (a.s.) norni bilan bog'langan e'tiqod III asr xalq orasida yoyilib borib, IV asr boshlarida Vizantiya imperatori ulug' Konstantin tomonidan xristian dini sifatida rasman tan olindi.Islom ma'naviyatining qirralari rango-rang, mohiyati teran. Sanab o'tganimiz ilmiylik va yozma madaniyatga tayanish, tarixiy tadrijiylik va tavhid izchilligi shular jumlasidandir. Qur' oni karim oyatlariga binoan insonning yer yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta'kidlanishi islom ma'naviyatining eng ulug' qadriyatlaridandir. Qur'oni karimning juda ko'p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga yer va osmondagi barcha narsalar bo'ysundirib qo'yilganligi alohida uqtirib o'tilgan.Islom ma'naviyatining mintaqa ma'naviyatiga aylanishi osonlik biIan bo'lgani yo'q, buning uchun ba'zi siyosiy masalalar to'g'ri hal bo'lmog'i zarur edi. Payg'ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida "umma" g'oyasi g'oliblikni qo'lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko'tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Uinar (razial1ohu anhuma) davrlarida nihoyasiga yetdi. Yagona arab davlati shakllandi. Islom qo'shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642-yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III Nahovand yaqinidagi jangda yengilib, Xurosonga qochdi. 674-yilda arab qo'shini birinchi marta Amudaryoni kechib o'tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705'-717) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg'ol qilindi. Agar tarixiy voqelikni to'g'ri idrok etadigan bo'lsak, bu davrga kelib qadim Turon o'lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko'rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo'lini tutardi. Baribir bosqinchilikka qarshi milliy-ozodlik kurashi to'xtamadi, islom dini ham dastavval mahalliy xalq ongiga iuda qiyinchilik bilan singib bordi. Ammo ilg'or tavhid e'tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g'olib kelishi tabiiy cdi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e'tiqod asosida ittifoqlashuv yo'Hni tutishga moyiJ bo'lib borardilar. Faqat ummaviy xalifalardan aksariyati mahaUiy ajam xalqlarini arablar bilan teng ko'rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon kelti rishlariga ma'naviy jihatdan to'sqinlik qilardi.Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling