[
OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02
Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
[
TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son va “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son
qarorlariga muvofiq, shuningdek davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[
OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[
OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[
OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
Aksiyalar (ulushlar) davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
ikki oy muddatda Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Respublika biznes-maktabida korxonalarning
strategik rejalashtirish, moliya menejmenti, sotish bozorini segmentlashtirish masalalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta va yuqori bo‘g‘in
menejerlarini, shuningdek korxonalarning ichki auditi xizmatlari xodimlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy dasturni joriy etsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat korxonalari va muassasalarini hisobga olish va ularning reyestrini yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor
vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning asosiy qoidalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga (O‘zbekiston
Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda) 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.