Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
IV. Davlat korxonasining mulki
14. Davlat korxonasining mulki: muassis tomonidan davlat korxonasiga tezkor boshqarish huquqi bilan birkitilgan mulk; Oldingi tahrirga qarang. davlat korxonasining o‘z faoliyatidan olingan daromadlari, shuningdek, davlat korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi bo‘yicha dividend; (14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/544/3376-son) Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. (14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat korxonasi mulkining qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladi. 15. Tashkil etilgan davlat korxonasida davlat mulkini tezkor boshqarish huquqi topshirish — qabul qilib olish dalolatnomasi korxona rahbari va muassis tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab paydo bo‘ladi. 16. Davlat korxonasi mulki bo‘linmas mulk hisoblanadi va qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan davlat korxonasi xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. 17. Davlat korxonasi mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda davlat korxonasining ijro etuvchi organi tomonidan muassis bilan kelishgan holda amalga oshiriladi: Oldingi tahrirga qarang. asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga topshirish; (17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son) Oldingi tahrirga qarang. (17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son) xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish; Oldingi tahrirga qarang. (17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 421-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 14-modda) mulkni davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) sotish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. (17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son) Oldingi tahrirga qarang. Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tarzida, qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan taqsimlanadi. (17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling