Manbashunoslik va tarixshunoslik
Xonliklar davri tarixiga oid, rus va evropa tillaridagi manbalar
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Xonliklar davri tarixiga oid, rus va evropa tillaridagi manbalar.
Buyuk jug‘rofik kashfiyotlardan so‘ng Ipak yo‘li o‘z axamiyatini yo‘qotganligi sababli, O‘rta Osiyo jaxon xo‘jaligi savdosidan chetga tushib qoldi. Lekin bundan qat’i nazar Vatanimizni Ovrupo mamlakatlari bilan savdo diplamatik aloqalari batamom to‘xtab qolmadi. XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi xar tomonlama aloqalar tobora kuchayib bordi. Ayniqsa, Qozon va Astraxan xonliklari Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng bunday aloqalar yanada jonlanib ketdi. O‘rta Osiyoga muntazam ravishda rus elchilari, savdogarlari va sayyoxlari tashrif buyurar edilar. Rus elchilari o‘z xukumatlarining talabiga muvofiq, O‘rta Osiyo xonliklarining ichki axvoli va xalqaro aloqalari, axolisi, xo‘jaligi, xarbiy saloxiyati xususida imkon qadar batafsilroq ma’lumotlar berishga xarakat qilar edilar. Bora-bora yurtimizga Rossiyadan kelayotgan odamlar doirasi kengayib bordi. Ularning qatoriga injenerlar, vrachlar, olimlar va boshqalar qo‘shilib bordilar. Natijada rus mualliflarining O‘rta Osiyo xususida to‘plangan materiallarining ko‘lami kengaydi. O‘rta Osiyo xonliklari axolisiga doir ma’lumotlarni bu erga tashrif buyurgan ovropalik mualliflar xam yiqqanlar. Ular orasida ayniqsa vengar olimi va sayyoxi German Vamberi va ingliz zobiti va Aleksandr Byorns yozib qoldirgan ma’lumotlar e’tiborga sazovordir. O‘rta Osiyoga kelib ketgan elchilar va sayyoxlar xotiralari va xisobotlari o‘lkamiz tarixini o‘rganishda muxim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularga Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining davlat tuzimi, shaxarlari, xo‘jaligi, axolining mashg‘ulotlari va turmush tarzi xususida boy ma’lumotlar bor. SHu bilan birga mazkur xotira va xisobotlar mualliflari ba’zi xollarda bir yoqlamalik va sub’ektivizm singari nuqsonlarga yo‘l qo‘yishlarini xam ta’kidlab o‘tish zarur. XVI asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan birinchi Evropalik ingliz sayyoxi Antonii Jenkinson edi. Jenkinson «Moskva savdo kompaniyasi»da xizmat qilgan va O‘rta Osiyodan Xitoy va Xindistonga olib boradigan yo‘llarni aniqlash maqsadida kelgan. Jenkinsonning Buxoroga qilgan safari xaqidagi xotiralari 1987-yilda to‘la xajmda nashr qilingan. XVII asrda O‘rta Osiyoga kelib ketgan rus elchilari I. D. Xoxlov (1620-1622) va S. I. Pazuxinlar, V. A. Dovudovlar va M Qosimovlarning rus podshosi nomiga yozgan xisobotlari diqqatga sazovor. Bu xisobotlarda Buxoro va Xiva xonliklarining ichki va tashqi axvoli xususida qiziqarli ma’lumotlar beriladi. XVIII asrda Pyotr I xukumronligi davridan boshlab chor Rossiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish va ularni Rossiyaga qo‘shib olish rejalarini tuza boshladi. SHu boisdan, bu erga yuborilgan elchilarga siyosiy va iqtisodiy mazmundagi ma’lumotlar bilan bir qatorda xarbiy xarakterdagi ma’lumotlar yig‘ish vazifasi topshirilar edi. Jumladan, 1721-1725 yillarda Buxoroda bo‘lgan elchi F.Beneviniga Buxoro xonligining Turkiya bilan munosabatlarini aniqlash, xonlikning qurolli kuchlari, ularning qurollanishi va 36 maxoratini aniqlash vazifasni yuklangan edi. 1740-1741 yillarda Omsk shaxridan Xivaga safar qilgan poruchuk Gladishev va geodezist Muravinlar xonlikka olib boradigan yo‘llar, mamlakatning jug‘rofiy axvoli xususidagi ma’lumotlar yig‘ishga asosiy e’tibor berdilar. XVIII asrda Qo‘qon xonligi tashkil topgandan so‘ng rus va ingliz elchi va savdogarlari bu xonlik xaqida xam ma’lumotlar yig‘ishga katta e’tibor bera boshladilar. Jumladan, savdogar SHubay Arslonovning Toshkent shaxri xaqidagi axboroti (1741) 1800 yilda Toshkent xokimi YUnusxo‘janing iltimosiga ko‘ra bu erga kelgan injenerlar Burnashev va Pospelovlarning xotiralari, F. Nazarovning 1813-1814 yillarda Qo‘qonga qilgan safari xaqidagi xisobotlari shular jumlasidandir. Buxoro amirligi xaqidagi eslatmalar ichida Filipp Efremovning “To‘qqiz yillik sayoxat” nomli kitobi aloxida ajralib turadi. Filipp Efremov to‘qqiz yil davomida Buxoro amiri qo‘lida tutqun edi, lekin xarbiy xizmat qilib ancha yuqori lavozimlarga erishdi. Asirlikdan qochib o‘z vataniga qaytib kelgandan keyin u yuqorida nomi tilga olingan kitobni yozdi va katta shuxrat qozondi. Asarda Buxoro amirligi xaqida qimmatli ma’lumotlar bor. XIX asrning boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib qoldirgan mualliflardan tabiatshunos va vrach E. N Eversian, ruxoniy Budrin esdaliklarini, Aleksandr Byornsning “Buxoroga sayoxat” nomli asarini, elchi I. Vitkevichning «Qaydlar» nomli xotira kitobini xamda Butakov ismli injener, sharqsunos olim N. V. Xanikovlarning esdaliklarni aloxida qayd etish lozim. Qo‘qon xonligi tarixiga oid muxim manbalardan biri kazaq ofitseri Nikolay Potininning esdaliklaridir. German Vamberining «O‘rta Osiyo ocherklari» kitobi Xiva xonligi va Buxoro amirligining XIX asr o‘rtalaridagi axvoli xususida nixoyatda boy ma’lumotlar beradi. SHunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va ovro‘pa manbalari original xarakterga ega bo‘lib, ishonarli tarixiy manbalar qatoriga kiradi. E’tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, bu manbalarda maxalliy xalq xayoti va turmushining maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Biz maxalliy tarixnavis asarlarda uchramaydigan nodir ma’lumotlarni rus mualliflari esdaliklaridan topishimiz mumkin. Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, xonliklar davri tarixiga oid juda ko‘p tarixiy va xilma-xil tarixiy manbalar mavjud. Ulardan kompleks ravishda va tanqidiy ruxda foydalanish bu davr tarixini teran o‘rganish imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling