Manbashunoslik va tarixshunoslik
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manbashunoslik fanidan kolekium savollari.
Jami ON ballari
35 0-35 Yakuniy nazoratlar 7-semestrda “Test” shaklida, 8-semestrda “Yozma ish” shaklida o’tkazilishi belgilanadi va maksimal 30 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy nazoratida: c) “Test” shaklida o’tkazish bo’yicha baholash mezoni “Test” 25 variantda, savollar fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar asosida tuzilgan bo’lib, bo’limning barcha mavzularini o’z ichiga qamrab olgan. Har bir variant 30 ta savoldan iborat. Test savollariga to’g’ri javob 1 ball bilan, noto’g’ri javob 0 ball bilan baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to’plashi mumkin. Talabaning topshiriq savollari bo`yicha to’g’ri javoblari soni asosida uning to`plagan bali aniqlanadi. d) Yozma ish shaklida o’tkazish bo’yicha baholash mezoni Sinov 25 variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variant 3 ta savoldan iborat. Xar bir savolga javob 0 - 10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to’plashi mumkin. Yozma ish bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarga yozilgan javoblarga qo`yilgan o`zlashtirish ballari qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi. Manbashunoslik fanidan kolekium savollari. 1. «Tarixiy manba» deganda nimani tushunasiz? 2. Tarixiy manbalar qanday guruhlarga bo‘linda? 3. Manbashunoslik fanining asosiy maqsadi nimadan iborat? 4. Manbashunoslik ko‘makchi tarix fani sifatida qanday asosiy vazifalarni bajaradi? 5. Tarixiy manbalarni ichki va tashqi belgilariga qarab taxlil qilish chog‘ida qanday asosiy vazifalar amalga oshiriladi? 6. Tarixiy manbaning xaqiqiyligini, unda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonarligini qanday bilib olish mumkin? 7. Sizning fikringizcha, manbashunoslik fanining amaliy ahamiyati nimalardan iborat? 8. O‘rta Osiyoning eng qadimgi tarixiga oid qanday manbalarni bilasiz? 175 9. O‘lkamiz tarixiga doir eron epigrafik manbalarini sanab o‘ting? 10. Bexiustun yozuvida qadimgi ajdodlarimiz tarixiga doir qanday ma’lumotlar bor? 11. Avestoning tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini ochib bering. 12. Nima sababdan qadimgi grek va rim tarixchilari O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bilan qaziqqanlar? 13. Geradotning O‘rta Osiyo xususidagi ma’lumotlari ishonchlimi? O‘z fikringizni asoslab berishga harakat qiling. 14. Antik manbalarning ijobiy ahamiyati va kamchiliklari haqida so‘zlang. 15. Arrian va Kvint Kursiy Rufning asarlarini solishtiring. Qaysi muallifning asarini ishonchli tarixiy manba deb hisoblaysiz? O‘z nuqtai nazaringizni asoslab bering? 16. O‘lkamiz tarixiga oid qadimgi xitoy manbalarining ijobiy hususiyatlari va kamchiliklarini gapirib bering. 17. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida aks ettirgan qanday xitoy manbalarini bilasiz? 18. Xitoy manbalarida keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va aniqligi xaqida nima deya olasiz? O‘z fikringizni asoslab bering. 19. Turkiy epigrafik yodgorliklar qanday guruxlarga bo‘linadi ? 20. Turkiy tilga bitilgan bitiklarning mazmuni xaqida so‘zlab bering. 21. So‘g‘d tilidagi manbalar qaerlarda topilgan ? 22. Rivojlangan o‘rta asrlar tarixiga oid arab tilidagi tarixiy-jug‘rofiy asarlardan qaysilarini bilasiz? 23. Nasabnomalar nima? Misollar keltiring. 24. Taraqqiy etgan o‘rta asrlarga doir arab tilidagi tarixiy asarlarni sanab o‘ting? 25. Rivojlangan o‘rta asrlar tarixiga oid fors-tojik tilida tarixiy asarlar yozgan mualliflardan kimlarni bilasiz? 26. «Xudud al-olam» kitobi xaqida so‘zlab bering. 27. Tazkira nima? Tazkiralarning tarixiy manba sifatidagi axamiyati nimadan iborat. 28. Temur xaqida Ovropaliklarda kimlar va qanday asarlar yozganlar ? 29. XVI asrda eski o‘zbek tilida yozilgan qanday tarixiy asarlarni bilasiz? 30. Xorazm tarixshunoslik maktabi xaqida gapirib bering? 31. SHayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasining xukmronligi davri qanday tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan? 32. Mang‘itlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan asarlarni sanab o‘ting? 33. Qo‘qon tarixavislik maktabi xaqida so‘zlab bering 34. Xonliklar tarixiga oid rus va Evropa manbalarni ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat? Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling