Mavzu: Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish


Download 22.15 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.15 Kb.
#1570528
Bog'liq
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish


Mavzu: Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish
Reja

1.Tabiatshunoslik o’qitish metokasi fanining maqsadi va vazifalari.


2. Tabiatshunoslikni o’qitishning tadqiqot metodlari.

3. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar.

4. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Tayanch iboralar: “Tabiatshunoslik”, “Тabiatshunoslikni o’qitish metodikasi”, “pedagogik fan”, “tadqiqot metodlari”.


Metodika o‘qituvchinitabiatshunoslikni o‘qitishnazariyasibilan qurollantirib, o‘qitishmaxoratinioshiradi. Boshlangich sinf o‘qituvchilari uchun eng muximi tarbiyalovchi talim sistemasini tushinib olish, tabiatshunoslikni o‘qitish asoslarini, uning uchun xos bo‘lganshakl, metod va uslublarini, o‘quvchilarning bilish faoliyatlari garaxbarlik qilishni o‘rganib olishdir. Shunibilan - birga o‘quvchilar o‘z o‘lkasining tabiativa qishloq xo‘jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo‘lishi, o‘quvchilar bilan ish olib borishda foydalanib borishi kerak.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiatshunoslikni o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi qo‘yidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Predmet mazmuni;
2. o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini;
3. predmetning o‘zini;
4. o‘qitish va o‘qishni;
5. bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni egallab olishni.
Tabiatshunoslik metodikasining vazifalari qatoriga kiradiganlar:
1, o‘quv predmeti sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash,
2. o‘qiitishning metod va uslublarini tadqiq qilish.
3. Zarur o‘quv jihozlarini ishlab chiqish.
Tabiatshunoslik metodikasi ishlab chiqadigan masalalar doirasiga qo‘yidagilar kiradi:
1. o‘quv predmeti sifatida tabiatshunoslikning talim va tarbiyaviy ahamiyati;
2.Uning tarbiya sistemasidagi o‘rni;
3. o‘quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi;

4. o‘qitish metodlari va o‘quvchilarni tashkil etish shakllari;


5. o‘quv materialini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayoni va o‘qitish natijalarini xisobga olish;
6. Jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish:
7. Darsdan va sinfdan tashqari ishlar;
8. o‘qitishning moddiy bazasi.
Tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qullanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonini kuzatadi. Kuzatilgan faktilarni taxlil qiladi va taqqoslaydi, xodisalar o‘rtasidagi qonuniy boglanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi endi buning natijasida tabiatshunoslikni o‘qitish tamoyilarini belgilaydi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bogliqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarini, munosabatini, xarakterini o‘z ichiga olgani faoliyat jarayonida boradi. Bufaoliyatturningo‘qish, mehnat, uyin, muloqotlariningdalillari (motivlari) aloxidaaxamiyatgaegadir. Muloqotdalillarixar qandaydarsningtarkibiy qismibo‘lishikerak. Unio‘qituvchi hisobgaolmasa, tabiatto‘grisidagibilimlarimkoniyatinipasaytiribyuboradi. Tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni boyitadi va chuqurlshtiradi, ularda o‘z xarakatinivaishini o‘zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bunda xislatlar xulq-atvorning noo‘rini anglash atrofdagilarga nisbatan ma’sulliyat hamda burch tarbiyalash uchun zarur. Tabiat bilan muloqot jarayonida o‘rtoqlariga xurmat va mehr-muxabbatvujudgakeladi.
Tabiatshunoslik metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:
o’quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta‘lim va tarbiyaviy ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o’rni;
o’quv materialiningshakl va mazmuni va uni taqsimlanish tizimi;
o’qitish shakl va metodlari, shuningdek, o’quvchilarni tashkil etish holati;

o’quv materialini, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni va o’qitish natijalarini hisobga olish;


jihozlash va o’quv qurollaridan foydalanish;
darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o’qitishning moddiy bazasi.
tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda varivojlanishini o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish usul va uslublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Pedagogik fan sifatida tabiatshunoslik o’qitish metodikasi didaktika bilan chambarchas bog’langan. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini ajrata olish, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda tushuntira olish o’quvlarida namoyon bo’ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni, munosabatni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi
Kuzatish metodi. Organizmlar va ularni o‘rab turgan atrof-muhitda ro‘y beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar yig‘ish va uni tavsiflash uchun keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu metod yordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’riflash, tasvirlash va to‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan

Taqqoslash metodi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o‘rganiladi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. XVIII asrdan boshlab keng qo‘llanila boshlangan bu metod biologic obyektlar, hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash orqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.


Tarixiy metod. Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va ularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin. Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organic olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Eksperimental (tajriba) metodi. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari mohiyatini tajribalar yordamida chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir. Bio logik tadqiqotlar uchun zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi bu usuldan keng foydalanish imkonini berdi
Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l lanilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.
Sitogenetik metod so‘nggi yillarda katta ahamiyat kasb etdi. U odamda uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina materiallar beradi. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan darajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi. Xromosoma va genom mutatsiyalari sitogenetik usul bilan aniqlanadi. So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma tuzilishi va sonini unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga imkon beradigan yangi usullar ishlab chiqilgan, masalan, odam qonidagi, qon leykotsitlari ajtatib olinadi va 37° C da alohida oziq muhitiga tushirib qo‘yiladi, ulardan xromosomalar soni va tuzilishi ko‘rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. Keyinchalik odam xromosomalarini alohida bo‘yoqlar bilan bo‘yash usullari ishlab chiqildi, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko‘rishdan tashqari ayrim xromosomalardagi ancha nozik o‘zgarishlarni ham o‘rganishga imkon berdi.
Egizaklar metodibelgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o‘rganishdan iborat. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga hayron qolarli darajada o‘xshash bo‘ladi, chunki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar aka-uka yoki opa-singillardek, bir xil yoki har xil jinsli bo‘ladi.
Immunologik metod zamonaviy metodlardan biri bo‘lib, u qon guruhlari va rezus-omilning irsiylanishini o‘rganish asosida yuzaga kelgan. Hozirda odam immun tizimining irsiylanish xillarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu tadqiqotlar tufayli oilani rejalashtirish va rezus-muammo sababli homila nobud bo‘lishining oldini olish mumkin. Organ va to‘qimalar transplantatsiyasi uchun donorlarni tanlashda mazkur metoddan foydalaniladi.
Biokimyoviy metod. Odamda uchraydigan juda ko‘p patologik holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o‘zgarishlar yuzaga kelishiga bog‘liq bo‘ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining sabablari o‘rganiladi. Bu kasallik me’da osti bezining odatdagi faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, bu bez qonga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko‘payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Populatsion statistik metod genetikaning eng muhim metodlaridan biridir. Populatsiyada u yoki bu allelning tashuvchilar soni (alohida olingan odam genotipini emas) va turli genotiplarning foizlardagi nisbati, ya’ni genofond strukturasi aniqlanadi. 1908-yili ingliz matematigi G. Xardi va nemis antropogenetigi V. Vaynberg hozirda Xardi-Vaynberg qonuni deb ataladigan formulani ishlab chiqishdi. Bu qonunga muvofiq, populatsiyada genotiplarning nisbatini hisoblab topish mumkin. Bitta genotip vakillari (masalan retsessiv gomozigota – aa) sonini bilgan holda boshqa vakillarning (masalan, geterozigota – Aa) sonini osongina hisoblab topish mumkin. Bu metod yordamida populatsiyaning genetik strukturasi aniqlanadi, ya’ni normal va patologiyasi bo‘lgan genlarning nisbati hisoblab topiladi. Bu formula ideal populatsiya uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi ko‘rsatkichlardan cheklanishlar mutatsion jarayonning yo‘nalishi u yoki bu guruhlarning yashovchanligini aniqlash, populatsiyalarning kelajagini oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Odam irsiyatini o‘rganish metodlari organizmdagi belgilarning irsiylanish tiplari haqida muayyan xulosa chiqarish imkonini beradi. Odam genetikasi ulkan amaliy ahamiyatga ega, odam belgi va xususiyatlarining normal va patologik holatidagi irsiylanishi va o‘zga rishining qonuniyatlarini kashf etadi. Odam genetikasi odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini molekula, hujayra, organizm va populatsiya darajalarida o‘rganadi.
Tabiatshunoslik fanining muammolari. Biologiya fanida hali o‘z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi. Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining rivoji bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri ekologik muhitning yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan muammolardanbiri hayvonlar, o‘simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida tobora ortib borayotgan sanoat, transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifloslanishining oldini olish muhim vazifa hisoblanadi.
Tabiatshunoslik fanining ahamiyati. Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziqovqat bilan bog‘liq muammodir. Jahon aholisining soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholisining soni 6 mlrd dan ortib ketdi. Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100—120 g oqsil iste’mol qilishi zarur. Vaholanki, ko‘pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50—60 g dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bo‘lgan yog‘li, uglevodli oziqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin, tabiatshunoslik fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya — genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi. Biologiya fanining ikkinchi muammosi inson salomatligi bilan aloqador. Inson genetikasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlarning e’tirof etishicha, hozirgi vaqtda odamlarda 5000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi, funksiyasining o‘zgarilishi bilan bog‘liq. Insonlardagi irsiy kasalliklar genetikasini o‘rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish faqat inson genetikasigina emas, shu bilan birga genetik injeneriya va biotexnologiya rivoji bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag‘allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa, inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Faqat O‘zbekistonning o‘zida 400 dan ortiq o‘simlik turi, 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir. Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila yo‘qolib ketmoqda. Xususan, Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan 115 tasi tamomila yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Demak, biologiya fani oldida turgan muammolardan yana biri yovvoyi, xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o‘simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Yangi shaharlar, sanoat markazlarining bunyod etilishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish, sanoat, transport va inson chiqindilari tufayli tabiatning ifloslanishi avj olmoqda. Tabiatni muhofaza qilishda qishloq xo‘jaligida o‘z-o‘zidan bargini to‘kadigan g‘o‘za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish, parazit va zararkunanda hasharotlar va boshqa organizmlarga qarshi kurashning, shuningdek, suv, havoning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, sho‘rlanishning oldini olishning biologik usullarini izlab topish va amaliyotga qo‘llash nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Download 22.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling