Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
5.3.8. «Ravzat us-safo»
“ Ravzat us-safo” ( “S o f j a n n a t b og'i”) yoki “ Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo v a -l-m u lu k v a-l-x u la fo ” ( “ P ayg'am barlar, p o d sh o h la r va xalifalarning taijimai holi haqidagi sofjannat bog‘i”) nomi bilan m ashhur b o ‘lgan a s a ru m u m iy tarixga oiddir. Uning muallifi Mir M u h am m ad ibn Sayyid Burxoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin M ahm ud al-Balxiy b o ‘lib, asosan Mirxond (1433—1497) nomi bilan mashhur. Muarrixning ota-bobolari asli Buxorodandir. Mirxondning otasi sayyid Burxoniddin Xovandshoh ham o'qimishli va keng m a’lumotli kishi bo‘lib, Temuriylarhukmronligi davrida Balxga ketib qolgan va o ‘sha yerda vafot etgan. Mirxond Balxda tu g ‘ilgan, lekin um rining k o ‘p qismini H irotda o ‘tkazgan. Uning nabirasi X ondamirning guvohlik berishicha, Mirxond Alisher Navoiy bilan uchrashguncha turli ilmlar bilan shug'ullangan, am m o birontasida m u ta ’yin emas edi. Tarixchi Alisher Navoiy bilan uchrashgach, shoir o'zining “ Ixlosiya” xonaqohidan unga alohida xona ajratib, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan foydalanishga ijozat berib, olimni um um iy tarixga oid katta asar yozishga undagan, uni bu sohada doim o moddiy q o ll a b turgan. Am m o, Mirxond ulkan asarini m ukam m al tugata olmay, ya’ni yettinchi jildi va ju g ‘rofiy ilova materiallari yig‘ilgan musavvada hoiida qolganida vafot etadi. Uning asarini nabirasi G'iyosiddin X ondam ir yakuniga yetkazadi. “ Ravzat us-safo” asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif, y a ’ni arab tilida ijod qilgan o ‘n sakkizta va fors tilida ijod qilgan yigirma ikkita olim ijodiga murojaat qilgan. Shak-shubhasiz, bu asar zamonaviy tadqiqot darajasida yaratilgan tarixiy yodgorlikdir. Kitob m uqaddima, xotima va yetti jilddan iborat: 204 D unyoning “yaratilishidan” to Sosoniy Yazdijard III (632—651) davrigacha; M u h am m ad payg‘am bar va xalifai Roshidin davri; 12 im om tarixi; Umaviy va Abbosiy xalifalari; Abbosiylar bilan zam ondosh sulolalar; Chingizxon va uning avlodi; Am ir T em u r va uning avlodi to Sulton Abu Said vafotigacha (1469); Culton Husayn va uning avlodi tarixi (1523-yilgacha) bayon etilgan. S o ‘nggi 7-jildi m usawadaligicha qolib ketgan va uni X ondam ir t o ‘ldirib, oqqa ko'chirgan. “ Ravzat us-safo” asarining 1—6-jildlari kompilyatsiya — boshqalar asaridagi m a ’lum otlar asosida yozilgan b o ‘lsa-da, ko'plab m anbalardan foydalanish asosida yaratilgani uchun bu qismi ham katta ilmiy ahamiyatga ega. 6-jildning bir qismi va 7-jild yangi m a ’lum otlar va muallif o ‘zi k o ‘rgan, bilgan va shohidi b o ‘lgan voqealar bayonidan b o ‘lganligi uchun juda katta ahamiyatga ega. “ Ravzat us-safo” asarini eng m ash h u r va m anzur um um iy tarixga oid fors tilidagi kitoblardan biri deb bah o lash m u m k in , chunki birgina T oshkentdagi O 'z b ek isto n FA Abu R ayhon Beruniy nomli institut xazinasida uning yuzdan ziyod m o ‘ta b a r q o ‘lyozmalari mavjud. Ushbu ulkan asarning o ‘zbek tiliga tarjimasi Xorazm da bir necha yillar davomida y etu k tarjim o n , shoir va ta rix c h ila r M u n is va Ogahiy ishtiroki va rahbarligida amalga oshirilgan. Kitob matni 1845—1848-yillari Bombey, 1853—1857, 1960-yillari T ehran, 1874—1883—1891-yillari Lakhnav shaharlarida chop etilgani ham asarning shuhrati va ahamiyatidan dalolatdir. Asardan ayrim parchalar ingliz, fransuz, nemis va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. Bu kitob to ‘g‘risida 1999-yilda sharqshunos M ahm ud Hasaniy risola e ’lon qilgan.* Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling