Manbashunoslik
.3 . «Mehmonnomayi Buxoro»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
6.2 .3 . «Mehmonnomayi Buxoro»
“ M ehmonnom ayi Buxoro” nomli nafaqat 0 ‘zbekiston va Qozog‘iston, balki Markaziy Osiyoning XV asr II yarmi—XVI asr boshlaridagi voqealar bayoni mavjud qimmatli tarixiy asar ijodkori Fazlulloh ibn Ruzbexondir. Uning t o ‘liq ismi Fazlulloh ibn Ruzbexon al-Isfahoniy bo'lib, ko'pincha xoja Mullo nom i bilan m a sh h u r bo'lgan. Ruzbexon 1457-yili Fors 209 viloyatining Xunji qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Jaloluddin Ruzbexon yirik ilohiyot va fiqh olimi, mansabdor bo'lgan. Fazlulloh ibn Ruzbexon asosiy m a ’lumotni lsfahon maktablari va m ad ra sa la rid a n birida oldi, s o ‘ng bilimini y a n a d a kengaytirish va chuquriashtirish maqsadida ikki marta 1474 va 1482-yillari Arabistonga bordi va yirik ilohiyot olimi shayx Jam oluddin Ardastoniy (1474-yili vafot etgan) h am d a misrlik m ash h u r tarixshunos va tilshunos olim Shamsuddin M uham m ad as-Saqaviy (1427— 1497)dan t a ’lim oldi. Xullas, F azlu llo h ibn R uzbexon o ‘rta asr fa n in in g b i r m u n c h a sohalarini, xususan, ilohiyot, fiqh, falsafa, tarix va Sharq adabiyotini keng va chuqur egallagan olim bo'lib yetishgan. Bu hoi uning Sulton Y a’qub Oq quyunlu (1479-1490), Sulton Husayn Mirzo (1470—1506), Shayboniyxon, va, nihoyat Ubaydullaxon saroyida zo 'r e ’tibor qozonishiga va xizmat qilishiga sabab bo'lgan. Bunda tashqari va eng m uhim i, u bir necha fan sohalarida yirik asarlar yozib qoldirdi. F azlulloh ibn R uzbexon “ Halli t a ja r rid ” ( “ A bstraksiyaning hal etilishi”), “T a ’liqot bar m uxolot” (“Aqlga sig'maydigan (narsalar)ning izohi” ), “ Badi’ u z-z a m o n fi qissayi Xayy ibn Y a q z o n ” ( “Xayy ibn Y a q z o n ” qissasida z a m o n bad iala ri” ), “Tarixi olam oroyi A m in iy ” ( “Aminiyning olamga bezak bo'luvchi tarixi” ), “ Ibtol najh al-botil va axmol kashf a l-o ’til” ( “ N oto'g'ri yo'ldan voz kechish va bid ’atni inkor etish”), “Suluk al-m uluk” ( “ Podshohlarning xulq-atvori haqida (risola)”) va “ M ehm onnom ayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan. 1509-yili yaratilgan“ M e h m o n n o m a y i B uxoro” asari M u h a m m a d Shayboniyxonning 1508—1509-yil qish oylarida qozoq sultonlari Jonish Sulton, Ahmad Sulton va boshqalarning ulusi ustiga uyushtirgan harbiy yurishi tarixini bayon etadi. Bu yurish Fazlulloh ibn Ruzbexon keltirgan m a ’lumotlarga qaraganda, mazkur sultonlarning 1508-yilning kuzida va 1508—1509-yilning qish oylarida Movarounnahrning o'troq tumanlari ustiga qilgan talonchilikxurujlariga javoban uyushtirilgan. Fazlulloh ibn Ruzbexon bu yurishda shaxsan ishtirok etgan, yuz bergan voqealarning ko'pchiligini o 'z ko'zi bilan ko'rgan, b a ’zilarini esa xon va uning yaqin kishilaridan eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, o'zbek va qozoq xon va sultonlarining kelib chiqishi h a m d a ularning o 'z a ro munosabatlari haqidagi voqealar esa Shayboniyxonning qo'Iida bo'lgan “ Nasabnoma” yoki “Tarixi H um oyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan. “ M e h m o n n o m a y i B uxoro” asarining q o 'l y o z m a nusxalari kam. Hozirgacha dunyoda uning faqat ikkita nusxasi borligi aniqlangan. Ulardan biri muallif dastxati bo'lib, O 'z R FA Sharqshunoslik institutida 1414- 210 tartib raqami ostida saqlanmoqda. Ikkinchisi Turkiyada, “ Nuri Usmoniya” kutubxonasiga qarashlidir (Tartib raqami 3431). Ushbu q o ‘lyozma asosida asar matnini eron olimi M anuchehr Setude 1962-yili chop etgan. Ruscha qisqartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova foto matni bilan Moskvada 1976- yili nashr etgan. Asaming biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti qipchoq, Turkiston va qozoq ulusi geografik holati, o'zbek va qozoqlarning kelib chiqishi, ularning etnik tarkibi, turm ushi, u rf-o d a ti, shuningdek, boylarning xo‘jaligida qul m ehnatidan foydalanish hollari haqida benihoyat qimmatli m a ’lum otlar uchraydi. U n d a Shayboniyxonning qozoqlar ustiga yurishini g'ayridinlar ustiga yurish deb oqlashga harakat qilingan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling