Manbashunoslik


Nikolay Muravyevning Turkmaniston bilan Xivaga


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

10.2.12. Nikolay Muravyevning Turkmaniston bilan Xivaga 
sayohati
Nikolay Muravyev (1794—1866) — mahalliy harbiy mutaxassis, 1812—
1814-yillari Rossiyaning Eron va Turkiyaga qarshi olib borgan urushlarida 
ishtirok etgan, 1816— 1828-yillari Kavkaz armiyasida xizmat qilgan. 1819— 
1820-yillari rus armiyasining Kavkazdagi bosh q o 'm o n d o n i general 
Yermolovning topshirig'i bilan Boku — Kaspiy dengizi — Chelekan oroli
— Q oraqum orqali Xivaga borgan.
N. Muravyev kuzatuvchan odam edi. M azkur safari haqida yozib 
qoldirgan asarida («Путешествие в Т уркм ен ию и Хиву гвардейского 
генерального штаба ка п и тан а Н и кол ая Муравьёва». Ч . 1 — 11; - М . ,
1822) Xiva xonligi haqida m uhim harbiy, iqtisodiy, tarixiy va etnografik 
m a ’lum otlar to'plagan.
Asarda Xiva xonligining hududi, yirik shaharlari, xalqi va uning 
mashg'uloti va mudofaa salohiyati (harbiy qudrati) haqida diqqatga sazovor 
m a ’lumotlar keltiriladi.
N.Muravyovning esdaliklarida o'zbeklarning fe’l-atvori, tabiati va 
qiyofasi haqida e ’tiborga loyiq m a ’lum otlar keltirilgan. Unda, xususan 
o'qiymiz: «O'zbeklar, u m u m a n aqlli va yoqimli, hazil-mutoyibani yaxshi 
ko'radigan, biron ishga ja z m qilgudek bo'lsa, qarorida q a t’iy, to'g'ri so'z, 
yolg'o nni va egrilikni y o m o n ko'radigan, ruhi tetik, xushbichim va 
jismonan kuchli xalq...
Harb ishlarida horib-charchamaydilar, qo'rqm as va jasur kishilardir...»
10.2.13. Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar. Xiva xotiralari
Sirdaryoning quyi oqimidagi shahar va qishloqlar, Orol dengizini
106


o ‘rganish uchun 1740-yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchev- 
ning tashabbusi bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, yer 
o ‘lchovchi I.Muravinlaryuborilgan.
Orskda olgan ko ‘rsatmaga binoan, ular 1717-yili Pyotr 1 zamonida 
Rossiya tobeligiga o ‘tgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695—1748) bilan 
uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni 
esa Eron podshohi Nodirshoh bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev 
bilan Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va tog'asi Niyoz bilan birga 
Orolga jo 'n ab ketdilar va xon huzuriga yetib bordilar. Ertasi kuni Xivaga 
bordilar. O 'sha vaqtda Abulxayr xon deb e ’lon qilingan edi. Gladishev 
bilan Muravin Shovotda 9 noyabr kuni Nodirshoh huzurida bo'lganlar va 
unga Abulxayrxon bilan Xiva Rossiyaning tabaqalari ekanligini aytib, Xivaga 
m ehr-u shafqat qilinishini so'raganlar. Zobitlarning so'zlariga qaraganda, 
ularning iltimosi ijobat topgan. Lekin, ular Abulxayrxon bilan uchrasha 
olmaganlar. Shunday b o ‘lsa-da, Abulxayr shohdan cho'chib 12 noyabrda 
ais zobitlari bilan birga Orolga qochib ketdi. Bu yerda k o'p tortishuvlardan 
keyin Nurali xon deb e ’lon qilindi. Abulxayr Gladishev bilan Muravinni 
olib, Odam ato arig'i bo'yida joylashgan eski o'rdasiga qaytdi. Gladishev 
va Muravin 1741 -yilning aprel oyida u yerdan Orskka qaytib keldilar. 
Ularning mazkur sayohati paytida to'plagan m a ’lumotlari «Гладышев — 
Муравин. Поездки из О рскка в Хиву и обратно 1740—1741 годах 
поручиком Гладышевым и геодизистом Муравиным, ИРГО. Вып.IV. 
- С П б . , 1850. С .519—599» deb atalgan.
Gladishev va Muravin to'plagan m a ’lum otlam ing ahamiyati shun- 
daki, ularda Orol dengizining sohillari, Xorazm ning Xiva, Shohtem ir, 
Xo'jayli, Xonqa va Shovot shaharlari haqida, shuningdek, o'z bek, qozoq, 
qoraqalpoq va tu rk m an aholisi haqida ayrim m a ’lum otlar keltirilgan.
Rossiya uchun Orol dengizining iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyati 
katta edi. Shuning uch u n ham Orol flotiliyasining boshlig'i kontr-admiral 
A.I.Butakov (1816—1869) ga 1848-yili Orol dengizini o'rganish va uni 
tavsiflash vazifasi yuklatildi.
A .l.B utakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (to 'la nom i 
«Дневные зап и ски п лав ан ия по Аральскому морю в 1848—1849 г.г.», 
подготовка к печати Э .К .Бетгера. —Таш кен т, 1953) bayon etilgan. 
Uning yozishicha, «Orol dengizi tinch dengizlardan bo'lm ay, ayniqsa 
shamol turgan paytida pan o h topish qiyin». «Uning G 'a rb iy sohilini 
suratga tushirishni Q um suat qo'ltig'idan boshladik. Q um su atd an boshlab 
menga dengiz chuqurlasha boshlaganday tuyuldi...» Butakov o 'shanda 
Orol dengizini va uni b an d a rg o h qurish m um k in b o 'lg a n yerlarini
107


qarichm a-qarich o ‘lchab chiqdi. U m u m an , kontr-admiral Butkovning 
kuzatishlari, Rossiya hukumatiga kelajakda dengizda harbiy va savdo floti 
qurish mumkinligini k o ‘rsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdaryo va 
Amudaryoda ham kemalar qatnovini yo‘lga q o ‘yishga va bu bilan Koshg‘ar 
va Hindistonga suv yo'lini ochib berish imkonini berar edi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling