Manbashunoslik va tarixshunoslik
Mustaqil ta’limni tashkil etishning
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ta’limni tashkil etishning
shakli va mazmuni “Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va tarixshunoslikdagi amaliy masalalarni echishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan manbashunoslik va tarixshunoslik fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: ■ seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; ■ darslik o‘va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularni o‘rganish; ■ tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; ■ maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; ■ talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlar va mavzularini chuqur o‘rganish; ■ faol va muammoli o‘qitish uslublaridan foydalandigan o‘quv mashg‘ulotlari. 79 Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini va mustaqil ta’limga belgilangan soat hajmini hisobga olgan holda quyidagi mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi: 25. Manbashunoslikning fan sifatida rivojlanishi. 26. Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik. 27. Manbashunoslik sohasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 28. YOzma manbalarning asosiy xillari. 29. Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. 30. Arab yozuvidagi turkiy yozma meros. 31. Qo‘lyozmalarning jahon bo‘ylab tarqalish sabablari. 32. O‘zR FA SHarqshunoslik instituti SHarq qo‘lyozmalari xazinasi. 33. Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar 34. O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan evropa tillaridagi yozma ma’lumotlar 35. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo tarixiga oid manba. 36. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O‘zbekiston tarixi bo‘yicha asosiy manba. 37. Avesto. Bihustun, Persepoldagi yozuvlar-qadimgi epigrafika yodgorligi sifatida. 38. SHarq qo‘lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o‘rni. 39. XII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoda tarixiga oid xotiralar muhim manba sifatida 40. Ilmiy tadqiqotlarning turlari. 41. O‘rta Osiyo xonliklari tarixi xorijiy tarixshunoslikda. 42. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik tadqiqotlar. 43. XIX-XX asrning boshlarida Rossiya olimlari tomonidan O‘rta Osiyoning o‘rganilishi 44. Mustaqillik yillarida O‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borishi. 45. Mustaqillik yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida tarixining o‘rganilishi. 46. O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining manbashunoslik va tarixshunoslikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi. 47. Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar davri tarixining tadqiq etilishi. 48. Mustaqillik yillarida ilmiy nashrlarga O‘zbekiston tarixining yoritilishi. Izoh: Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashg‘ulot uchun ishchi o‘quv rejada ko‘rsatilgan soatlar hajmiga mos mavzular ro‘yxati shakllantiriladi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling