Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6.2.7. «Abdullanoma»
“A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi shohiy” asarining ijodkori XVI 
asrda yashab o ‘tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish 
Buxoriydir. U 1549-yili Buxoroyi sharifda nufuzli m ansabdor xonadonida 
dunyoga kelgan. Otasi M ir M uham m ad al-B uxoriy B uxoroning ko'zga 
k o ‘ringan b o y o n larid a n b o ‘lib, shayboniy U b a y d u llax o n n in g yaqin 
kishilaridan bo'lgan, 1550-yilning boshlarida Koshg‘arga ketib qolgan va 
oradan ikki yil cham asi vaqt o ‘tgach, o ‘sha yurtda vafot etgan.
H ofiz T anish Buxoriy o ‘z davrining c h u q u r va keng m a ’lum otli 
kishilaridan b o lib , 1584-yili Abdullaxon soniyning (1583—1598-yy.) yaqin 
odam i Q ulbobo k o ‘kaltoshning tavsiyasi bilan A bdullaxonning xizm atiga 
qabul q ilin g a n va u n in g shaxsiy v o q eanavisi, tarix c h isi vazifasiga 
tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy um rining oxirigacha shu lavozim da 
ishlagan. M aleho S am arqandiyning m a’lum otiga k o 'ra, Hofiz Tanish 
1589-yili xotini tarafidan zaharlab o ‘ldirilgan.
Hofiz Tanish o ‘zining “A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi sho hiy ” 
asari bilan nom chiqargan. Kitobda 0 ‘zbekiston, Q ozog'iston, shuningdek, 
qisman, Afg‘oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon 
qilinadi. U ndan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, H indiston, 
Koshg‘a r va Rossiya o'rtasidagi m uno sab atlar haqida ham qim m atli 
m a’lum otlar bor. Asar XVI asrning 80-yiIlari oxirida yozib tam om langan. 
Hofiz Tanishning zam ondoshi shoir va adabiyotshunos olim M utribiyning 
guvohlik berishiga qaraganda, asarning oxirgi qism ini, xonning topshirig‘i 
bilan, qozi Poyanda Zom iniy (1602-yili vafot etgan) yozgan. Lekin, bu 
fikrni boshqa m anbalar tasdiqlam aydi.
“ Sharafnom ayi shohiy” m uallifining rejasiga ko 'ra asar m uqaddim a, 
ikki qism yoki m aqola va xotim adan iborat qilib yozilishi m o ‘ljallangan.
216


M asalan, m uqaddim a, odatdagidek A llohning m adhu sanosi, hom iy, oliy 
hukm dor Abdullaxonning sha’niga aytiladigan ta ’rifu tavsif, asarning yozilishi 
tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, qadim da M arkaziy Osiyoda istiqom at 
qilgan tu rk -m o ‘g‘ul qavmlari, Chingizxon va uning avlodi haqida m a’lum ot, 
birinchi m aqolada M ovarounnahrda 1533—1583-yillarorasidasodirbo‘lgan 
voqealar, ikkinchi m aqolada esa 0 ‘zbekiston, Q ozog‘iston va q o ‘shni xorijiy 
m am lakatlarda 1583-yildan keyin yuz berishi m um kin bo 'lgan voqealar, 
xotim ada esa A bdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zam ondosh 
b o 'lg a n shayxlar, olim lar, shoirlar, vazirlar va am irlar, shuning dek , 
A b d u lla x o n z a m o n id a q u rilg a n b in o la r h a q id a m a ’lu m o t b e rish i 
m o ‘ljallangan. Lekin, asar yozilishi jara y o n id a reja o ‘zgargan — birinchi 
va ikkinchi m aqolalar q o ‘shib yozilgan, xotim a esa m uallifning bevaqt 
vafoti sababli yozilm ay qolgan.
M uallif asar m uqaddim asini yozishda N arshaxiyning “Tarixi B uxoro” , 
shayxulislom Safiuddin A bubakr A bdullo Balxiyning “ Fazoili Balx” , 
ls ta x riy n in g “ K ito b m aso lik u l - m a m o lik ” , J u v a y n iy n in g “ T arix i 
jahonkushoy” , Rashiduddinning “Jo m e ’ ut-tavorix” , M irxondning “ Ravzat 
u s-safo ” , S harafuddin Ali Y azdiyning “ Z a fa rn o m a ” va M uh am m ad 
H aydarning “Tarixi R ashidiy” asarlarid a keltirilgan m a ’lu m o tlard an
foydalangan. XVI asrning 30—60-yillari orasida yuz bergan voqealar saroyda 
m untazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo'lgan m uhim siyosiy 
voqealam ing shohidi b o ‘lgan keksa kishilarning og‘zaki axborotlari asosida, 
70—80-yillar voqealari esa m uallifning bo'lib o 'tg an voqealarda shaxsan 
o 'zi qatnashib to'plagan daliliy m a’lu m otlar asosida yozilgan.
“ Sharafnom ayi shohiy” asari qofiyali nasr, ya’ni saj — m urakkab badiiy 
uslubda yozilgan. U nda sh e ’riy p arch alar Firdavsiy, Rudakiy, S a ’diy, 
K am oliddin Binoiy, M ushfiqiy va m uallifning o 'z sh e’rlari, “ Q u r’oni 
k arim ” oyatlari, “ Hadisi s h a r if’lardan p arch alar ham ko'p.
K itobda siyosiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi 
m a ’lu m o tlar, m asalan, yer egaligining iqto, su yurg 'o l, ta n h o h kabi 
shakllari, tu rli-tu m a n soliq va jarim alar, m asalan, xiroj, ixrojot, tag 'o r, 
ulufa, q o 'n a lg 'a , m adadi lashkar, boj, to m g 'a , begar; o 'lja va uning 
jam iyatdagi o 'rn i, asirni qulga aylantirish hollari; O 'zbekistonning yirik 
s h a h a rla ri va h u n a rm a n d c h ilik n in g u m u m iy ahvoli; S h a y b o n iy la r 
davlatining m a ’m uriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, H indiston 
va K oshg'aro'rtasidagi m unosabatlar haqida qim m atli dalil va m a’lum otlar 
mavjud. B undan tashqari, asar etnografik, m asalan, o'zbek xalqi tarkibiga 
kirgan urug' va qavm lar nom lari ham da topografik m a’lum otlar, m asalan, 
B u x o ro , S a m a rq a n d , T o s h k e n t, T e rm iz , K o 'lo b , Balx kabi yirik
217


shaharlardagi diqqatga sazovor binolar, osori atiqalar, shuningdek, m azkur 
shaharlarning geografik holati va topografiyasi haqidagi axborotlarga 
nihoyatda boydir.
Ushbu asarning q o 'lyozm a nusxalari k o ‘p, asl m atnining uchdan ikki 
qismini Sankt-Peterburglik olim a M .Salohutdinova ruscha taijim asi bilan 
chop etgan. Kitob 1942— 1952-yillari Sodiq M irzayev va oxirgi qismi 
Y u.H akim jonov tom o n id an 60-yillarda o ‘zbek tiliga tarjim a qilinib, 1 —
2-jildlari, zarur tuzatishlar, tadqiqot va izohlar bilan 1966 va 1969-yillarda 
B.Ahm edov to m o n id an chop qilingan. 3—4-jildlari bosilm ay qolgan edi. 
1995— 1997-yillarda ikki kitob holida B.Ahm edov tom on idan nash retild i.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling