Manbashunoslik


 .3 . «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.2 .3 . «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin»
“Ansob us-salotin va tavorix u l-xavo qin” ( “ S ultonlar shajarasi va 
xoqonlar tarixi”) asarining muallifi M irza O lim Toshkandiydir. U ning
to 'liq ismi M irza Olim ibn dom la M irza Rahim Toshkandiydir. U o 'z
davrining keng m a ’lum otli vatanparvar kishilaridan bo'lgan. A sar XIX 
asr oxirida yozib tam om langan.
“Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” F arg'onaning yoki Q o 'q o n
xonligining XV—XIX asrlar orasidagi tarixini o 'z ichiga oladi. M uallif
ayniqsa 1842— 1875-yillar tarixini keng yoritgan.
K itobning to 'r tta m o 'ta b a r qo'lyozm alari O 'z R FA S harqshunoslik 
instituti xazinasida mavjud. U Q o 'q o n xonligi tarixini o'rganishda m uhim
m anbalardan b o 'lib xizm at qiladi.
7 .2 .4 . «Shajarayi Xorazmshohiy»
“ Shajarayi X orazm shohiy” va “X orazm tarixi” ( 1910—1918) asarlari 
m uallifi serqirra iste ’d o d sohibi M uh am m ad Y usuf ibn B obojonbek 
Bayoniy (1858—1923)dir. Bayoniyning nasli-nasabi Xiva xonligini k o 'p
yillar idora qilgan Q o 'n g 'iro tla r sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek 
Xiva xoni Eltuzarxon (1804—1806)ga nabira bo'ladi.
M uham m ad Y usuf Bayoniy yoshligidan yaxshi tarbiya top di, keng 
m a’lum ot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o'rgan di, adabiyot, tarix, tibb
227


va m usiqa ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini ham yaxshi 
o ‘rgandi. U , ayniqsa xatlarning rayhoniy, suls, kufiy va shikasta turlari 
b o ‘yicha m ohir xattot, m usiqa ilmida, ayniqsa tan b u r va g‘ijjak chalishda 
m ahoratli sozanda b o iib yetishdi.
Bayoniy m um toz adabiyotni, xususan sh e’r ilmini ham puxta egalladi, 
o 'z zam onining shoiri sifatida dong taratdi. U m um toz sh e’riyatning 
barcha turlarida ijod qildi. O 'zid an bir sh e’riy to ‘plam , devon qoldirdi. 
Devoni q o ‘lyozm asi 0 ‘zR FA ning S harqshunoslik instituti fondida 
saqlanm oqda.
B ayoniy, asosan yirik tarixnavis o lim , M unis va O g ahiylarning
davom chisi sifatida shuhrat qozondi. Bu sohada u ikki yirik asar yaratdi.
B ay o n iy n in g “ S h a ja ra y i X o ra z m s h o h iy ” a s a rid a X o ra z m n in g
tu rk larn in g qadim gi podshohi Yofas o ‘g ‘lon, Yofas ibn N u h d a n to 
Q o ‘ng‘irot sulolasigacha kechgan tarixi bayon etilgan. A sarning eng 
q im m a tli q ism i M u h a m m a d R a h im avval (1 8 0 6 — 1 8 7 3 -y y .) va 
Asfandiyorxon (1910—1918) davrigacha bo'lgan so ‘nggi qism idir.
O lim ning ikkinchi tarixiy asari “X orazm tarixi” kitobida X orazm ning 
1910—1918-yillar orasidagi ijtim oiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan.
M u h a m m a d Y u su f B ayoniy m o h ir ta rjim o n sifatid a h am nom
qoldirgan. U, ko'pgina m uhim tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan 
o ‘zbek tilig a tarjim a qilgan. A bu J a ’far M u h am m ad ibn J a rir a t- 
Tabariyning “ Kitob ar-rasul va-1 m uluk va-l-xulafo” , Darvesh Ahm adning 
“ S ahoyif ul-akbar” , K am oliddin Binoiyning “ S hayboniynom a” asarlari 
ana shular jum lasidandir.
Bayoniyning “ Shajarayi X orazm shohiy” asarining (1911 — 1913-yillari) 
yozib tam om lagan qism i, y a’ni M uham m ad Rahim xon soniy zam onidan 
sayyid Asfandiyorxon hukm ronligi davrini o ‘z ichiga olgan 15-va 16- 
boblari Iqboloy Azizova tarafidan so ‘zboshi va zarur izohlar bilan, 1991- 
yilda “ M eros” to ‘plam ida nashr etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling