Manbalarda ko‘rsatilishicha Al Xorazmiy 783 yilda Xorazmda tavallud topgan
Download 28.84 Kb.
|
Al Xorazmiy matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Al Jabr val-Muqobala.
Yer surati haqida kitob. "Kitab surat al-Ard" - Arab tilidagi geografiyaga bag‘ishlangan birinchi asar bo‘lib, unda Geodeziyaga oid mulohazalar ham keng o‘rin tutgan. Ushbu asarda al-Xorazmiy 2402 ta aholi yashash joylarini, shuningdek, tabiiy obyektlarni bir nechtasini aniq koordinatalar asosida xarita - tasvirini keltirgan. U shuningdek Geografik masallarni hal etishda matematik yechimlarni kiritish usullarini bayon qilib, topologik hisoblashlar va joy koordinatalarini aniqlash usullarini matematik jihatdan asoslab beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur asarida al-Xorazmiy Ptolomey va boshqa geograflarning asarlariga aniqliklar va tuzatishlar kiritadi. Uning tuzgan xaritasi Ptolomey xaritasiga nisbatan, aniqroq bo‘lganligi tarixiy faktdir.
U mazkur asarni mukammallashtirish maqsadida Hazar, Xuroson, va Vizant yerlariga ekspeditsiyalar uyushtiradi, joyning geografik (sharqiy, g‘arbiy) uzunligi va kengligi (shimoliy va janubiy) tushunchalariga ta'riflar va tushuntirishlar keltiradi. Al Jabr val-Muqobala. Al-Xorazmiy, yuqorida qayd etganimizdek, dunyoga birinchi navbatda o‘zining - "Kitab Muxtasab Al jabr val-muqobala" ("Tiklash va qarama qarshi qo‘yish haqida muxtasar kitob") asari bilan mashhur. Asar nomining so‘zma-so‘z ma'nosi shundan iborat: "Al-Jabr" - tiklash va "val-Muqobala" -qarama qarshi qo‘yish. Bularning al-Xorazmiy asaridagi tom ma'nosi va mohiyati, asarda tahlil qilingan chiziqli va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish jarayonida, tarixda ilk marotaba al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilgan usul- tenglamaning ma'lum va noma'lum hadlarini guruhlash, ya'ni tenglikning o‘ng tarafiga ma'lum qiymatlarni, chap tarafiga esa noma'lumlarni tartiblash - "Tiklash", ularni o‘zaro matematik amallar yordamida soddalashtirish , qisqartirish va yechish - "Qarama qarshi qo‘yish" deb atalganligidir. Ushbu asar nomidagi "Al-Jabr" so‘zidan keyinchalik talaffuzdagi o‘zgarishlar (Yevropa tillari tufayli) "Algebra" so‘zi paydo bo‘ldi. Mazkur asarning asl qo‘lyozma matni yo‘q bo‘lib ketgan, ammo uning 1140-yilda ingliz matematigi Robert Chesterski tomonidan tarjima qilingan lotin tilidagi nusxasi saqlanib qolgan. Bu asar nomi "Book Algebra and almukabala" bo‘lib, hozirda Kembridjda saqlanadi. Shuningdek, "Al jabr val-muqobala" ning ispaniyalik yahudiy Ioann Sevilskiy tomonidan o‘girilgan tarjima nusxasi ham mavjud bo‘lib, uni mazkur muallif o‘zining "Boshlang‘ich arifmetika" asarining birinchi qismiga kiritgan. Kitob mantiqan ikki qismga bo‘lib tasnif qilingan: Nazariy va Amaliy qismlar. Nazariy qismda al-Xorazmiy birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning yechish muammolari, ularning ma'lum qoida va belgilari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya) borasida so‘z yuritadi va aniq misollar yordamida mazkur turdagi tenglamalarning yechish usullarini keltiradi. Keyingi asrlarda "Al jabr val-muqobala" sharq va g‘arbda ko‘plab matematiklar tomonidan sharhlandi va unga ilovalar bitildi. Xususan, Ibn Turk, Abu Komil, Al-Qaraji kabi matematiklarga sharhlar bag‘ishlashgani ma'lum. Pizalik Leonardo (Fibonachchi) ham o‘z asarlarini al-Xorazmiyning kuchli ta'siri ostida yozgan va umuman olganda "Al jabr val-muqobala" Algebra va tenglamalar nazariyasining keyingi rivojini asoslab unga tamal toshini qo‘yib bergan. Bir so‘z bilan aytganda al-Xorazmiyning "Al jabr val-muqobala" asari bugungi Algebraga asos solgan! Download 28.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling