6 -M A V Z U . S H A Y B O N IY L A R D A V R I M AN BALARI
(1501—1602-yillar)
Darsning mazmuni:
Ushbu darsda Shayboniylar hukmronligi davrida
yaratilgan o 'z b ek va fors tillaridagi m an b ala r t o ‘g ‘risida talabalarga
tushuncha beriladi.
Reja:
6.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
6.2. Fors tilidagi manbalar.
6.3. 0 ‘zbek tilidagi manbalar.
Asosiy tushunchalar. Shayboniylar davri, xon, imom uz-zamon, xalifat
ul-rahmon.
6.1. Muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar
XV
asrning 80—90-yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik,
xususan
Toshkent, Farg‘ona va Hisorning markaziy hukum atga itoat qilmay
qo'yishi, ayrim amirlarning siyosiy nufuzi o ‘ta kuchayib ketishi va yosh
T e m u riy la r n in g t o j-u taxt u c h u n kurashlari d a v la tn in g in q iro zin i
tezlashtirdi.
1500-yili M u h am m ad Shayboniyxon (1500—1510)
Dashti qipchoq
o ‘zbeklariga tayangan holda M o v a r o u n n a h r, X ora zm , X uroson va
Badaxshonni bo'ysundirib, yangi sulola — Shayboniylar davlatiga (1501 —
1602) asos soldi. Lekin, Shayboniylar m a’lum
darajada iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo‘lsalar-da, lekin ular ham mahalliy
yirik yer-suv egalarining ayrimachilik harakatiga barham bera olmadilar.
Shayboniyxon halokatidan (1510-y. 10-dekabr) s o ‘ng uzoq vaqt
davomida m am lakatda parokandalik va tarqoqlik hukm surdi.
Ubaydullaxon vafotidan (1539) keyin esa M ovarounnahrda q o ‘sh
hokimiyatchilik boshlandi: S am arqandda Abdullatif Sulton,
Buxoroda
Abdulaziz Sulton xon qilib ko'tarildilar (1540—1550).
1551—1556-yillari esa mamlakat toj-u taxt da’vogarlari Navro‘z Ahmadxon,
Burxon Sulton, Abdullaxon soniy o ‘rtasida urush maydoniga aylandi.
Abdullaxon soniy 1557-yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan
urushlardan (1557—1582) so‘ng Movarounnahrni birlashtirishdi, Toshkent
va Turkistonni bo'ysundirdi, 1584-yili Badaxshon bilan Ko‘lobni, 1588-
yili Hirotni egalladi. U davlatni markazlashtirdi,
lekin uning vafotidan
(1598-y. 8-fevral) keyin ayirmachilik harakati avj o!di. Uning o ‘g ‘li va
206
taxt vorisi A bdulm o'm inning hukmronligi olti oydan (1598-y. fevral-iyul)
nariga o'tmadi. U ndan keyin xon ko'tarilgan M in n u h a m m a d soniy (1598—
1601) esa nomigagina xon hisoblanib, aslida hokimiyat nufuzli katta yer
egalari qo'liga o ‘tib qoldi. Bu vaqtda qozoq xonlari va sultonlarining
M ovarounnahrustigabosqinchilikyurishlari kuchaydi. Ular 1599 va 1600-
yillari Toshkent, Jizzax, Samarqand va Miyonqolgacha bostirib kirib, o ‘troq
aholini talon-taroj qildilar. Janubdan esa E ron
hukmdorlari yurtimizga
tahdid sola boshladilar.
M ana shunday bir sharoitda movarounnahrlik yirik yer-suv egalari
ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, J o ‘jixonning o ‘n uchinchi o ‘g‘li
To'qay Tem ur naslidan bo ‘lgan Yorm uhammadxonni taxtga o ‘tqizdilar.
Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601 — 1785) nomi bilan m ashhur1.
Do'stlaringiz bilan baham: